Mavzuga oid tayanch iboralar.
1. Ishchi eritma–odatda titrometrik aniqlash oʻtkaziladigan, ya`ni u bilan titrlanadigan eritma.
2. Tayyorlangan titrli eritmalar–analitik tarozida tortib olingan aniq tortim oʻlchov kolbasida eritib tayyorlangan, ya`ni erigan moddaning miqdori va eritmaning hajmi aniq ma`lum boʻlgan eritma.
3. Titri aniqlangan eritmalar–taxminan kerakli konsentratsiyali, aniq konsentratsiyasini esa tayyorlangan titrli boshqa eritma bilan titrlab aniqlanadigan eritma.
4. Indikatorlar–reaksiya tugashini aniqlash uchun qoʻllaniladigan kimyoviy reaktivlar.
5. Ichki indikatorlar–indikator aniqlanayotgan modda eritmasiga qoʻshiladigan va titrlash indikator ishtirokida yuzaga chiqadigan indikator.
6. Tashqi indikatorlar–titrlash mobaynida titrlanayotgan eritmadan kapillyar bilan bitta tomchidan olinib unga chinni plastinkada bir tomchi indikator qoʻshiladigan indikator.
7. Kislota–asosli titrlash usuli–asosida neytrallanish reaksiyasi yotadigan hajmiy analiz usuli.
8. Alkalimetriya–kislotalarni miqdoriy aniqlash usuli.
9. Atsidometriya–ishqorlarni miqdoriy aniqlash usuli.
Mavzuga oid adabiyotlar:
1. A. Yu. Ibodov: «Farmatsevtik kimyo», I tom, Toshkent, «Tibbiyot» nashriyoti, 1996 yil, 70–80 betlar;
2. M. S. Mirkomilova: «Analitik kimyo», Toshkent, «Oʻzbekiston» nashriyoti, 2005 yil, 166–193 betlar;
3. M. G`ulomova: «Analitik kimyo», Toshkent, «Talqin» nashriyoti, 2005 yil, 105–128 betlar;
4. U. Haydarov: «Analitik kimyo», Toshkent, «Oʻqituvchi» nashriyoti, 2007 yil, 174–196 betlar.
Mavzu: Oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash usuli.
1. Oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash usuli mohiyatini;
2. Permanganatometriya, yodometriya, bromatometriya, nitritometriya usullarini;
3. Oksidlovchi va qaytaruvchi moddalar ekvivalent massasini aniqlashni;
Do'stlaringiz bilan baham: |