1. To’garak xonalarini jihozlash Tayanch so’z va iboralar


Download 20.03 Kb.
bet1/3
Sana16.03.2023
Hajmi20.03 Kb.
#1272752
  1   2   3
Bog'liq
To\'garak ishlari


1.To’garak xonalarini jihozlash
Tayanch so’z va iboralar:asbob uskunalar,kerakli jihozlar.

Mehnat o‘qituvchisi o‘quv yilining boshida ota-onalar bilan suhbat o‘tkazib har bir bolaning qoldirib ketadigan mehnat papkasi bo‘lishi kerak ekanligi aytadi va ota-onasidan ta’minlashini so‘raydi.


Mehnat darslarida sanitariya gigiyena talablariga va texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilish kerak.
Xonaning kattaligi partaning mosligi, qulayligi Davlat Ta’lim Standartiga ega bo‘lishi kerak.
Xonada qo‘l yuviladigan va sochiqlari bo‘lishi kerak.
Xonaning qishda issiqligi va yozda salqinligini pechka va ventelyator orqali ta’minlash kerak.
Ish joylarini ta’minlash uchun o‘qituvchi har bir bolaga uqtirish kerak.
Mehnat papkasi, ish qurollari partaning tepa burchagida bo‘lishi kerak.
Ish qurollari, ularni ishlatish. Ish qurollari ishlatilishi bo‘-yicha ikki guruhga bo‘linishi mumkin: a) rangli qog‘ozlar bo‘yicha ishlash; b) tikuv ishlari bo‘yicha ishlash.
O‘qituvchilarda, darsda rangli qog‘oz, yelim, qaychi va hokazolar bo‘lishi kerak.Ish xonasi va shu ish xonasidagi qo‘l mehnati darslari to‘g‘ri tashkil etilsa, o‘quvchilarda mehnatga ongli munosabat muntazam rivojlanadi va ishlab chiqarish, texnik madaniyat shakllanadi. Ish xonasi shunday tashkil etilishi kerakki, u o‘quvchilarni quyidagilar bilan tanishtirsin: 1) ishlov berila-digan materiallardan: qog‘oz, kardon, gazlama, tola, sim, yog‘och, ayrim qurilish materiallari (qum, joy, sement) kabilar texnologiyasi bilan tanishtirish. 2) Yuqoridagi mate-riallar faqat qo‘l mehnati bilan bajariladigan moslama emas, balki mexanizatsiyalashtirilgan moslamalar bilan tanishtirish. 3) Materiallarga ishlov berishning asosiy metodlari: mexanik, kimyoviy, energetik kabilar bilan tanishtirish. 4) Sanoat va ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlari bilan tanishtirish.Ish xonasida bolalarni ishga yo‘llash, intizomlilikni rivoj-lantirish. Bulardan tashqari konstruktorlikni, kashfiyotchilikni rivojlantirish va ishni rejalashtirish, kontrol qilish va hisobga olishni odatlantirish. Ish xonasidagi barcha mashg‘ulotlar, o‘quv organlari uzviy aloqada bo‘lishlari lozim. Asboblar bolalarning yosh xususiyatlariga va sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi kerak.O‘quvchilar papkalarining qo‘llanishi 1—4-sinf o‘quv-chilarida qo‘l mehnatini to‘g‘ri tashkil etish va ularni mun-tazam o‘tkazish imkonini beradi. Bunday papkalarning qulay-ligi shundaki, bunda har bir o‘quvchi dars vaqtida kerakli narsalarga ega bo‘ladilar. Papka o‘quvchilarda o‘z ish joylarini va mehnat jarayonini uyushtirish, ko‘nikma va malakalari shakl-lanishiga yordam beradi.
Ish xonasida bo‘lishi kerak bo‘lgan asbob-uskunalar ro‘yxati: 1) yog‘och bilan ishlash uchun: arra, bolg‘a, tesha, atvyorka, 2) qog‘oz va karton bilan ishlash uchun: qaychi, qalam,63 chizg‘ich, yelim, bigiz solingan g‘ilof, rangli qog‘oz. 3) Turli materiallar bilan ishlash: pichoq, sim, loy. Texnik tayyor-garlikka ega bo‘lish qo‘yilgan mehnat vazifalarini bajarishda, asboblaridan turi va ratsionalroq foydalanishda yordam beradi. Shuningdek, bu tayyorgarlik kerakli ishlar chiqarish operatsi-yalarini qanday va qaysi izchilikda amalga oshirish, qanday asboblarni qo‘llash va uning sabablarini anglashga ko‘mak-lashadi.
2.Maktabdan tashqari muassasalar faoliyatida o’qituvchilarni texnik to’garaklari bilan tanishtirish

Download 20.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling