1. Titrometrik analiz usulining mohiyati


Permanganatometriya, yodometriya, bromatometriya, nitritometriya usullari


Download 74.86 Kb.
bet9/25
Sana18.06.2023
Hajmi74.86 Kb.
#1559762
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
titrlash,permanganatometriya

2. Permanganatometriya, yodometriya, bromatometriya, nitritometriya usullari.
Permanganatometriya usuli deb ishchi eritma sifatida KMnO4 eritmasi ishlatiladigan hajmiy analiz usuliga aytiladi. KMnO4 ayniqsa kislotali muhitda kuchli oksidlovchi hisoblanadi. Sharoitga qarab KMnO4 qaytarilganda turli xil oxirgi mahsulotlar hosil boʻladi.





Bu usulda kislotali muhit hosil qilish uchun faqat H2SO4 ishlatiladi. ionlari KMnO4 eritmalariga malina rang beradi, titrlash jarayonida eritma rangsizlanadi. Eritmada qaytaruvchi qolmagan vaqtda qoʻshilgan 1 tomchi KMnO4 dan titrlanayotgan aralashma pushti rangga kiradi. Shunday qilib, ekvivalent nuqta ishchi eritmaning oʻzi bilan aniqlanadi va bu usulda indikator ishlatilmaydi. KMnO4 ning titrini aniqlash uchun boshlang`ich modda sifatida H2C2O4∙2H2O eritmasi ishlatiladi. Titrlash jarayonida quyidagi reaksiya amalga oshadi:
2KMnO4 + 3H2SO4 + 5H2C2O4 = 2MnSO4 + K2SO4 + 10CO2↑ + 8H2O
Yodometriya usuli deb asosida va reaksiyalari yotuvchi hajmiy analiz usuliga aytiladi. Yodometriya usuli bilan oksidlovchilarni (ular J ni J2 gacha oksidlaydi) va qaytaruvchilarni (ular J2 ni J gacha qaytaradi) aniqlash mumkin.
Bu usulda Na2S2O3∙5H2O eritmasi ishchi eritma, K2Cr2O7 eritmasi boshlang`ich modda sifatida ishlatiladi. Masalan:
K2Cr2O7 + 6KJ + 7H2SO4 = Cr2(SO4)3 + K2SO4 + 3J2 + 7H2O
Na2S2O3 + J2 = 2NaJ + Na2S4O6
Bu usulda J2 eritmasi ishchi eritma, As2O3 eritmasi boshlang`ich modda sifatida ishlatiladi. Titrlash kuchsiz ishqoriy muhitda (pH3 eritmasi qoʻshib hosil qilinadi. Kraxmal eritmasi indikator sifatida ishlatiladi.

Download 74.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling