1. Titrometrik analiz usulining mohiyati


Kislota–asosli titrlash usulining mohiyati


Download 74.86 Kb.
bet5/25
Sana18.06.2023
Hajmi74.86 Kb.
#1559762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
titrlash,permanganatometriya

3. Kislota–asosli titrlash usulining mohiyati.
Kislota–asosli titrlash usuli asosida neytrallanish reaksiyasi yotadi:
H+ + OH = H2O
Kislota–asosli titrlash usuli kislota va ishqorlarni miqdoran aniqlash uchun qoʻllaniladi. Bu usul yordamida neytrallanish reaksiyasi bilan bog`liq boʻlgan bir qator boshqa hajmiy aniqlashlar, masalan, kuchsiz kislota va kuchli asoslardan hosil boʻlgan tuzlarni (Na2CO3 va Na2B4O7) yoki ammoniy tuzlarini aniqlash oʻtkaziladi.
Kislotalarni miqdoriy aniqlashda–alkalimetriyada NaOH yoki KOH eritmalari ishchi eritma boʻlib hisoblanadi. Ishqorning titrlangan eritmasini tortim boʻyicha tayyorlab boʻlmaydi, chunki ishqor aniq olingan tortim boʻyicha aniq konsentratsiyali eritma tayyorlash mumkin boʻlgan moddalarga qoʻyiladigan talablarga javob bermaydi. Bundan tashqari, ishqor eritmalari juda yaxshi saqlanganda ham oʻz titrini ancha tez oʻzgartiradi, shuning uchun bu ishchi eritmalarning titri aniqlanadi. Ishqorning ishchi eritmasi titrini aniqlash uchun H2C2O4∙2H2O yoki H2C4H4O4 eritmalari ishlatilishi mumkin.
Ishqorlarni miqdoriy aniqlashda–atsidometriyada kuchli kislota eritmasi odatda HCl yoki H2SO4 eritmasi ishchi eritma boʻladi. Konsentrlangan kislotadan uning titrlangan eritmasini tayyorlab boʻlmaydi, chunki HCl vodorod xlorid chiqaradi, H2SO4 esa suv tortuvchandor. Kislota eritmalarining titri aniqlanadi. Buning uchun Na2B4O7∙10H2O yoki kimyoviy toza Na2CO3 boshlang`ich modda boʻlib xizmat qiladi. Ba`zi hollarda kislotaning ishchi eritmasi fiksanaldan tayyorlanadi.
Kislota–asosli titrlash usuli klinik laboratoriyalarda me`da shirasi kislotaliligini aniqlashda, sanitariya–gigiyena laboratoriyalarida suvning karbonatli qattiqligi, sut mahsulotlarining, tuzlangan karamning va spirtsiz ichimliklarning kislotaliligini aniqlashda ishlatiladi.
Kislota–asosli titrlash usuli uch xil holatda olib boriladi:
a) Kuchli kislota (kuchli ishqor) ni kuchli ishqor (kuchli kislota) bilan titrlash;
b) Kuchsiz kislota (kuchsiz ishqor) ni kuchli asos (kuchli kislota) bilan titrlash;
c) Kuchsiz asos (kuchsiz kislota) ni kuchli kislota (kuchli asos) bilan titrlash.
Kuchli kislotani kuchli ishqor bilan titrlaganda faqat bitta kuchsiz elektrolit–suv hosil boʻladi. Reaksiya amalda oxiriga qadar boradi. Reaksiya natijasida hosil boʻlgan tuz gidrolizga uchramaydi, eritma muhiti neytral (pH=7) boʻladi.
HCl + NaOH = NaCl + H2O
Kuchsiz kislotani kuchli ishqor bilan titrlaganda ekvivalent nuqtada gidrolizga uchraydigan tuz hosil boʻladi. Demak, bu holda titrlashda ketadigan reaksiya qaytar boʻladi va oxiriga qadar bormaydi. Eritma muhiti ishqoriy (pH>7) boʻladi.
CH3COOH + NaOH = CH3COONa + H2O
Kuchsiz asosni kuchli kislota bilan titrlaganda ham ekvivalent nuqtada gidrolizga uchraydigan tuz hosil boʻladi. Demak, bu holda titrlashda ketadigan reaksiya qaytar boʻladi va oxiriga qadar bormaydi. Eritma muhiti kislotali (pH
NH4OH + HCl = NH4Cl + H2O
Kislota–asosli titrlash usulida ekvivalent nuqta qandaydir tashqi oʻzgarish bilan ketmaydi, shuning uchun reaksiyaning oxirini aniqlash uchun maxsus indikatorlar qoʻllaniladi. Kislota–asosli titrlash usulida qoʻllaniladigan indikatorlar rangi suvli eritmadagi vodorod ionlarining konsentratsiyasiga qarab oʻzgaradigan organik birikmalar boʻlib, ular jumlasiga fenolftalein, metiloranj, metil qizili kabi indikatorlar kiradi. Fenolftalein kislotada rangsiz boʻlib ishqorda tiniq malina rangiga, metiloranj kislotada pushti boʻlib, ishqorda sariq rangga, metil qizili kislotada qizil boʻlib ishqorda sariq rangga oʻtadi.


Download 74.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling