1. Tinchlik eng bebaho ne’mat chunki tinchlik bo‘lsa halovatli elning har bir kuni fayzli tarovatli o‘tadi Ushbu gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari tartibi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A −, :. B −, −. C −,. D −


Download 64.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi64.4 Kb.
#1588982
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ona tili 11111

14. O, inson bunday paytda ojizligini qanchalik aniq 
sezadi. 
Ushbu gapda alohida ajratib ko’rsatilga so’z bila 
sinonim bo’la oladigan so’z qaysi gapda qatnashmagan? 
A) Ijodiy faoliyatini o’tgan asrning qirqinchi yillarida 
boshlagan Muzayyana Alaviya ko’plab she’rlar bitdi. 
B) Har bir so’zning o’z o’rni bor, har bir ishning o’z 
mavridi. 
C) O’sha kezlari domla tirikchilik vajidan Andijonning 
chekka bir qishlog’idagi magazinda ishlashga majbur 
bo’lgan. 


D) Bir mahal bola yig’ladimi yo tashqarida shamolning 
guvullashi aralash dahshatli bir faryod qulog’iga 
kirdimi, anglay olmay qoldi... 
 
15. Qaysi javobda imloviy jihatdan xato yozilgan so’zlar 
qatori berilgan? 
A) admiral, novvoy, domino 
B) memuar, zamon, pomidor 
C) snayper, premyera, boldoq 
D) kamomat, shavqat, bolaxona 
16. Qizcha biror so’z demadi, lekin uning hamisha 
chaqnoq ko’zlari allaqanday ma’yuslandi. 
Ushbu gapdagi gap bo’laklari haqida qaysi javobda xato 
ma’lumot berilgan? 
A) gapda olmoshlar har xil gap bo’laklarini 
shakllantirishga xizmat qilgan. 
B) gapda yasama so’z bilan ifodalangan sifatlovchi- 
aniqlovchi egani aniqlab kelgan. 
C) gapdagi yasama so’zlar aniqlovchi va hol vazifasini 
bajargan. 
D) gapdagi egalar turdosh otning ikki ma’noviy guruhiga 
mansub. 
17. Qaysi javobda Turob To’laning «Yetti zog‘ora 
qissasi « haqida to’g’ri ma’lumot berilgan? 
A) Bu asarda bir necha nasriy janrlarda yaratilgan 
katta-kichik hikoyalar yagona syujet ipiga mohirlik 
bilan tizilgan. Ular orasida shoirning o’z bolaligi bilan 
bog’liq hayotiy hikoyalar, keksalardan eshitgan rivoyat, 
afsona, ertak va cho’pchaklar, o’zi to’qigan ibratli 
voqealar bayoni bor. 
B) Bu asarda pochchasi avaylab boqayotgan 
qimmatbaho qushlarga qatiq, suzma ichirib harom 
o’ldirib qo’ygan, do’stiga qo’shilib Sulton o’g’ri 
boshchiligidagi kissavurlar bilan tunni o’tkazgan, 
ko’chmanchilar ovulida o’lik yuvib sharmanda bo’lgan, 
masjid imomining og’ilxonasida o’sallab qolgan ho’kiz 
o’rniga soppa-sog’ eshakni so’yib qo’yib rosa kaltak 
yegan qahramon ishtirok etgan. 
C) Bu asar orqali inson bilimsiz hech narsaga erisha 
olmasligi g‘oyasi ilgari suriladi. Asar tez fursatda 
shuhrat qozonadi va 24 ta tiliga tarjima qilinadi. 
D) Bu asarda go’yo yaqin do’st, qo’shni bo’lgan 
kishilarning dushmanga aylanishi, yaxshilik kutmagan 
odamlardan insoniy, samimiy munosabat ko’rganlarini 
tasvirlab, qaltis, sinovli holatlarda kishilarning asl 
mohiyati namoyon bo’lishini, kishining sirtiga qarab 
emas, qilgan ishi, og’ir vaziyatlarda o’zini qanday tuta 
olganiga qarab baho berish lozimligini uqtiradi. 
18.Quyidagi qaysi gapda nutqning mantiqiyligiga putur 
yetgan? 
A) Hikoya va suhbatdan tashqari o‘zbek tilini yaxshi 
o‘rganish, unga qiziqishni uyg‘otish maqsadida til 
o‘rgatishga oid o‘yinlar, kichik-kichik she’rlar, 
badantarbiya va ashulalar berib boriladi. 
B) Keyin, Qo‘chqor aka, bu robotlar juda arzonga 
tushadi, yoqilg‘i kerak emas – batareyalardan 
oziqlanadi. 
C) Bu nutq matbuotga chiqishiga qadar esa Messi o‘zi 
uchun odatiy shedevr gol urishga ulguradi. 
D) Nimalar qilyapsiz, ona?! – o‘g‘li yolvoruvchan ovoz 
bilan yaltoqlanib Tazkiraning oldida tiz cho‘kkan. 
19. Qaysi javobda «Alp Er To’nga « marsiyasi haqida 
xato ma’lumot berilgan? 
A) Marsiya murabba’ shaklidadir. Uning har bir bandi 
to’rt misradan iborat. Marsiyada misralar asosan 
a-a-a-b qofiyalanish tartibiga ega. 
B) marsiya barmoq vaznidadir. Uning har bir misrasi 
yetti bo’g’indan tuzilgan. Turoqlar, asosan, 4 + 3 
shaklida. 
C) Ushbu marsiya bizgacha yetib kelgan marsiya 
janridagi asarlarning eng qadimiylaridan biri 
hisoblanadi. 
D) Ushbu marsiyada Alp Er To’nganing «tun uxlagim 
kelmadi, kunduz o’tirgim kelmadi» deyishi uning o’z 
taqdirini xalq va yurt taqdiri bilan naqadar yaxlit holda 
tasavvur qilishini ko’rsatib bergan. 
20. Qaysi javobdagi gapda sof va vazifadosh 
ko’makchilar qatnashgan? 
A) Oy goh eshik tirqishlaridan mo’ralar, goh bulutlar 
orasida g’oyib bo’lardi. 
B) O’zligini anglamagan, manqurtlik tomon ketayotgan 
odamlar bilan yangi jamiyatni qurib bo’lmaydi. 
C) Olgil mandin nasihat, o’g’lim, ilm-u adab o’rgangin, 
bo’lub bilimli ulug’ xalq ichida boshqag’a ilm-u adab 
o’rgatgin. 
D) Toshkent iqtisodiyot universiteti qoshidagi akademik 
litseyga qabul qilindi. 
 
21. Go’zal yor xokisor oshiqning yuziga oyoq bosar 
ekan, oyog’i og’riydi, «yuzing buncha bo’yradek dag’al 
bo’lmasa» deb nozlanadi. «Bo’yra» – qamishdan 
sholchaga o’xshatib to’qiladigan bir ashyo. Yorning 
oyog’i shu qadar nozik va go’zalki, uning oldida 
oshiqning yuzi bo’yraga o’xshaydi. 
Yuqorida kimning gazal tahlili berilgan? 
A) Bobur B) Navoiy 
C) Lutfiy D) Atoyi 
22. Ayturlarkim, Nishopur shahriga mo’g’ul totorlar 
kirgach, aholisin qilichdan o’tkaza berdilar. Bir cherik 
qartayib qolg’on attorni o’ldirmoqchi bo’libdi. Shul 
oroda bir dehqon qop orqalab kelur ekan, to’xtab 


mo’g’ulga debdurki: “Hoy yigit, ani o’lturma, qonin, 
bag’ishla”. “Mo’g’ul aytibdur: “Yarmog’ing bo’lsa, 
sotib ol”. Dehqon aytibdurki: “Orqamdagi bir qop 
somondan o’zga hech nimam yo’q”. Mo’g’ul: “Mayli, 
shul bir qop somon cholning bahosi bo’lsin, ber 
somoningni, ol cholni”,--debdur.
Ushbu voqeada tasvirlangan va bir qop somonga joni 
qo’tqarib qolgan Fariddin Attor obrazi qaysi asarda 
uchraydi? 
A)”Navoiy” (Oybek) 
B) “Zulmat ichra nur” (M.Osim) 
C) “Ulug’bek xazinasi” (O.Yoqubov” 
D) “Sohibqiron” (A.Oripov) 

Download 64.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling