17-Laboratoriya ishi Markusson usuli bilan neft qoldiqlarini gurux tarkibini aniqlash


Download 15.17 Kb.
Sana06.11.2023
Hajmi15.17 Kb.
#1752735

17-Laboratoriya ishi
Markusson usuli bilan neft qoldiqlarini gurux tarkibini aniqlash.

Kerakli reaktiv, idish va materiallar:


Vyurs kolbasi - xajmi 300 ml
Libix sovutgichi
Kabul kilgichlar
Farfor tigel
Konussimon kolba - xajmi 250 ml
Erlenmeyyer kolbasi - xajmi 300 m.
Sokslet apvarata
Shisha filtr
Filtr qog‘oz
Benzol
Etil spirti-retifikat
Petroley efiri (50 °C gacha)
Xloroform
Silikagel


Ishdan maksad: neft qoldiqlari guruhini aniqlash.
Ish bajarish tartibi: asfaltogen kislotalarni ajratish
Neft namunasi, masalan bitumdan 5 g tortib olinadi va 250 ml xajmdagi konussimon kolbaga solinadi, ustiga 25 ml benzol solib, eritiladi. So‘ngra 200 ml etil spirti bilan ishlov beriladi. Bunda asfaltogen kislotalar eritmada qoladi, qolgan komponentlar esa cho‘kmaga tushadi.
Tindirilgandan so‘ng spirt- benzolli eritma boshqa kolbaga quyiladi, chukma esa etil spirti bilan yuviladi. So‘ngra filtrlanadi va yuvilgan etil spirti eritmasi kolbagadagi spirt-benzolli eritmaga quyiladi. Hosil bo‘lgan eritmaga shuncha miqdorda distillangan suv solib suyultiriladi. Benzol yordamida ekstraksiyalanadi, shundan so‘ng bug‘latiladi va mineral kislota ta’sir etish bilan asfalten kislotalar ajratib olinadi.
Asfaltenlarni ajratish. Asfalten kislotalari ajratib olingandan so‘ng cho‘kmani 10 ml benzolda ortiladi va eritmaga 200 ml ( 50oC gacha qaynaydigan) petroley efiri quyiladi. Bunda asfaltenlar cho‘kmaga tushadi. Cho‘kma filtrlavadi va yana bir oz netroley efiri bilan yuviladi, ajratib kuritiladi va doimiy massaga qolganda tarozida tortiladi.
Neytral smola va moylarni ajratish. Asfaltenlar cho‘kmaga tushgan petroley efiri tarkibida neytral smolalar va moylar bo‘ladi.Ularni ajratib olish uchun eritmani xajmi 25 millilitr qolguncha bug‘latiladi, xona xaroratida sovutiladi va 25 g silikagel bilan ishlov beriladi. So‘ngra hosil bo‘lgan moddalar aralashmasini Sokslet apparatiga solinadi. Bunda Sokslet apparati ekstraktoriga filt qog‘oz joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
Aralashmani petroley efiri yordamida ekstraksiyalash usuli bilan moylar ajratiladi; smolalar adsorbent yuzasida qoldi. To‘liq ekstraktsiyalanishga erishilgandan so‘ng, ekstrakti Vyurs kolbasiga solinadi, suyuklik xaydaladi, cho‘kma esa toza, tortilgan tigelga solinadi va 05-1 saot 120°C da quritish shkafida kuritiladi. Shundan so‘ng tigeldagi modda sovutiladi, torozida tortiladi va hosil bo‘lgan moy miqdori aniqlanadi, keyin Sokslet apparatiga 100 ml xloroform quyiladi va adsorbent yuzasida qolgan smolani ekstraksiyalanadi. Ekstraktga yuqorida bajarilgan usul bilan ishlov beriladi va qoldiqni tortish orqali olingan neytral smolalar miqdori aniqlanadi.
Olingan natijalar asosida asfaltogen kislotalar, asfaltenlar, neytral smolalar va moylarning protsent miqdori xisoblanadi.
Nazorat savollari.
1. Neft tarkibidagi smola-asfaltenli moddalar.
2. Neftdagi smolalar.
3. Neftdagi asfaltenlar.
4. Neftdagi asfaltenlarni kimyoviy tuzilishi qanday usullar yordamida aniqlanadi?
Download 15.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling