1. tokarlik dastgohini tuzilishi konstruktiv elementlari asosiy va yordamchi qismlari


Download 2.85 Mb.
bet10/20
Sana16.11.2023
Hajmi2.85 Mb.
#1778171
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
2-Kurs TTP Hemis uchun 2023

oson ishlanuvchan jezlar, bronza, aluminiyning deformatsiya-lanuvchi qotishmalari, yumshoq cho'yanlar);

  • o'rta darajada kesib ishlanuvchan (uglerodli va past legirlangan konstruksion po'latlar, siluminlar, o'rtacha qattiqliqdagi cho'yanlar);

  • o'rtadan pastroq darajada kesib ishlanuvchan (yuqori legir­langan martensit, martensit-ferrit, austenit-martensit sinfiga oid bo'lgan po'latlar, qattiq cho'yanlar);

  • qiyin ishlanuvchan (austenit sinfiga oid yuqori legirlangan kon­struksion poiatlar, issiqbardosh va kislotabardosh maxsus nikelfer-ritli va nikelli qotishmalar, qiyin eruvchan qotishmalar).

    Mexanik xossalarni ifodalovchi ko'rsatkichlar, xususan, qattiqlik va mustahkamlik chegarasining ortishi bilan metallning kesuvchi as-bobga ko'rsatadigan qarshiligi ham o'sadi. Shu sababdan bu ko'rsatkichlar kesish rejimini ifodalovchi parametrlar hisoblanadi.
    Poiatdan tayyorlangan prokat mahsulotlari bilan birga yuborila-digan sertifikatlarda metallning qattiqligi HB va cho'zilishdagi mutahkamlik chegarasi ko'rsatiladi. Har xil markali po'latlar uchun munosabat o'rinli bo'lib, undagi proporsionallik koeffitsiyenti k quyidagilarga teng: uglerodli konstruksion po'latlar uchun &=0,27; kam legirlangan konstruksion po'iatlar uchun &=0,31; yu-qori legirlangan konstruksion po'latlar uchun &=0,41.
    10.ASOSIY METAL KESUVCHI STANOKLAR VA ULARNING ISHLATILISHI


    Metall kesuvchi stanoklarning mashinasozlikda tutgan o'rni
    Metall kesuvchi stanoklar deb metall va boshqa kostruksion materiallardan tayyorlanganzagotovkalardan metall kesuvchi asboblar yordamida qirindi olib kesib ishlash natijasida detal (mahsulot)larga aylantirish uchun mo'ljallangan mashinalarga aytiladi.Hozirgi zamon metall kesuvchi stanoklari juda murakkab texnologik jarayonlami bajara oladigan turli va keng tarqalgan mashinalardir. Yuqon sifatli va aniq detallarni ishlabchiqarishtexnologiyasidagi katta yutu qlarning mavjudligi, kam chiqindili yoki chiqindisiz texnologiyanini qoilanishiga qaramay kesib ishlash va unga mos ravishda metall kesuvchistanoklarningmashinasozlikdagi ahamiyati pasaymayapti. Zamonaviy stanoklarda soatlar va priborlarning eng kichik elementlari-dan tortib, turbina, teploxod, prokat stanlari va boshqalarnini, o'lchamlari bir necha metrlarga yetadigan detallariga ishlov beriladi. Shu tufayli stanoklarning gabaritlari ham har xildir. Ularning tarki biga juda ko'p mexanizmlar kirib, ular turli harakatlarni amalga oshirish va ish siklini boshqarish maqsadida mexanik, elektrik va gidravlik usullardan foydalaniladi.Stanoksozlik miqdor va sifat jihatidan to'xtovsiz rivojlanib bormoqda. Stanoklarning aniqligi, quvvati, ish unumdorligi, ishonch-liligi va uzoq muddat ishlay olish ko'rsatkichlari yaxshilanib bormoqda.Ularning ekspluatatsionxarakteristikalari zamontalablariga moslashmoqda, texnologik imkoniyatlari kengaymoqda, kompanovka va s ha k lla r i mukammallashmoqda.Stanoksozlikning taraqqiyoti barcha sohalarini ish unumdorligi yuqori va eng sifatli stanoklar biIan qurollantirib turish imkoniyatini yaratadi.

    Download 2.85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling