1. Titrometrik analiz usulining mohiyati


Download 74.86 Kb.
bet17/25
Sana18.06.2023
Hajmi74.86 Kb.
#1559762
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
titrlash,permanganatometriya

Yozish tartibi
a) KMnO4 eritmasini titrlashga sarf boʻlgan nitrit eritmasi hajmi
1-titrlash uchun sarf boʻlgan nitrit eritmasi V1= ml
2-titrlash uchun sarf boʻlgan nitrit eritmasi V2= ml
3-titrlash uchun sarf boʻlgan nitrit eritmasi V3= ml



b) Ishchi eritma KMnO4 normalligi asosida NaNO2 eritmasi normalligini hisoblash:





v) Eritma normalligi (N(NaNO3) boʻyicha, tortimdagi nitrit miqdorini hisoblash.




g/ml

m(NaNO2) = T(NaNO2) ∙ V oʻlchov kolba = g.


Hisoblashni aniqlanuvchi modda boʻyicha titr asosida ham bajarish mumkin.








Yodometriya metodi. Natriy tiosulfat, yod eritmalarini tayyorlash va ular titrini aniqlash
Tekshirilayotgan modda miqdori toʻg’risida yutilgan yoki ajralib chiqqan yodning miqdoriga qarab xulosa chiqariladigan titrimetrik analizning metodi yodometriya deb ataladi.
Yodometriyada oksidlovchi sifatida erkin yod ishlatiladi, u ba’zi bir qaytaruvchilar bilan reaksiyaga kirishish qobiliyatiga ega:
J2 + 2 e  2J-
J2 / 2J- juftining standart elektrod potensiali E0=0,54B ga teng (pH=0 va 250C da). Oksidlanish potensiali bu qiymatdan kichik boʻlgan moddalar J2 ga nisbatan
qaytaruvchilar hisoblanib, yuqoridagi reaksiyani chapdan oʻngga yoʻnaltiradi, yodni “yutadi”. Bunday moddalarga oltingugurt (IV) oksidi, natriy tiosulfat Na2S2O3, qalay
(II) xlorid va boshqalar misol boʻla oladi. Oksidlash potensiali 0,54B dan yuqori
boʻlgan moddalar J- ga nisbatan oksidlovchi boʻlib, reaksiyani erkin yod hosil boʻlish tomoniga yoʻnaltiradi.
2J-- 2 e  J2
Bunday moddalarga KMnO4, K2Cr2O7, marganets dioxsidi MnO2, Cl2, Br2 va boshqalarni misol qilsa boʻladi.
Yutilgan yoki ajralgan yod miqdorini oʻlchash orqali oksidlovchilar yoki qaytaruvchilar miqdorini hisoblash mumkin.
Yodometrik metodda aniqlashlar toʻg’ri va teskari titrlash bilan amalgam oshiriladi. Ajralib chiqqan erkin yod miqdorini Na2S2O3 ning ishchi eritmasi bilan titrlab aniqlanadi:
J2 + 2S2O32- = 2J- + S4O62-
Na2S2O3 erkin yodni yutib, reaksiyaning muvozanatini oʻng tomonga siljitadi. Reaksiyaning chapdan oʻngga borishi uchun ortiqcha erkin yod kerak. Odatda, teskari titrlash oʻtkaziladi. Aniqlanadigan qaytaruvchiga bir varakayiga titrlangan yod eritmasidan ortiqcha miqdorda qoʻshiladi. Qoʻshlgan yodning bir qismi qaytaruvchi bilan reaksiyaga kirishadi, ortib qolgan qismi Na2S2O3 eritmasi bilan titrlab topiladi.
Yodometriyada juda sezgir indikator tariqasida kraxmal eritmasi ishlatiladi. Kraxmal yod bilan beqaror toʻq koʻk rangli birikma beradi. Koʻk rang kraxmal zarrachalarini yod bilan adsorbsion birikma – yodokraxmal hosil boʻlish hisobiga kelib chiqadi. Harorat koʻtarilishi bilan yodning kraxmal bilan birikmasi parchalanadi va eritma rangsizlanadi. Shu sababli moddalarni yodometrik aniqlash xona haroratida olib boriladi. Yod eritmasini tiosulfat bilan titrlashda kraxmalni titrlash oxriga yetib kelganda qoʻshish lozim, aks holda ajralib chiqqan yodning koʻp miqdori kraxmal tomonidan adsorbilanib yodning tiosulfat bilan oʻzaro ta’sir reaksiyasi sekinlashadi.

Download 74.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling