1. To’garak xonalarini jihozlash Tayanch so’z va iboralar


Download 20.03 Kb.
bet3/3
Sana16.03.2023
Hajmi20.03 Kb.
#1272752
1   2   3
Bog'liq
To\'garak ishlari

Tayanch so’z va iboralar:xikmatli so’zlar,hikoyalar,
Darsdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish, avvalo, komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo‘nalishlarini topib joriy etishga bog‘liq.Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko‘rsatadi.Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o‘zaro hamkorlikning ta’sir doirasi orqali shaxsni kasbiy tarbiyalash va tarbiyaning birligini ta’minlagan holda, uni shaxs sifatida shakllanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muhitdan himoya qilish muhimdir.Kasbiy tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni ma’naviy axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy ma’naviy tarixiy an’analarga, urf- odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarii ishlab chiqib amalga joriy etishdir.Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda kasbiy tarbiyaning asosiy vazifasi shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir.Buning uchun:

  • yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishga ko‘maklashish, o‘z-o‘zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish;

  • o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, dunyoqarashini tobora o‘stirib, boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirish;

  • har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish, inson faoliyatining turli sohalarida joriy qilib ko‘rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoit hozirlash;

  • insonparvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish (bir-birini tushunadigan, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik), muomala odobi kabi kasbiy tarbiya vositalari (nohahlikka, yolg‘onchilikka, tuhmat, chaqimchilik) ga toqatsizlik;

  • vatanparvarlik, dunyoviy fikrlash, jamiyatimizda yashayotgan odamlar bilan o‘zaro munosabat muloqotni o‘rganish, o‘z xalqiga, davlatiga sodiqlik, uning himoyasi uchun hamisha shay bo‘lib turish, O‘zbekiston Reslublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga, Bayrog‘iga, Gerbiga, Madhiyasiga, Prezidentiga sadoqat ruhida tarbiyalash;

  • qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fukarolik va ijtimoiy mas’uliyat hislarini rivojlantirish, o‘zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi, insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish uchun fidoyilik, ekologik ta’lim-tarbiya;

  • turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondashish fazilatlarini shakllantirish;

  • sog‘lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila sohibi bo‘lish istagini shakllantirish;

  • yoshlarimizni erkin, mustahil fikrlashga o‘rgatish zarur.

Darsdan va maktabdan tashqari kasbiy tarbiyaviy ishlar o‘quvchilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarining o‘quv tarbiya jarayonini to‘ldiradi. U o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Darsdan tashqari ishlarning o‘ziga xosligi shundaki, to‘garak dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o‘smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.Hozirgi paytda axloqiy va ma’naviy jihatdan kasbiy-tarbiyaviy ishlarni o‘smirlar orasida kuchaytirish talab etiladi. Maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tarbiyachilari (o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, bolalar yetakchilari va boshqalar) jamoasi oldida doimo o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish asosida hayotga tayyorlashdek muhim vazifa turadi.O‘quvchilarda kasbiy tarbiyani shakllantirishda kitob va kitobxonlik muhim ahamiyat kasb etadi. Bilim manbai bo‘lgan kitobni sevish, uni o‘qish va ko‘z qorachig‘idek saqlay bilish lozim. O‘qish uchun uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bilish kerak. Bu ishda ustoz murabbiylar va kutubxona xodimlari yordam berishlari lozim.Kasbiy tarbiyani amalga oshirishda ta’lim muassasalarida umuminsoniy qadriyatlar doimo diqqat markazida bo‘lishi va uni amalga oshirish uchun shaxs erkinligi va oshkoralikni himoyalash har bir kishining asosiy vazifasidir. Kundalik tarbiyaviy ishlarni shunday tashkil etish zarurki, natijada o‘quvchilar Respublika mustaqilligi sharoitida uning muammolarini o‘zinikidek qabul qiladigan bo‘lsin. Ularning og‘irligini o‘z yelkasiga oladigan, mumkin qadar Vatanga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘aysin. Bugungi kunda olib borilayotgan, ko‘zda tutilgan barcha yangilanish jarayonlari, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy sohalardagi tub o‘zgarishlar hammaning fidokorona xizmati tufayligina yuzaga kelishini tushunsin.
Download 20.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling