1. tokarlik dastgohini tuzilishi konstruktiv elementlari asosiy va yordamchi qismlari


Download 2.85 Mb.
bet5/20
Sana16.11.2023
Hajmi2.85 Mb.
#1778171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2-Kurs TTP Hemis uchun 2023

Yo’nish. Bu protsess tokarlik stanoklarida keskich bilan bajariladi
( -rasm, a). Yo’nish protsessida zagotovka aylanma xarakatga, keskich esa buylama yoki kundalang yunalishda ilgarilanma xarakatga keltiriladi. Bunda zagotovqaning xarakati tez sodir bo’ladi va bosh xarakat deb ataladi, keskichning xarakati esa sekinrok bo’ladi va surish xarakati deyiladi. Bosh xarakat kesish xarakati deb, bosh xarakat tezligi esa kesish tezligi deb ataladi.
Randalash. Randalash protsessi kundalang randalash va buylama-randalash stanoklarida keskichlar bilan amalga oshiriladi. Randalash keskichlari, odatda, egik bo’ladi. Kundalang randalash stanoklarida asosiy xarakatni keskich, surish xarakatini esa zagotovka bajaradibuylama-randalash stanoklarida zagotovka asosiy xarakat kilsa, keskich surish xarakatini bajaradi
O’yish. Bu protsess uyish stanoklarida maxsus keskichlar bi­lan bajariladi. Bunda uyish keskichiga asosiy (ilgarilama-kaytar) xarakat, zagotovkaga esa surish xarakati beriladi,

5.METALLARNI PARCHINLASH TEXNOLOGIYASI

Ikki yoki undan ortiq detallarni parchin mixlar bilan biriktirish parchinlash deb ataladi. Parchinlash qo‘yidagi jarayonlardan iborat:


-parchinlab biriktiriladigan detallarni teshish yoki parmalash;
-teshiklardan parchin mix kallagiga moslab pax hosil qilish;
-yashirin kallaklar uchun zenkovkalash usuli bilan konus sirt yasash;
-teshikka parchin mixlarni qo‘yish;
-parchin mixning biriktirilgan detaldan chikib turgan uchini pachoklab unga shakl berish. Parchinlash ikki usulda-qizdirish va sovuq usulda bajarilishi mumkin. Chilangarlik ishlarida parchinlashning faqat sovuq usulidan foydalaniladi, qizdirish usuli maxsus sexlarda qo‘llaniladi. Parchin mix kallakli metall chiviq bo‘lib, uning yarim yumaloq baland kallakli (chiviq diametri 1-36 mm. gacha, uzunligi 2-180 mm. gacha), yarim yumaloq past kallakli (0,4-80 mm. gacha), yassi kallakli (0,2-36 mm, uzun­ligi 4-180 mm), yashirin kal­lakli (0,1-36 mm, uzunligi 2-180 mm), yarim yashirin kallakli (0,2-36 mm, uzunligi 3-210 mm) turlari bor.
Parchin mixlar po‘lat (St2, StZ), mis (MZ, MT), jez (L63), alyumin qotishmalaridan (AM 5P, D18, AD1), zanglamaydigan (X18N9T) yoki legirlangan (09G2) po‘latdan yasaladi. Detallarning parchin mixlar bilan birikkan joyi parchinlash choki deb ataladi. Parchin mixli birikmaning turi va qo‘llanilishiga ko‘ra, ular uchta - pishiq, zich va pishiq-zich xillarga bo‘linadi. Pishiq choklarni mustahkam birikmalarda qo‘llaniladi. Mustahkamlikka erishish uchun buyumning bir necha joyidan qatorlab par­chinlash kerak. Bu usul balka, kolonna, ko‘prik va boshqa metall konstruksiyalarni parchinlashda qo‘llaniladi. Zich choklar germetik konstruksiyalarda sovuq holda parchinlash usulida bajariladi. Konstruksiyada germetiklikni ta’minlash uchun turli-tuman qistirma materiallaridan (olif yoki surik shimdirilgan karton, gazlama) foydalaniladi.
Pishiq choklar yetarli darajada germetik bo‘ladi, suv, gaz va boshqa suyukliklarni o‘tkazmaydi. Bug‘ krzonlari, yuqori bosimli rezervuarlar pishiq zich choklarga ega. Bunday choklar maxsus parchinlash mashinalari yordamida qizdirish usuli bilan bajariladi.Qo‘l bilan parchinlashda kvadrat muxrli bolg‘a, tutib turgich, tortqi, siqqich, chekanlar ishlatiladi. Tutib turgich parchinlashda tayanch vazifasini bajaradi. Uning shakl va o‘lchamlari parchinlanadigan detallarning shakli, parchin mixning diametri hamda parchinlash usuliga qarab tanlanadi. Og‘irligi bolg‘acha og‘irligidan 3-5 marta ortiq bo‘lishi kerak.
Siqqich mixlarning uchlarida qalpoq shaklini hosil qilish uchun ishlatiladi. Uning bir uchi parchin mix qalpog‘i shaklidagi chuqurchaga ega.
Tortqi bir uchi teshik sumba shaklidagi chiviqdir. U parchinla­nadigan listlarni tortishga xizmat qiladi. Chekan ishchi sirti yassi bo‘lgan chilangarlik bolg‘asidir, u parchin chokning germetikligini ta’minlaydi.
Parchinlash turlari va usullari qo‘l bilan parchinlashning ikki turi bor: bir tomonlama va ikki tomonlama. Agar parchinlanadigan detalning orqa tomonida erkin harakat qilish imkoni bo‘lsa ikki tomonlama, aksincha bo‘lsa, bir tomonlama parchinlanadi. Shunga ko‘ra, parchinlashning ochiq, tug‘ri, berk va teskari usullari bor.
Kavsharlash-kavshar deb ataladigan oraliq metall yoki qotishma yordamida detal elementlarini ajralmas birikma xosil qilib biriktirish operatsiyasi. Slesarlik ishlarida yumshoq va qattiq kavsharlar ishlatiladi. Suyuqlanish temperaturasi 145° S gacha bo‘lgan, juda oson suyuklanadigan kavsharlar va suyuqlanish temperaturasi 450° S dan oshmaydigan, oson suyuqlanadigan kavsharlar yumshoq kavsharlarga kiradi.
Oddiy bo‘lib, ular uchun oddiy qizdirish manbalari kifoya. Bunday kavsharlash usuli sanoat va turmushda baklar, rezervuarlar, idishlarda germetik birikmalar hosil qilish, elektr hamda radio simlarni puxta ulash uchun keng qo‘llaniladi. qattiq yoki o‘rtacha suyuqlanuvchan kavsharlarning suyuqlanish temperaturasi 450-1100° S. Ular mustahkam (50 kg/mm2 gacha) chok hosil qiladi. Bunday chok yuqori temperaturalarga ham chidaydi. Detallarning kavsharlab biriktirilgan joyi kavsharchok deb ataladi. Kavshar choklarning standartlashtirilgan xillari 136-rasmda ko‘rsatilgan. Detalni moysizlantirish uchun u benzinga, ishqorli issiq (70-80° temperaturali) eritmalarga yoki boshqa erituvchilarga botiriladi, keyin issiq va sovuq suvda yuviladi. Kavsharlanadigan sirt qanchalik yaxshi tayyorlansa, kavshar chok shunchalik sifatli chiqadi.
Biriktiriladigan elementlarni bir-biriga moslashda kavshar uchun bir oz zazor qoldiriladi. Zazor o‘lchami kavshar va kavsharlanadigan materialning xiliga bog‘liq bo‘lib, 0,02-0,5 mm ni tashkil etadi. Qiziganda sirtni oksidlanishdan saqlash va suyuq kavshar bilan qo‘llanilishini yaxshilash uchun chokka flyus qoplanadi.
So‘ngra kavshar va biriktiriladigan metallar kavshar suyuqlanguncha qizdiriladi. qizdirish uchun koviya va mikrokoviyalar, kavsharlash lampalaridan foydalaniladi.
Rux-qo‘rg‘oshinli kavsharlar (POS) zng ko‘p tarqalgan. Ular surmasiz, kamsurmali (0,2-0,5% surmali) va surmali (6 %gacha surmali) xillarga bo‘linadi. Surmasiz kavsharlarning POS90, POS61, POS40, POS10, POS61M, POSK50 -18 markalari bor. Markalaridagi xarflar: POS- rux-qo‘rg‘oshinli kavsharni, M-misni, K-kaliyni; sonlar: birinchi son ruxning protsentlardagi miqdorini, keyingi sonlar mis va kaliyning protsentlardagi miqdorini bildiradi.





Download 2.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling