1. Tilning jamiyatda tutgan orni


“Tesha tegmagan” iborasining ma’noviy jihatini izohlang


Download 108.91 Kb.
bet12/47
Sana13.04.2023
Hajmi108.91 Kb.
#1351727
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47
Bog'liq
ona tili

28. “Tesha tegmagan” iborasining ma’noviy jihatini izohlang.
Tesha tegmagan Ilgari ishlatilmagan, eshitil-magan; butunlay yangi (soʻz, ran, fikr, xabar, yangilik va sh.k. haqida).
29. Tire tinish belgisi qaysi o‘rinlarda ishlatiladi?
Tire (fransuzcha: tiret — chiziqcha; choʻziq narsa) — hozirgi oʻzbek tilida keng qoʻllanadigan, gorizontal chiziqcha (—) shaklidagi tinish belgisi. Tire rus yozuvida 18-asrdan, oʻzbek yozuvida esa 19-asrning 70-yillaridan qoʻllana boshlagan. Aralash holda, yaʼni gapning boshida va oʻrtasida, shuningdek, yakka va takror (qoʻshaloq) holda qoʻllanuvchi tinish belgilaridan. Tire yakka holda qoʻllanganda, gaplar va gap boʻlaklarini ajratish, takror (qoʻsh Tire) holda ishlatilganda esa, maʼlum boʻlaklarni chegaralash, chegaralangan boʻlakning maʼnosini taʼkidlash, boʻrttirish, emotsionallikni oshirish kabi vazifalarni bajaradi.
Hozirgi oʻzbek tilida Tire sodda va qoʻshma gaplar tarkibida qoʻllanib, quyidagi vazifalarni bajaradi: a) gaplarni, gap boʻlaklarini ajratadi; b) gaplar, gap boʻlaklari va ayrim sintaktik tuzilmalarni chegaralaydi; v) turli xil maqsadlar — emotsional—ekspressiv holatlarni ifodalaydi; g) tushirib qoldirilgan ayrim boʻlaklar oʻrnini qoplaydi (Yaxshidan ot qolar, yomondan — dog’). Grammatik va intonatsion jihatdan mustaqil gap boʻlaklari har ikki tomondan Tire bilan ajratiladi. Bunda ajratilgan boʻlakning har ikki tomonidan qisqa pauza boʻladi (Togʻalarim — Egamberdi va Rahimberdi — meni bir-bir quchoklab, ishga beriladilar. — Oybek). Tire ikki yoki undan ortiq atokli otning birikuvidan tuzilib, biron tashkilot, muassasa, taʼlimot, narsahodisalar nomini anglatuvchi soʻzlar orasida (Karpov — Kasparov matchi, Boyl—Mariott qonuni), shuningdek, makon, zamon va miqdor chegarasini bildiruvchi ikki yoki undan ortiq soʻzlar (raqamlar) orasida ham (30—40y.lar, XIX—XX alar) qoʻllanadi.
30. O‘zingiz bilgan ibratli rivoyatning qisqacha mazmunini yozing.
Soat tongi 03:30 edi. Uning telefoni jiringlay boshladi. Yostiqdan ming mashaqqat bilan boshini ko'tarib, qo'ng'iroqqa javob berdi:
-Eshitaman! Kimsiz?
-Menman, o'g'lim. Onangman!
-Uff ona, Xudo xayringizni bersin! Koshki bilsangiz edi, ertaga qiladigan qanchalik muhim ishlarim bor.
-Haligi... O'g'lim..
-Nima, ona, nima. Meni shu paytda uyg 'otadigan nima muhim ishingiz bor? Ertalab qo'ng'iroq qilsangiz ham bo'laverardi-ku?
Ona o'g'lidan bu sovuq muomalani eshitib qattiq ranjidi, o'ksindi. Yig'lamsiragan bir ovozdajavob berib telefonni o'chirdi:
-Bundan roppa-rosa o'ttiz besh yil avval shunday tun yarmida 03:30 da sen ham meni
uyg'otgan eding!
Yaxshiyamki, tug'ilgan ekansan, bolam! Seni yaxshi ko'raman!

Download 108.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling