10. Qaysi qatorda tarkibida ikki xil usul bilan yasalgan
yasama so’z qatnashgan ergashgan qo’shma gap
berilgan?
A) Shirinso’z, oqko’ngil insonlar mevali daraxtga
o’xshaydi: hamma ulardan bahra oladi.
B) Shunga ishonch hosil qildimki, toshbag’ir odamdan
hech qachon yaxshilik chiqmas ekan.
C) Donolar o’giti shuki, ortiqcha g’urur obro’yingni
yo’q qilur.
D) Dildoraning yuragida qandaydir dard bor, shuning
uchun doim ma‘yus yuradi.
11. Qaysi gapda yordamchi so‘z xato qo‘llangan?
A)Yo‘l chetidagi g‘alla tovlanardi, ammo ular
o‘tgan yillardagi kabi baland emas edi.
B)Vijdonli kishini ta’qib etish mumkin, ammo
sharmanda qilish mumkin emas.
C)Bugun biz g‘oyat murakkab, tahlikali, ammo
qaltis bir zamonda yashayapmiz.
D)Kechasi yana qor yog‘gan, ammo havo
unchalik sovuq emas edi.
12. «Xuroson mulkining rangin fozili erdi, ko’p ulum
va fununda mohir erdi. Sanoe‘ va aruz fanida barcha
el ani musallam tutar erdi... Bu faqir aruz fanida
vosita bila Mavlononing shogirdimen».
Alisher Navoiy «Majolis un-nafois « asarida kim haqida
shu ma’lumotlarni yozib qoldirgan?
A) Muhammad Hasan Ardasher
B) Sharafiddin Ali Yazdiy
C) Yahyo Sebak
D) Darvesh Mansur
13. Qaysi javobdagi gapda ot va sifat so’z turkumiga oid
yasama so’zlar qatnashgan?
A) O’zi qator joylashgan, bir-biriga boylangan, bir-
birini kuzatar, behisob nur uzatar.
B) Kulrang tovug’im, qarasam, piyozdan qilingan
moyak ustida tug’ib o’tirar edi.
C) Laylakqor urib turgan bir kun edi. Birdan
bozorboshida dod-faryod ko’tarilib qoldi.
D) Aravakash mo’mingina, muloyim, kamgap kishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |