1. Titrometrik analiz usulining mohiyati


Oksidlovchi va qaytaruvchi moddalar ekvivalent massasini aniqlash


Download 74.86 Kb.
bet11/25
Sana18.06.2023
Hajmi74.86 Kb.
#1559762
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
titrlash,permanganatometriya

3. Oksidlovchi va qaytaruvchi moddalar ekvivalent massasini aniqlash.
Oksidlovchi moddaning ekvivalent massasi deb oksidlanish–qaytarilish reaksiyasida oksidlovchi modda molekula massasini u qabul qilgan elektronlar soniga nisbatiga aytiladi. Oksidlovchi moddaning ekvivalent massasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:



Qaytaruvchi moddaning ekvivalent massasi deb oksidlanish–qaytarilish reaksiyasida qaytaruvchi modda molekula massasini u bergan elektronlar soniga nisbatiga aytiladi. Qaytaruvchi moddaning ekvivalent massasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:



4. Ushbu usullarning ishlatilish sohalari.
Farmatsevtika tahlilida permanganatometriya usulining bevosita titrlash usulida asosan vodorod peroksid, gidroperit, magniy peroksid, qaytarilgan temir, temir (II) sulfat, kalsiy oksalat, oksalat kislota kabi dori preparatlarini analiz qilinadi. Bu usulda ishchi eritmaning ʻzi indikator vazifasini bajaradi hamda titrlash jarayoni suyuqlik pushti rangga boʻyalgunga qadar olib boriladi. H2SO4 ishtirokida suyuqlik pushti rangga oʻtguniga qadar KMnO4 ning 0,1 n eritmasi bilan titrlab olinadi.
Permanganatometriya usulining ishchi eritmaning ortiqchasi boʻyicha qayta titrlash usulini Davlat Farmakopeyasi natriy nitritning miqdorini aniqlashda tavsiya qiladi. Bu usulda ma`lum miqdor preparat saqlangan eritmaga ortiq hajmda KMnO4 ning 0,1 n eritmasi va H2S2O4 ni qoʻshib, ma`lum vaqtga qadar qoʻyib qoʻyiladi. Soʻngra eritmaga KJ qoʻshiladi va ajralib chiqqan erkin J2 Na2S2O3 ning 0,1 n eritmasi bilan titrlab olinadi.
Yodometriya usuli bilan J ni erkin J2 gacha toʻliq oksidlaydigan oksidlovchilar (permanganatlar, dixromatlar, Cu (II) tuzlari, Fe (III) tuzlari, erkin galogenlar va boshqalar) ham, erkin J2 ni J gacha toʻliq qaytaradigan qaytaruvchilar (sulfidlar, sulfitlar, SnCl2 va boshqalar) ham aniqlanadi. Farmatsevtika tahlilida yodometriya usuli bilan natriy tiosulfat, askorbin kislota, analgin, formalin, furatsilin, nikodin, benzilpenitsillin, antipirin, dibazol, promedol, kofein natriy benzoat, kaliy permanganat, natriy arsenat, mis (II) sulfat, vodorod peroksid, gidroperit kabi dori preparatlarining miqdori aniqlanadi.
Farmatsevtika tahlilida bromatometriyaning bevosita titrlash usulidan fenol, timol, salitsilat kislota, fenilsalitsilat, mezaton, xinazol, streptotsid, anestezin, novokain, mishyak (III) oksid kabi dori preparatlarining miqdori aniqlanadi. Bunda preparatning eritmasi KBr, H2SO4 va metiloranj indikatori ishtirokida suyuqlik rangsizlangunga qadar KBrO3 ning 0,1 n eritmasi bilan titrlanadi.
Bromatometriyaning teskari, ya`ni ishchi eritmaning ortiqchasi boʻyicha qayta titrlash usulida rezorsin miqdorini aniqlashda, ma`lum hajmda olingan eritmaga H2SO4 va KBr ishtirokida KBrO3 ning 0,1 n eritmasidan aniq va ortiqcha hajmda qoʻshiladi, og`zini mahkam yopgan holda bir oz turg`izib qoʻyiladi. Soʻngra unga KJ qoʻshiladi va ajralib chiqqan erkin J2 ni Na2S2O3 ning 0,1 n eritmasi bilan titrlanadi.
Nitritometriya usulida Davlat Farmakopeyasi sulfanilamid preparatlari, para–aminobenzoy kislota hosilalari (anestezin, novokain, novokainamid, dikain), para–aminosalitsil kislota hosilalaridan parasetamol, nitroaromatik birikmalardan levomitsetin miqdorini aniqlashni tavsiya qiladi. Bunda amino guruh «qurshab» olingan preparatlarni, jumladan, eruvchan streptotsid va parasetamollarni aniqlashda, avval ularni kislotalar bilan qizdirish yordamida gidrolizlab, amino guruh «ochib» tashlangandan soʻng titrlanadi.

Download 74.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling