1. Titrometrik analiz usulining mohiyati
Download 74.86 Kb.
|
titrlash,permanganatometriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yozish tartibi
- Texnik natriy nitrit tarkibidagi nitrit miqdorini aniqlash
Aniqlash tartibi. 250 ml hajmli oʻlchov kolbasiga ma’lum hajmdagi Mor tuzi eritmasidan solib, kolbadagi eritma hajmi distillangan suv qoʻshib belgisigacha yetkaziladi va batafsil aralashtiriladi.
Pipetka bilan tayyorlangan eritmadan 25 ml olib titrlash kolbasiga solinadi, ustiga sul’fat kislotaning 2N eritmasidan 10-15 ml qoʻshiladi va byuretkadagi kaliy permanganatning ishchi eritmasi bilan titrlanadi. Titrlash xona temperaturasida olib boriladi. Kaliy permanganat eritmasini qoʻshish titrlanayotgan eritma 1-2 minutda yoʻqolmaydigan och pushti rangga kirganda toʻxtatiladi. Titrlash jarayoni kamida 3 marta takrorlanadi, bir-biriga yaqin hajmlarni oʻrtachasi olinadi va tekshirilayotgan eritmadagi temirning grammlar miqdori hisoblab topiladi. Yozish tartibi Mor tuzining eritmasini KMnO4 ning ishchi eritmasi bilan titrlash. 1-titrlash uchun ketgan 0,04850 N KMnO4 eritmasi V1=23,85 ml 2-titrlash uchun ketgan 0,04850 N KMnO4 eritmasi V2=23,80 ml 3-titrlash uchun ketgan 0,04850 N KMnO4 eritmasi V3=23,75 ml KMnO4 eritmasi titrini aniqlanuvchi modda – temir (II) boʻyicha hisoblash. Mor tuzi eritmasi tarkibidagi temir (II) miqdorini hisoblash. Agar 25 ml tekshirilayotgan Mor tuzi eritmasini titrlash uchun kaliy permanganatning ishchi eritmasidan oʻrtacha 23,80 ml sarflangan boʻlsa, 250 ml Mor tuzi eritmasi tarkibidagi temir (II) miqdori quyidagicha hisoblanadi: Texnik natriy nitrit tarkibidagi nitrit miqdorini aniqlash Kislotali muhitda issiq eritmalarda nitritlar kaliy permanganat ta’sirida nitratlargacha oksidlanadi: 5NaNO2 + 2KMnO4 + 3H2SO4 = 5NaNO3 + 2MnSO4 + 3H2O + K2SO4 boʻlgani uchun Natriy nitritning kislotali muhitga keltirilgan eritmasini kaliy permanganat eritmasi bilan sekin titrlanganda, nitritlarni kislotalar ta’sirida oson parchalanishi kuzatiladi. Shu sababli yoʻqotishni oldini olish uchun titrlashda Lyunge metodi qoʻllaniladi. Bu metodda kaliy permanganatning kislotali eritmasiga byuretkadan tekshiriladigan nitrit eritmasi qoʻshiladi. 0,05N eritmadan 250 ml tayyorlash uchun kerak boʻladigan natriy nitritning aniq tortimi oʻlchov kolbasiga solinadi va eritma hajmi kolba belgisigacha yetkaziladi, hosil boʻlgan eritma bilan byuretka toʻlg’iziladi. 500 ml hajmli konussimon kolbaga pipetkada aniq oʻlchangan kaliy permanganatning ishchi eritmasidan solinib ustiga teng hajmdagi 1:4 nisbatda suyultirilgan sulfat kislota eritmasi qoʻshiladi. Bu hosil bo;lgan aralashma hajmini suv qoʻshib 250 ml ga yetkaziladi va isitiladi. Soʻng natriy nitrit eritmasi bilan bir tomchi ortiqcha qoʻshilgan natriy nitrit eritmasi rangsizlanguncha titrlanadi. Titrlash uch marta takrorlanadi, oʻrtacha qiymat olinib, tekshirilayotgan eritmadagi natriy nitrit miqdori hisoblanadi. Tuzning tortimi massasini bilgan holda texnik tuz tarkibidagi nitrit miqdori foizlarda hisoblanadi. Download 74.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling