1. Titrometrik analiz usulining mohiyati


Titrometrik (hajmiy) analiz usuli


Download 74.86 Kb.
bet3/25
Sana18.06.2023
Hajmi74.86 Kb.
#1559762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
titrlash,permanganatometriya

Titrometrik (hajmiy) analiz usuli.

Kislota–asosli (neytrallanish) titrlash usuli.
Oʻquvchi–talaba bilishi kerak:

1. Ishchi eritma va uning titrini toʻg`rilashni;

2. Indikatorlar, titrlash usullari va hisoblash formulalarini;

3. Kislota–asosli titrlash usulining mohiyatini;

4. Eritma tayyorlash, titrlash tartibi, suvli va suvsiz eritmalarning farqini.
Yangi darsning bayoni.

1. Ishchi eritma va uning titrini toʻg`rilash.
Ishchi eritma deb odatda titrometrik aniqlash oʻtkaziladigan eritmaga aytiladi, ya`ni u bilan titrlanadi. Ishchi eritma yordamida aniqlash oʻtkazish uchun uning aniq konsentratsiyasini bilish kerak. Titrlangan eritmalar (aniq ma`lum konsentratsiyali eritmalar) tayyorlashning ikkita usuli bor:
1. Analitik tarozida tortib olingan aniq tortim oʻlchov kolbasida eritiladi, ya`ni erigan moddaning miqdori va eritmaning hajmi aniq ma`lum boʻlgan eritma tayyorlanadi. Bu holda eritmalar tayyorlangan titrli eritmalar deyiladi.
2. Taxminan kerakli konsentratsiyali eritma tayyorlanadi, aniq konsentratsiyasini esa tayyorlangan titrli boshqa eritma bilan titrlab aniqlanadi. Titrlash natijasida aniq konsentratsiyasi aniqlanadigan titrlangan eritmalar titri aniqlangan eritmalar deyiladi.
Titrometrik analizning asosiy qoidalaridan biri quyidagicha boʻlib, analiz qaysi sharoitda olib borilsa, eritmalarning titri ham shu sharoitda saqlanishi kerak. Ishchi eritmaning aniq konsentratsiyasini aniqlash (titrini topish) uchun boshlang`ich modda deb ataladigan moddadan foydalaniladi. Buning uchun boshlang`ich moddadan aniq olingan tortim boʻyicha oʻlchov kolbasida aniq konsentratsiyali eritma tayyorlanadi. Ishchi eritmaning titrini aniq belgilash va keyingi analizlarning aniqligi boshlang`ich moddaning sifatiga bog`liq boʻlib, boshlang`ich modda quyidagi talablarni qondirishi kerak:
1. Boshlang`ich moddaning tarkibi uning kimyoviy formulasiga qat`iy mos boʻlishi kerak;
2. Boshlang`ich modda kimyoviy toza boʻlishi, aralashmalarning umumiy miqdori 0,1 % dan oshmasligi kerak;
3. Boshlang`ich modda havoda barqaror boʻlishi, ya`ni gigroskopik boʻlmasligi, havo kislorodi yoki uglerod (IV) oksidi ta`sirida oʻzgarmasligi kerak;
4. Boshlang`ich modda eritmada barqaror boʻlishi, ya`ni oksidlanmasligi yoki parchalanmasligi kerak;
5. Boshlang`ich modda iloji boricha katta ekvivalent massaga ega boʻlishi kerak, bu aniqlashda nisbiy xatolikni kamaytiradi;
6. Boshlang`ich modda suvda eriydigan boʻlishi kerak;
7. Boshlang`ich modda titri qat`iy tenglama boʻyicha va katta tezlik bilan aniqlanayotgan eritma bilan reaksiyaga kirishishi kerak.
Ishchi eritmaning titrini aniqlash uchun boshlang`ich moddadan aniq olingan tortim boʻyicha aniq eritma tayyorlanadi. Buning uchun moddaning kerakli miqdori analitik tarozida tortib olinadi, oʻlchov kolbasiga solinadi, ozroq miqdor distillangan suv quyib eritib olinadi, soʻngra modda toʻliq erigach distillangan suv belgigacha yetkaziladi. Titrlangan eritmalar olish uchun koʻpincha fiksanallar deb ataluvchi aniq miqdordagi reaktivli kavsharlangan shisha ampulalardan foydalaniladi. Har bir ampulada unda qanday modda va qancha miqdorda borligini koʻrsatuvchi yozuv boʻladi. Masalan: HCl 0,1 g/ekv.
Oʻlchov kolbasiga yaxshilab yuvilgan va distillangan suv bilan chayilgan voronka qoʻyiladi, voronkaga distillangan suv bilan chayilgan maxsus sindiruvchi qoʻyiladi. Keyin ampula tubi sindiruvchiga tegib turilgan holda voronkaga qoʻyiladi, uni sal koʻtariladi va sindiruvchining uchiga ohista uriladi, teshik ochiladi, distillangan suv quyib eritiladi. Buning uchun kolba ichidagi suyuqlik aylanma harakat bilan ehtiyot boʻlib aralashtiriladi. Agar fiksanalda quruq modda boʻlsa, u toʻliq erib ketgunga qadar aralashtiriladi. Soʻngra distillangan suv bilan kolbadagi suyuqlik belgigacha yetkaziladi, kolba tiqin bilan yaxshilab berkitiladi va eritma 12–15 marta aralashtiriladi.


Download 74.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling