1. Titrometrik analiz usulining mohiyati


Keys-metodini amalga oshiruvchi oʻqituvchi faoliyatining bosqichlari


Download 74.86 Kb.
bet24/25
Sana18.06.2023
Hajmi74.86 Kb.
#1559762
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
titrlash,permanganatometriya

Keys-metodini amalga oshiruvchi oʻqituvchi faoliyatining bosqichlari: 
1) tayyorgarlik bosqichi
2) asosiy bosqich: keys-stadi metodini amalga oshirish;
3) tahliliy, baholovchi bosqich. 
Keys bilan ishlash jarayonida oʻqituvchining harakat strategiyasi mavjud:
1. Oʻqituvchi muammoni yechimini topishga yordam beruvchi kalit vazifasini 
bajaruvchi qoʻshimcha savollarni yoki ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin;
2. Ayrim vaziyatda oʻqituvchining oʻzi javobni aniqlashtirishi mumkin; 
3. Muammo ustida oʻquvchi(talaba)lar ishlayotgan vaqtida oʻqituvchi hech qanday
yordam bermasligi mumkin. 
Oʻquvchi(talaba)lar tomonidan keysni yechish bosqichlari: 
Jahon tajribasi koʻrsatishicha, agar oʻquvchi(talaba)larning keysni hal etish texnologiyasi ikki bosqichdan iborat boʻlsa, ta’limiy maqsadlarga erishishda yanada koʻproq samaraga erishish mumkin:
Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual(auditoriyadan tashq-ari) ish.
Ikkinchi bosqich – keys bilan birgalikda jamoa boʻlib (auditoriyada) ishlash.
Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual ish. 
Oʻquvchi(talaba) mustaqil ravishda:
1) keys materiallari bilan tanishadi
2) taqdim etilgan vaziyatni oʻrganadi, izohlaydi va asoslaydi;
3) muammo va muammo osti muammolarni ajratadi, vaziyatni tadqiq va tahlil qilish usullarini tanlaydi;
4) berilgan amaliy vaziyatni tahlil qiladi; ajratilgan muammoni hal etish usullari va vositalarini belgilaydi va asoslaydi;
5) taklif etiladigan qarorni amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi. 
Ikkinchi bosqich – keys boʻyicha jamoa boʻlib ishlash 
Oʻquvchi(talaba)lar kichik guruhlarga boʻlinib, birgalikda keys ustida
ishlashadi:
1) guruh a’zolarining vaziyat, asosiy muammolar va ularni hal etish yoʻllari haqidagi turli tasavvurlarini muvofiqlashtirishadi;
2) yechimning taklif etilgan variantlarini muhokama qiladilar va baholaydilar, qoʻyilgan muammo nuqtai nazaridan ushbu vaziyat uchun eng maqbul variantni tanlashadi
3) muammoli vaziyat yechimiga olib keladigan tanlangan harakatlar yoʻlini amalga oshirishning aniq qadamba-qadam dasturini batafsil ishlab chiqadilar; 
4) taqdimotga tayyorlanadilar va namoyish etiladigan materialni rasmiylashtirishadi.


Download 74.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling