Example document docx
Download 21.34 Kb.
|
PK 5.1.wav
Paolo Koelo Alif. Beshinchi qism: Ruhlar boʻlinishi. elparvar mahsuloti. Bu so`zlar xotiramga muhrlanib qolgan. Kitobxonlar har biriga diqqat bilan qarayman va kelganlar uchun minnatdorchilik bildirib qo`l uzataman. Yolg`iz sayohat qilayotgan bo`lsamda qalbim yolg`iz emas. Qalbimni tushungan kitobxonlarimning barchasi u bilan birga Moskvada ham, Londonda ham Tunis, Kiev Santiyago de Compostelada va o`tgan bir yarim oy mobaynida tashrif buyurgani birorta shaharda o`zimni begona his qilmayman. Orqada qizg`in bahs eshtiladi. Men ishimdan chalg`imaslikka urinaman, ammo bahs keskinlasha boradi. O`girilib noshirimdan nima boʻlayotgani so`rayman. Kechagi qiz uni oʻzimiz bilan olib ketishimizni talab qilyapti. Kechagi qizni eslay olmay bahslashayotgandan tinchlanishlarini so`rayman. Kimdir yonimga kelib o`tiradi. Qo`riqchi ham yetib keladi va yana bahs boshlanib ketadi. Kitoblarga dasxat qo`yishdan to`xtab yonimga o`girilaman, yonimda men ko`zlarida muhabbat va o`limni ko`rgan qiz otirardi. Unga birinchi bor nazar solaman, sochlari tim qora ko`rinishi yigirma ikki, yigirma to`qqiz yoshlar orasida. yoshlarni aniqlashga juda no`noqman. Egnida esa biroz uringan teri kurutka, jensi shim, oyog`iga esa keta kiygan edi. Uning ruguzagini tekshirdik deyidi qo`riqchi. Xavfsiraydigan hech narsa yo`q, lekin u bu yerda qolishi mumkin emas, qiz indamay tabassum qiladi. Navbatdagi kitobxon dastxat olish uchun bu majorani tugashini sabr bilan kutib turibdi. Meni esladingizmi? Men hilolman! Men muqaddas olov yoqqani keldim. Albatta darrov tanidim deb yolg`on gapiraman. Navbatda turganlar sabrsizlana boshlagani seziladi. Dasxat kutib turgan kitobxon esa qizg`onishida bir nimalar deydi. Uning gapini tushunmasamda, uning ohangidan nima deganini tushunaman. Portugallarda shunday maqol bor, davolab bo`lmasa sabr qilinadi. Tortishishning mavrida emas. Nimadir qilish kerek, Qizdan boshqalarga halaqit bermaslik uchun kutib turishini so`rayman. U aytganimni itoat bilan bajaradi. Bir daqiqa ham oʻtmasdan, u haqida unutib, butun diqqatimni tadbirga qarataman. Eshitgan rahmatlarimga javoban men ham minnatdorchilik bildiraman, keyingi to`rt soat baxtli lahzadek o`tib ketdi. Har soatda chekish uchun tanaffus qilaman, ammo umuman charchoqni sezmayman, odatda dastxatsessiyalarni quvvatlantirilgan batariyadek kuch g`ayratga to`lgan holda tugataman. Tadbir yakunida yig`ilganlardan tashkilotchilarni qarsaklar bilan olqishlashlarini so`rayman. Navbatdagi uchrashuvga uchrashuvga jo`nash vaqti keldi, shu vaqtgacha biror marta ham esimga tushmagan qizi yani oldimga keladi. Sizga bir narsa ko`rsatishim kerak, buning umuman iloji yo`q. meni kechki ovqatga kutishyapti, yo`q iloji bor. Javob beradi qiz qaysarlik bilan mening ismim Hilol kecha mehmonxona eshigida sizni men kutib turgandim. Buni shu yerning o`zida siz otlanguningizcha koʻrsatishim mumkin. Unga javob qaytarishga ulgurmasimdan qutisidan skripkasini olib chala boshlaydi. Tarqalishni boshlagan kitobxonlar kutilmaganda boshlangan konsertni tinglash uchun izlariga qayta boshladilar. Hilol ko`zlarini yumimb olib go`yo bu dunyoni unutgandek chala boshlardi. Kamonchi skripka torlariga deyarli tegmasdan borib kelarkan unda men hech qachon eshitmagan kuy taralar, men va boshqalarga unda albatta tinglashi kerak bolgan bir nimalar borligini anglatardi. Qiz goh qotib qolar, gohida esa jazavaga tushgandek sikripka bilan raqsga tushardi. Biroq asosan uning qo`lari harakat qilardi. Har bir nota bizda xotiralarni uyg`otadi. Butunki esa rad etishga cho`chimay o`zga qalbga intilayotgan oshiq qalb haqida ajib hikoya aytadi. Hilol kuy chalar ekan koʻplab vaziyatlarda hayotimda hech qanday aloqasi yoʻqdek tuyulgan odamlar menga yordam qo`lini cho`zganiliklarini eslayman. Kuy yakunlanadi ammo hech kim qarsak chalmaydi, zal skutga cho`madi. Rahmat deyman men: men yuragimni bir parchasini o`rtoqlashdim halos, ammo bu vazifamni bajarish uchun yetarli emas. Meni o`zingiz bilan olib ketasizmi? Rostini aytganda haddan ziyod tirishqoq odamlarga duch kelganda tezroq juftakni rostlashga harakat qilaman yoki odamga uning orzusi amalga oshmasligini aytolmayman. Monika Kataloniyadagi qahvaxonada ko`rsatgan irodani hammada ham uchratavermaysan. Agar kimnidir tanlagan yoʻlidan qaytarishga urinsam va bunga oʻzimni ham ishontira olsam hayotim mukammal bo`lmasdi. O`sha kuni men ikkinchi yo`lni tanladim. Brazilyaning Rossiyadagi elchisiga qo`ng`iroq qilib kechki ovqatga yana bir odamni taklif qilish uchun izn so`rayman. Men uchun muxlislaringiz ham xuddi siz kabi qadrli mehmon javob beradi elchi. Braziliya elchixonasidagi ziyofat o`ta rasmiy tartibda bo`lsada elchi mehmonlarni o`z uylaridagidek his qilishlari uchun hamma choralarni ko`rgandi. Hilolning ko`ylagi ditsizlikning o`zginasi deb bemalol aytish mumkin. Juda yorqin va beo`xshov, aji-buji bo`lgan ko`ylagi boshqalarning rasmiy liboslari orasida birinchi boʻlib koʻzga tashlanadi. Xizmatchilar chaqirilmagan mehmonga xo`jayinlari yonidan bo`lak joy topa olishmadi. Taklif qilinganlar dasturxon atrofiga to`planishar ekan, mening Rus tadbirkor do`stim operativ vaqtda Rossiyalik agentim eri bilan telefonda urushib qolganini habar qiladi va u bilan muamo to`g`ilishi mumkinligi to`g`risida ogohlantiradi. Nima uchun? Menimcha gap uning eri boshqaradigan qlubga bormoqchi bo`lganing va keyin fikringdan qaytganing ustida boryapti. Kundaligimda rostan ham sber bo`ylab sayohat vaqtida toamnomani muhokama qilish, belgisi bilan qandaydir qlub qayt qilingandi. Biroq shunda ijobiy tuyg`ularga boy ajoyib kunda u yerga borishni istamadim. Uchrashuvni qoldirganimning asosiy sababi uning mutlaqo bemaʼniligi edi. Hayotimda hali hech kim bilan muhokama qilmagandim. Buning oʻrniga mehmonxonaga qaytib dushda tushayotgan suv ostida turgancha hayolan uzoq-uzoqlarga ketmoqchi edi. Gazaklar tortildi va suhbat ham asta jonlana boshlandi. Elchining rafiqasi iltifot bilan Hiloldan o`zi haqida gapirib berishimni so`raydi. Men Turkiyada tug`ilganman, o`n ikki yoshimda esa Ekaterinburga skribka chalishni oʻrganish uchun ko`chib kelganman. Siz albatta bo`lajak musiqachilarning qanday tanlanishlarini bilsangiz kerak. Elchining rafiqasi bu haqida umuman tasavvurga ega emas, stol atrofidagilar jimim qolishdi. Aftidan bu ajabtovur libosidagi qizni eshitish hamma uchun qiziq shekili. Download 21.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling