1. Titrometrik analiz usulining mohiyati


Ushbu usullarning ishlatilish sohalarini


Download 74.86 Kb.
bet8/25
Sana18.06.2023
Hajmi74.86 Kb.
#1559762
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
titrlash,permanganatometriya

4. Ushbu usullarning ishlatilish sohalarini.
Yangi darsning bayoni.

1. Oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash usuli mohiyati.
Oksidlanish–qaytarilsih xususiyatli titrlash usuli asosida oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari yotadi. Bunday miqdor analizi usulida oksidlovchi (qaytaruvchi) moddalarning titrlangan eritmalari yordamida qaytaruvchi (oksidlovchi) moddalarning miqdoriy tarkibi aniqlanadi. Oksidlanish–qaytarilsih xususiyatli titrlash usuli bir qator usullarga boʻlinadi: permanganatometriya, yodometriya, bromatometriya, nitritometriya usullari.
Oksidlanish–qaytarilsih reaksiyalari ion almashinish reaksiyalariga nisbatan murakkabroq tarzda ketadi. Oksidlanish–qaytarilsih reaksiyalarining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1) koʻpgina reaksiyalarda faqatgina oksidlovchilar va qaytaruvchilar emas, balki boshqa moddalar ham (masalan, kislota va ishqorlar) bir–biriga oʻzaro ta`sir qiladi;
2) reaksiyalar, koʻpincha, bir necha bosqichda amalga oshadi, bunda ularning har biri turli tezlikda sodir boʻladi;
3) oksidlanish–qaytarilsih reaksiyalarining tezligi ion almashinish reaksiyalari tezligidan kichik. Shuning uchun ham oksidlanish–qaytarilsih reaksiyalari ma`lum muddat vaqtni hamda jarayonni tez oxiriga yetkazishni ta`minlaydigan maxsus sharoitlarni talab qiladi;
4) bir xil reaksiyaga olingan moddalar bilan turli yoʻnalishdagi reaksiyalar sodir boʻlishi mumkin.
Asosida miqdoriy analiz qilinadigan oksidlanish–qaytarilsih reaksiyalari quyidagi talablarni qondirishi kerak:
1) reaksiyalar kerakli yoʻnalishda amalga oshishi hamda amalda qaytmas boʻlishi kerak;
2) qoʻshimcha reaksiyalar sodir boʻlmasligi kerak;
3) reaksiyalar yetarli tezlikda borishi kerak. Koʻpincha reaksiya tezligi sun`iy ravishda oshiriladi. Moddalarning xossalarini hisobga olib har bir analizda reaksiyaning kerakli tezlikka erishishi uchun sharoit yaratiladi.
Oksidlanish–qaytarilsih xususiyatli titrlash usulida ishlatiladigan indikatorlar turlicha boʻlib, ular organik moddalardir hamda ularning oʻzlari oksidlovchi yoki qaytaruvchilar hisoblanadi. Oksred–redoks indikatorlar deb ataluvchi bunday indikatorlar oksidlangan (qaytarilgan) shakldan qaytarilgan (oksidlangan) shaklga oson oʻtadi, bunda ikkala shakl turli xil rangda boʻladi. Bunday indikatorlarga oksidlanga shakli koʻk–gunafsha, qaytarilgan shakli rangsiz boʻlgan difenilamin, oksidlangan shakli yashil havo rang, qaytarilgan shakli rangsiz boʻlgan metil koʻki misol boʻladi.


Download 74.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling