MAVZU «KEYS-STADI TEXNOLOGIYASI»
Reja:
1.Keys texnologiyasining mazmuni va mohiyati. Tarix ta’limiga keys-texnologiyasini joriy etish.
2.Tarix ta’limida Keys texnologiyasi: keyslarni ishlab chikish qoidalari. Keys turlari. Keys matnining yozilishi. Keysning pedagogik pasporti.
3.Keysni tarix ta’limi jarayoniga joriy etish. Keysni rasmiylashtirish
O`quv mashg`ulotining maqsadi: Keys-stadi texnologiyasi to`g`risidagi nazariy bilimlarni mustaxkamlash va chuqurlashtirish.
O`quv faoliyatining natijalari: 1. Amaliy misollarni olingan nazariy bilimlar bilan mustahkamlashni o`rganadilar; Keys texnologiyasining mazmuni va mohiyati. Tarix ta’limiga keys-texnologiyasini joriy etish.haqida aniq tushunchalar hosil bo`ladi; Tarix ta’limida Keys texnologiyasi: keyslarni ishlab chikish qoidalari. Keys turlari. Keys matnining yozilishi. Keysning pedagogik pasporti. anglaydilar; Keysni tarix ta’limi jarayoniga joriy etish. Keysni rasmiylashtirish yaxshiroq tushunishga yo`naltiradi.
“DUNYO XALQLARINING KLASSIFIKATSIYASI” MAVZUSI YUZASIDAN KEYSLAR
Inson tafakkuri muammoli vaziyatlarni yaratish, muammoni qo‘yish va uni yechishdek noyob qobiliyatga ega bo‘lganligi sababli insoniyat tomonidan ilmiy- texnikaviy kashfiyotlar amalga oshirilgan.
Pedagogik tafakkurni o‘quv jarayonida muammolarni yechishga yo‘naltirish, ya’ni ta’lim jarayoniga muammoli o‘qitishni joriy etish o‘quvchilariga tayyor bilimlarni o’zlashtirishdan asta-sekin mustaqil faoliyatga o‘tish imkoniyatini beradi.
Keyslar fanni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi va u maqsad jihatdan ikki yo‘nalishda bo‘ladi. Ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirilgan keyslar , o‘quv materiallarini o’zlashtirishga yo‘naltirilgan testlar.
«Globallashuv jarayonlarida dunyo xalqlarini klassifikatsiyalash tendentsiyasiga munosabatlar muammolari»
(ilmiy-tadqiqotchilikka yo‘naltirilgan keys turi)
Do'stlaringiz bilan baham: |