1. Tipologiya – ilmiy metodga asoslangan bo‘lib, umumlashtirilgan model yordamida biron bir ob’ektni o‘xshash belgilariga qarab, o‘zaro bog‘liq tomonlarini hisobga olingan holda gruppalashtiriladi, sistemaga solinib


Download 15.2 Kb.
Sana30.04.2020
Hajmi15.2 Kb.
#102465
Bog'liq
Muxlis 3


1.Tipologiya – ilmiy metodga asoslangan bo‘lib, umumlashtirilgan model yordamida biron bir ob’ektni o‘xshash belgilariga qarab, o‘zaro bog‘liq tomonlarini hisobga olingan holda gruppalashtiriladi, sistemaga solinib, klassifikatsiya qilinadi.Xujjatlarning tiplariga ko‘ra model tizimini shakllantirish, ishlab chiqish muammolari mavjud.

Kutubxonashunoslikka oid fanlar ichida kitobshunoslik tipologiyasi asosiy o‘rinni egallaydi.Tipologiya – kitob haqidagi fanni umumiy nazariyasi.



2 Nashrlarning turi, xili va namunalariga qarab klassifikatsiya qilinadi.

Nashrlarda asosiy o‘rinni ommaviy – siyosiy, ilmiy – mazmunga oid nashrlar egallaydi. Ayrim nashrlar quyidagicha sistemalashtiriladi.

1. Maxsus nashrlar asosan professiya (kasb) sohasiga yordam berish, boshqarish, sferallash uchun axloq me’yorlari va o‘quv ishlari sohasidagi kitobxon – kontingent uchun nashr etiladi.

2. Umumta’lim nashrlari- asosan keng kitobxonlar guruhiga qaratilgan.

3. Ma’lumotnoma - axborot nashri asosan (mutaxassis va ommaviy kitobxon uchun nashr etiladi) jamiyat uchun katta rol o‘ynaydi.

4. O‘smirlar va bolalar uchun nashrlar mavjud maxsus nashri turi sifatida ularga qiziqishlari e’tiborga olingan holda nashrlardan chiqariladi.

5. Formal belgisiga ko‘ra vaqtli matbuot nashri ham mavjud va bu jamiyat hayoti uchun katta ahamiyatga ega.

3 savol Klassifikatsiya asosida nashrning tipologik belgisi mavjud. Bu belgi termin sifatida “sotsial ijtimoiy” belgi deb kiritilgan, bu esa yangi ma’noni anglatadi. Keyinchalik bu termin maqsadga ko‘ra belgilash ma’nosida beriladi. Lekin bunda nashriyot, muharrir, muallif haqida so‘z yuritilishi noma’lum bo‘lib kolgan. Kitobning tutgan o‘rni bilan belgilanadi va buyurtma asosida nashr etiladi

4.O‘quv nashlarini tipologik gruppalashtirish 2 ta yo‘nalishda bo‘lishi mumkin.

1. Maktabgacha tarbiyalanuvchilar uchun o‘quv nashrlar.

2. Umum ta’lim maktablari uchun o‘quv nashrlari.

3. O‘rta va maxsus o‘quv muassasalari uchun o‘quv nashrlar

4. Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv nashrlar.

5. Kurs shahobchalari uchun o‘quv nashrlar

Xalq ta’lim o‘quv nashrlar bo‘yicha o‘quv jarayoniga javob beradigan sikl va xil (tip) tashkil qiladi. SHuning uchun bo‘limlar bo‘yicha tegishli o‘quv nashr olib boriladi.

O‘quv jarayoni quyidagi ko‘rinishlarga bo‘linishi mumkin.

1. Darsliklar

2. O‘quv qo‘llanmalar

3. Amaliyot, uslubiy-qo‘llanma nashrlar.

5.Termin lug‘atlari – atama ma’lum bir tushunchani anik faktlardan iborat bo‘lgan lug‘ati. Bu lug‘atlar orqali ayrim fan sohasiga xos tushunchalar ifodasini tasvirlab beriladi.

Termin lug‘atlarda so‘zlar izoxlariga alohida e’tibor beriladi. So‘zlarning kelib chikish etimalogiyasi katta rol uynaydi. Fanlar tilini o‘rganishga katta yordam beradi. Ayrim lug‘atshunoslar termin lug‘atlarida maxsus adabiyotlar orqali rasmlar bilan berilishini ko‘rsatib o‘tiladi. Termin lugatlar sistemasi faqat kitobxonni tushinishiga yordam beradi. Mutaxassislar termini tushunchasini tartibga solish u bilan yakin shugullanishni talab kilinadi.

Termin lug‘atini tuzish jarayoni murakkb bo‘lganligi uchun, tuzilishi dinamikasini o‘sib borish ta’siri kuchli, bular o‘z navbatida termin lugatlar tuzilish sistemasiga ta’sir etadi.

Lingvistik lug‘atlar. Tilshunoslikning til lug‘atlari leksik semantik (ma’no so‘z iboralarini) tasvirlaydi. Barcha til tadqiqot yo‘nalishlari lingvistik lug‘atda o‘z aksini topadi.

Lingvistik lug‘at funksional vazifasiga ko‘ra ilmiy, me’yoriy va o‘quv lug‘atlari bo‘lishi mumkin. Ilmiy lug‘atlar barcha tillar bo‘yicha tadqiqot nuqtai nazardan olib boriladi. Ular uchun eng xarakterlisi davrdagi xolatini o‘rganish nazarda tutilishi kerak.

Me’yoriy lug‘atlar orqali yozuvlarni tartibga keltirish, namunali til faoliyatini tashkil etish, uning semantik ya’ni til talafuziga etibor qilish, tilning tuzilish tomonlarini o‘rganishga yordam beradi.

Me’yoriy lug‘atning o‘ziga xos hususiyati shundan iboratki, so‘zlarni tanlash kriteriyasiga jiddiy e’tibor qaratiladi.



O‘quv lug‘atlari – tilni o‘rganish va dars berish jarayonida qo‘llanma sifati foydalaniladi.

Izohli lug`atlar- tilda mavjud so`zlarning izohini bildirib qanday ma`no bildirishini anglatadi

Imlo lug`atlar- tilimizda mavjud so`zlarning yozma nutqda to`g`ri yozilishini ko`rsatadi.
Download 15.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling