1. Titrometrik analiz usulining mohiyati
Download 74.86 Kb.
|
titrlash,permanganatometriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nitritometriya usuli
Bromatometriya usuli deb ishchi eritma sifatida KBrO3 eritmasi ishlatiladigan hajmiy analiz usuliga aytiladi. Bu usul kislotali muhitda ionining qaytaruvchi moddalar bilan reaksiyaga kirishib ionigacha qaytarilishiga asoslangan, masalan:
Bromatometriya usulida titrlash KBr ishtirokida kislotali muhitda amalga oshiriladi. Bromatometriyaning bevosita titrlash ususli metiloranj, metil qizili, qizil kongo kabi azoboʻyoq turidagi indikatorlar ishtirokida amalga oshiriladi. Titrlash jarayoni suyuqlik rangsizlangunga qadar olib boriladi. Reaksiyaning ekvivalent nuqtasida eritmaga qoʻshilgan KBrO3 indikatorni oksidlaydi, natijada eritma rangsizlanishi sodir boʻladi. Bromatometriyaning teskari, ya`ni ishchi eritmaning ortiqchasi boʻyicha qayta titrlash usuli ham keng qoʻllaniladi. Bu usulda reaksiyaning oxirgi bosqichi yodometrik usul bilan yakunlanadi. Nitritometriya usuli deb ishchi eritma sifatida NaNO2 eritmasi ishlatiladigan hajmiy analiz usuliga aytiladi. Bu usulda titrlash kislotali muhitda olib boriladi. Reaksiyaning borishini tezlashtirish va uning aniqligini oshirish maqsadida eritmaga katalizator sifatida KBr qoʻshiladi, uni shisha tayoqcha bilan aralashtirib turgan holda asta–sekin titrlanadi. Nitritometriya usulida reaksiyaning ekvivalent nuqtasini aniqlash uchun potensiometrik usul yoki tashqi va ichki indikatorlar ishlatiladi. Potensiometrik titrlashda indikator sifatida platina elektrodi, solishtirma elektrod sifatida esa kalamelning toʻyingan eritmasi ishlatiladi. Nitritometriya usulida tashqi indikator sifatida yodkraxmal qog`ozi keng qoʻllaniladi. Bunday qog`oz oddiy filtr qog`oziga KJ va kraxmal eritmalaridan shimdirilib, soʻngra uni quritib va tasmacha shaklida qirqib olish yoʻli bilan tayyorlanadi. Titrlashning ekvivalent nuqtasiga erishilib, shisha tayoqcha yordamida titrlanuvchi suyuqlikdan yodkraxmal qog`oziga tomizilganda, u koʻk rangga boʻyaladi. Bunda quyudagi jarayon sodir boʻladi: 2NaNO2 + 2KJ + 4HCl → J2 + 2NaCl + 2KCl + 2NO↑ + 2H2O Nitritometriya usulida ichki indikator sifatida koʻpincha tropeolin 00 ning 2 % li metil spirtdagi eritmasi (4 tomchi), tropeolin 00 eritmasi bilan metil koʻki aralashmasi (4 tomchi tropeolin 00 eritmasi va 2 tomchi metil koʻki eritmasi) yoki neytral qizil eritmasi (2 tomchi titrlash boshida, 2 tomchi titrlash oxirida) ishlatiladi. Titrlash jarayoni tropeolin 00 indikatori ishtirokida suyuqlik qizil rangdan sariq rangga oʻtgunga qadar, tropeolin 00 va metil koʻki aralashmasi indikatori ishtirokida qizil–binafsha rangdan havo rangga oʻtgunga qadar, neytral qizil eritmasi ishtirokida esa suyuqlik pushti rangdan koʻk rangga oʻtgunga qadar olib boriladi. Download 74.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling