1. Titrometrik analiz usulining mohiyati


Eritma tayyorlash, titrlash tartibi, suvli va suvsiz eritmalarning farqi


Download 74.86 Kb.
bet6/25
Sana18.06.2023
Hajmi74.86 Kb.
#1559762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
titrlash,permanganatometriya

4. Eritma tayyorlash, titrlash tartibi, suvli va suvsiz eritmalarning farqi.
0,1 n NaOH ning ishchi eritmasini tayyorlash uchun 4,5 g toza NaOH chinni kosachaga solinadi, 6 ml distillangan suvda eritiladi. Na2CO3 choʻkmasi choʻktiriladi, ehtiyotlik bilan ishqor eritmasi choʻkmadan toza kolbaga quyib olinadi. 95 ml yangi haydalgan distillangan suv qoʻshiladi. Olingan eritma taxminan 0,1 n lib oʻladi. Tayyorlangan NaOH eritmasini havodan CO2 yutilishidan saqlash kerak. Buning uchun sklyankani natron ohagi bilan toʻldirib yutuvchi trubkali tiqin bilan berkitiladi.
Boshlang`ich eritma sifatida fiksanaldan tayyorlangan HCl ning 0,1 n li eritmasi olinadi. Aniqlash ikkita indikator (fenolftalein va metiloranj) ishtirokida olib boriladi.
a) Fenolftalein boʻyicha titrlash. 25 ml li byuretka shtativga oʻrnatiladi, ishchi eritma bilan toʻldiriladi. 250 ml hajmli uchta konussimon kolbaga pipetka bilan 10 ml 0,1 n li HCl eritmasi solinadi, 2 tomchi fenolftalein eritmasi qoʻshiladi va 30 soniya davomida yoʻqolib ketmaydigan och–pushti rang hosil boʻlgunga qadar NaOH eritmasi bilan titrlanadi. Titrlash uch marta olib boriladi, titrlash natijalari yoziladi, HCl boʻyicha NaOH eritmasining aniq normalligi va titri hisoblanadi.


Berilgan:


V(HCl)=10 ml
N(HCl)=0,1 n
V1(NaOH)=10,70 ml
V2(NaOH)=10,73 ml
V3(NaOH)=10,76 ml


Voʻrtacha(NaOH)=10,73 ml

Aniqlash tartibi:






a) Metiloranj boʻyicha titrlash. Metiloranj indikatori bilan titrlaganda «guvoh» bilan titrlash qoʻllaniladi. «Guvoh» sifatida 0,1 n NaCl eritmasi ishlatiladi, distillangan suv ishlatish mumkin. 25 ml li byuretka shtativga oʻrnatiladi, ishchi eritma bilan toʻldiriladi. 250 ml hajmli ikkita konussimon kolbaga pipetka bilan 10 ml 0,1 n li HCl eritmasi solinadi, uchinchi kolbaga titrlash oxirida hosil boʻladigan eritma hajmiga teng hajmda «guvoh» solinadi. Kislota eritmasiga va «guvoh» ga 3–4 tomchidan metiloranj eritmasi qoʻshiladi va titrlanayotgan eritmaning rangi «guvoh» ning rangidek boʻlmagunga qadar NaOH eritmasi bilan titrlanadi. Titrlash uch marta olib boriladi, titrlash natijalari yoziladi, HCl boʻyicha NaOH eritmasining aniq normalligi va titri hisoblanadi.



Download 74.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling