Mundarija: kirish I bob. Sut va sut mahsulotlarining ahamiyati va ozuqaviy qiymati


Download 435 Kb.
bet1/7
Sana03.12.2023
Hajmi435 Kb.
#1801345
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TVAROGDAN TAOMLAR TAYYORLASHNI O\'RGANISH


MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………..….2
I BOB. SUT VA SUT MAHSULOTLARINING AHAMIYATI VA OZUQAVIY QIYMATI………………………………………………………….4

    1. Sut tarkibidagi oziq. moddalar organizmga ta’siri………….…….4

2.1.Tvorog haqida ma’lumot…………………………………….…………7
II BOB. TVOROGLI PSHIRIQLAR XILMA-XILLIGI……….……..….19
2.1.Tvorogning sifat ko’rsatkichlari…………………………….…….…..22
2.2.Tvorog taomlarini tayyorlash va dasturxonga uzatish….…………..22
XULOSA………………………………………………………….…..…….29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………….………….31


Kirish.
O’zbek taomlari pazandaligi inson faoliyatining san’at darajasiga kutarilgan eng qadimiy sorhalaridan biridir. Bu san’at davr utishi bilan takomillashib, iste’molchilar talabiga tobora ko’prok, moslashib bormokda. Pazandalar tayyorlagan yukori sifatli taomlar xo’randalar ish qobiliyatiga, sog’ligiga va boshqa jismoniy salohiyatiga barakali ta’sir ko’rsatadi. Taomlar tayyorlash va tarqatish usullariga kura sovuq, issiq, suyuk,, quyuq yoki umumiy, milliy va hokazo turlarga bulinadi. Taomlar xonaki usulda yoki umumiy ovkatlanish korxonalarida tayyorlanadi.
O’zbek milliy taomlari boshk,a millatlar taomlaridan o’ziga xos an’anaviy xususiyatlari bilan farqlanadi. Tabiatimizning saxiyligi, xilma-xil oziq-ovqat maxsulotlariga boyligi va uzoq zamonlardan davom etib kelayotgan o’zbek pazandaligi xalqimizning ulkan xazinasi va milliy faxridir. O’zbek milliy pazandaligi, ayniqsa masalliqga o’ziga xos ishlov berilishi, taom tayyorlashda uziga xos asbob-anjomlar, qurilmalar va boshqa jixozlar ishlatilishi, taomlar tarqatishda uziga xos idish-tovoqlardan foydalanilishi bilan ajralib turadi.
O’zbek milliy taomlarini tayyorlashdan avval ayrim masalliqlarga maxsus ishlov berilib, ularning xushxo’rligi oshiriladi. Bunday usullardan biri mahsulotni tilimlab, unga tuz va ziravor bilan ishlov berishdir. O’zbek taomlarini tayyorlashda xalq ko’p iste’mol qiladigan go’sht, un, sut, qatiq, loviya, no’xat, shuningdek meva, poliz, kukat maxsulotlari va xokazolardan foydalaniladi. Bu masalliqlar taom turlariga qarab o’ziga xos ishlovdan o’tadi. Milliy taomlarni xonaki usulda tayyorlashda qozon va o’choqdan, issiqlik manbai sifatida esa o’tin, ko’mir, tabiiy gaz, maxsus tandir va boshqalardan foydalaniladi.
Hozirgi o’zbek milliy pazandaligi tabiiy, tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar ta’siri ostida shakllangan. Xalqlarning o’zaro madaniy aloqalari orqali o’zbek milliy taomlarini tayyorlashda ham iste’mol qilinadigan masalliqlarni ishlatish imkoniyati yaratilmoqda. Bu bilan milliy taomlar turi kengayib bormoqda. Bunga misol tariqasida avvalgi o’zbek pazandaligini hozirgi pazandaligi bilan qiyoslaymiz. Avvalgi o’zbek pazandaligida baliq taomlari kam iste’mol qilingan bo’lsa, ular xozir ko’proq iste’mol qilinadi. O’zbekistonning ba’zi joylarida taomlar ilgari kartoshka va pomidor ishlatilmay tyiyorlangan bo’lsa, hozirgi kunda bu mahsulotlarsiz taomlar uchramaydi hisob.
O’zbek milliy pazandaligi tayyorlanadigan taomlar turi va ularni tayyorlash shart-sharoitlarini chuqur o’rganishni talab qiladi. Aks holda tayyorlangan taom o’z milliylik xususiyatini yo’qotishi bilan birga, iste’mollilik qobiliyatidan ham mahrum bo’ladi. O’z ko’rsatkichlariga ko’ra talabga javob beradigan taomlarni o’ziga xos idish tovoqlarda tortmaslik bu taomlarning iste’mol xususiyatini pasaytiradi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida taom tayyorlashga “O’zbekiston xalqlarining milliy taomlari va pazandalik maxsulotlarini tayyorlash usullari to’plami” hujjatidan foydalanilgandagina ruxsat etiladi.


Download 435 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling