1. Titrometrik analiz usulining mohiyati


Titrometrik analiz turlari va titrlash usullari


Download 74.86 Kb.
bet2/25
Sana18.06.2023
Hajmi74.86 Kb.
#1559762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
titrlash,permanganatometriya

2. Titrometrik analiz turlari va titrlash usullari.
Titrometrik analiz usulida turli–tuman reaksiyalar qoʻllaniladi. Titrlash asosida qanday reaksiya yotishiga qarab titrometrik analiz usuli bir qator usullarga boʻlinadi:
1. Kislota–asosli titrlash usuli–bu usul asosida neytrallanish reaksiyasi yotadi:
H+ + OH = H2O
Kislota–asosli titrlash usuli bilan kislotalar, ishqorlar va shu bilan birga ba`zi tuzlarning miqdori aniqlanadi.
2. Oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash usuli–bu usul asosida oksidlanish–qaytarilish reaksiyasi yotadi. Oksidlovchi moddalar eritmalari yordamida qaytaruvchi moddalarning miqdori aniqlanadi va aksincha. Bu usul oʻz navbatida permanganatometriya, yodometriya, yodxlorometriya, serimetriya, bromatometriya, nitritometriya usullariga boʻlinadi.
3. Ionlarni qiyin eruvchi birikmalar koʻrinishida choʻktirishga asoslangan choʻktirish usullari. Bu usullar Mor, Folgard, Fayans usullariga boʻlinadi.
4. Ionlarni dissotsiyalangan kompleksga bog`lashga asoslangan kompleks hosil qilish usullari.
Titrlashning quyidagi turlari farqlanadi:
a) toʻg`ri titrlash–reaksiya titrlanayotgan modda bilan ishchi eritma oʻrtasida ketgan vaqtda titrlash;
b) teskari titrlash–aniqlanayotgan eritmaga muayyan ortiqcha (ammo aniq oʻlchangan) miqdordagi ma`lum konsentratsiyali eritma qoʻshilgan va bu reaktivning ortiqchasi ishchi eritma bilan titrlangan vaqtda titrlash;
c) oʻrinbosarni titrlash–ishchi eritma bilan aniqlanayotgan moddaning biror reaktiv oʻrtasidagi reaksiya mahsuloti titrlangan vaqtda titrlash.

Tayanch iboralar.
1. Gravimetrik analiz usuli–analiz natijasida olingan modda massasi boʻyicha tekshirilayotgan namunadagi element (modda) ning miqdori toʻg`risida xulosa qilinadigan miqdoriy analiz usuli.
2. Choʻktiriladigan shakl–choʻkma shaklida ajralayotgan aniqlanayotgan modda.
3. Tortiladigan shakl–massasi boʻyicha aniqlanayotgan komponent miqdori toʻg`risida xulosa qilinadigan birikma.
4. Tigellarni tayyorlash–tigellar choʻktirish, filtrlash va choʻkmani yuvish vaqtida tayyorlanadigan gravimetrik analiz usuli jarayoni.
5. Choʻktirish–kimyoviy stakanlarda bajariladigan gravimetrik analiz usuli jarayoni.
6. Choʻkmani filtrlash va yuvish–filtrlash yoki choʻktirishdan soʻng darhol yoki biroz vaqt oʻtgach amalga oshiriladigan gravimetrik analiz usuli jarayoni.
7. Choʻkmani quritish va qizdirish–choʻkmani quritish maqsadida gorelka alangasi, qizdirish shkaflari, mufel pechlarida bajariladigan gravimetrik analiz usuli jarayoni.
8. Tortim olish–aniqlanayotgan modda miqdorini aniqlash uchun oʻsha moddadan tarozida tortish yoʻli bilan olingan gravimetrik analiz usuli jarayoni.
9. Tortim–moddaning oʻrtacha namunasidan olingan va analitik tarozida aniq qilib tortilgan ma`lum miqdori.
10. Analiz natijalarini hisoblash–modda massasini bilish uchun tarozida tortilgan tortim massasi asosida modda miqdorini aniqlash jarayoni.
11. Titrometrik analiz–modda miqdori aniqlanayotgan modda bilan reaksiyaga sarf boʻlgan ma`lum konsentratsiyali eritmaning hajmi boʻyicha aniqlanadigan analiz usuli.
12. Titrlash–modda miqdorini yoki eritmaning aniq konsentratsiyasini hajmiy–analitik yoʻl bilan aniqlash jarayoni.
13. Kislota–asosli titrlash usuli–asosida neytrallanish reaksiyasi yotadigan hajmiy analiz usuli.
14. Oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash usuli–asosida oksidlanish–qaytarilish reaksiyasi yotadigan hajmiy analiz usuli.
15. Choʻktirish usullari–ionlarni qiyin eruvchi birikmalar koʻrinishida choʻktirishga asoslangan hajmiy analiz usuli.
16. Kompleks hosil qilish usullari–ionlarni dissotsiyalangan kompleksga bog`lashga asoslangan hajmiy analiz usuli.
17. Toʻg`ri titrlash–reaksiya titrlanayotgan modda bilan ishchi eritma oʻrtasida ketgan vaqtda titrlash.
18. Teskari titrlash–aniqlanayotgan eritmaga muayyan ortiqcha (ammo aniq oʻlchangan) miqdordagi ma`lum konsentratsiyali eritma qoʻshilgan va bu reaktivning ortiqchasi ishchi eritma bilan titrlangan vaqtda titrlash.
19 Oʻrinbosarni titrlash–ishchi eritma bilan aniqlanayotgan moddaning biror reaktiv oʻrtasidagi reaksiya mahsuloti titrlangan vaqtda titrlash.


Download 74.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling