1. Titrometrik analiz usulining mohiyati
Indikatorlar, titrlash usullari va hisoblash formulalari
Download 74.86 Kb.
|
titrlash,permanganatometriya
2. Indikatorlar, titrlash usullari va hisoblash formulalari.
Titrlashda reaktivning ortiqcha miqdori emas, balki aniqlanayotgan modda miqdoriga ekvivalent miqdori ishlatiladi. Ishchi eritma bilan titrlanayotgan modda orasidagi reaksiyaning tugash paytini, ya`ni ekvivalent nuqtasini aniq belgilash zaruriy shartdir. Reaksiyaning tugashi qanchalik aniq belgilansa, analiz natijasi shunchalik aniq boʻladi. Reaksiya tugashini aniqlash uchun indikatorlar deb ataluvchi alohida reaktivlar qoʻllaniladi. Koʻpincha indikatorlarning ta`siri shunga olib keladiki, ular titrlanayotgan modda va ishchi eritma oʻrtasidagi reaksiya oxirida ishchi eritmaning ozgina ortiqcha miqdori ishtirokida oʻzgarishga uchraydi va eritma yoki choʻkmaning rangini oʻzgartiradi. Byuretkadan–ishchi eritmadan ma`lum miqdorda quyilganda titrlanayotgan eritma rangi sezilarli oʻzgarsa, bunda titrlashning soʻnggi nuqtasiga erishildi deyiladi. Koʻpchilik hollarda indikator aniqlanayotgan modda eritmasiga qoʻshiladi va titrlash indikator ishtirokida yuzaga chiqadi. Bu ichki indikatorlardir. Ayrim hollarda titrlash mobaynida titrlanayotgan eritmadan kapillyar bilan bitta tomchidan olinib unga chinni plastinkada bir tomchi indikator qoʻshiladi. Shunday qilib, indikator bilan boʻladigan reaksiya titrlanayotgan eritmadan tashqarida ketadi. Bu holda ishlatiladigan indikatorlar tashqi indikatorlar deyiladi. Titrlash jarayonini olib borish quyidagicha amalga oshiriladi. Oʻlchov va oddiy idishlar yaxshilab xromli aralashma, oddiy suv bilan yuviladi, distillangan suv bilan chayiladi, birorta tomchi suyuqlik idish ichida devordan oqaturib ushlanib qolmasligi kerak. Byuretka shtativga mahkamlab oʻrnatiladi, ishchi eritma bilan toʻldiriladi, bunda byuretka ichida havo pufakchalari boʻlmasligi kerak. Tutrlanadigan eritma konussimon kolbaga solinadi, rang oʻzgarishi aniq bilinishi uchun kolba tagiga oq qog`oz varag`ini qoʻyish kerak. Titrlash paytida kran yoki qisqich chap qoʻl bilan boshqariladi, kolba esa oʻng qoʻl bilan ushlanadi. Byuretkadan ishchi eritma asta–sekin tushiriladi, kolbadagi eritma hamma vaqt aylanma harakat bilan aralashtirib turilishi kerak. Reaktivning sachragan mayda tomchilarini yuvib tushirish uchun vaqti–vaqti bilan kolba devorlarini uning boʻg`zidan boshlab yuvgichdagi distillangan suv bilan oz–ozdan yuvib turish kerak. Titrlashning oxirgi nuqtasiga yaqin byuretkadan eritmani ayniqsa ehtiyotlik bilan bitta–bitta tomchidan qoʻshish va kolba ichki devorini tez–tez yuvib turish kerak. Titrlash jarayoni tugagach byuretkadagi sarflangan ishchi eritma hajmi aniqlanadi, natijalar formulaga qoʻyiladi va hisoblash ishlari olib boriladi. Titrlash jarayoni eng kamida 3 marta takroran olib boriladi hamda natijalarning oʻrtachasi asosida hisoblanadi. Download 74.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling