Keys-metodini amalga oshiruvchi oʻqituvchi faoliyatining bosqichlari:
1) tayyorgarlik bosqichi;
2) asosiy bosqich: keys-stadi metodini amalga oshirish;
3) tahliliy, baholovchi bosqich.
Keys bilan ishlash jarayonida oʻqituvchining harakat strategiyasi mavjud:
1. Oʻqituvchi muammoni yechimini topishga yordam beruvchi kalit vazifasini
bajaruvchi qoʻshimcha savollarni yoki ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin;
2. Ayrim vaziyatda oʻqituvchining oʻzi javobni aniqlashtirishi mumkin;
3. Muammo ustida oʻquvchi(talaba)lar ishlayotgan vaqtida oʻqituvchi hech qanday
yordam bermasligi mumkin.
Oʻquvchi(talaba)lar tomonidan keysni yechish bosqichlari:
Jahon tajribasi koʻrsatishicha, agar oʻquvchi(talaba)larning keysni hal etish texnologiyasi ikki bosqichdan iborat boʻlsa, ta’limiy maqsadlarga erishishda yanada koʻproq samaraga erishish mumkin:
Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual(auditoriyadan tashq-ari) ish.
Ikkinchi bosqich – keys bilan birgalikda jamoa boʻlib (auditoriyada) ishlash.
Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual ish.
Oʻquvchi(talaba) mustaqil ravishda:
1) keys materiallari bilan tanishadi;
2) taqdim etilgan vaziyatni oʻrganadi, izohlaydi va asoslaydi;
3) muammo va muammo osti muammolarni ajratadi, vaziyatni tadqiq va tahlil qilish usullarini tanlaydi;
4) berilgan amaliy vaziyatni tahlil qiladi; ajratilgan muammoni hal etish usullari va vositalarini belgilaydi va asoslaydi;
5) taklif etiladigan qarorni amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi.
Ikkinchi bosqich – keys boʻyicha jamoa boʻlib ishlash
Oʻquvchi(talaba)lar kichik guruhlarga boʻlinib, birgalikda keys ustida
ishlashadi:
1) guruh a’zolarining vaziyat, asosiy muammolar va ularni hal etish yoʻllari haqidagi turli tasavvurlarini muvofiqlashtirishadi;
2) yechimning taklif etilgan variantlarini muhokama qiladilar va baholaydilar, qoʻyilgan muammo nuqtai nazaridan ushbu vaziyat uchun eng maqbul variantni tanlashadi;
3) muammoli vaziyat yechimiga olib keladigan tanlangan harakatlar yoʻlini amalga oshirishning aniq qadamba-qadam dasturini batafsil ishlab chiqadilar;
4) taqdimotga tayyorlanadilar va namoyish etiladigan materialni rasmiylashtirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |