1. tokarlik dastgohini tuzilishi konstruktiv elementlari asosiy va yordamchi qismlari


Download 2.85 Mb.
bet1/20
Sana16.11.2023
Hajmi2.85 Mb.
#1778171
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2-Kurs TTP Hemis uchun 2023



1. TOKARLIK DASTGOHINI TUZILISHI KONSTRUKTIV ELEMENTLARI ASOSIY VA YORDAMCHI QISMLARI

Detal va zagotovkalar konturining elementlari.Detallar konturi. RDB stanoklarda ishlov beriladigan detallar yuzalari aylanish o‘qiga perpendikulyar tekisliklar, o‘qdosh silindrlar, konuslar, sferalar, torlar va ixtiyoriy yasovchiga ega aylanish yuzalariga hamda rezba hosil qiluvchi vintsimon yuzalarga bo‘linadi. Bu yuzalarning yasovchilari to‘g‘ri chiziq, aylana va nuqtalar ketma-ketligi bilan berilgan chiziqlardan iborat bo‘ladi. Texnologik nuqtai nazardan bu geometrik elementlar va ularga mos keladigan yuzalarni asosiy va qo‘shimchalarga bo‘lish qabul qilingan.Detal konturining asosiy elementlariga plandagi bosh burchagi φ= 950 va yordamchi burchagi φ1= 300 bo‘lgan konturli ishlov berishga mo‘ljallangan keskichlar bilan ishlov berish mumkin bo‘lgan hosil qiluvchi yuzalar kiradi. Bunday keskichlar tashqi va yon yuzalar uchun o‘tish, ichki yuzalar uchun teshik yo‘nish keskichlariga kiradi. Ko‘rsatilgan keskichlar bilan shakl yasash mumkin bo‘lmagan yuzalarni hosil qiluvchi elementlar qo‘shimcha elementlarga kiradi.


1–rasm. Detal konturini tashkil etuvchi yuzalar: 1–6 – asosiy yuzalar (1 –yon; 2 – radiusli yon; 3 – tashqi silindrik;4 – konus; 5 – konussimon faska; 6 – silindrik teshik), 7–13 – qo‘shimcha yuzalar (7 – rezba orti ariqchasi; 8 – rezbali yuza; 9 – tashqi trapetsiyasimon ariqcha;10 – burchak ariqcha; 11 – ichki to‘g‘ri burchakli ariqcha; 12 –yon yuzdagi ariqcha; 13 – tarnov).
Kichik va o‘rtacha seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida, o‘rtacha o‘lchamdagi RDB tokarlik stanoklarda ishlov beriladigan detallar uchun zagotovka sifatida qirqilgan prokat foydalaniladi. Zagotovka diametri 50 mm va undan ortiq bo‘lganda har bir detal uchun donali zagotovkalar qo‘llaniladi. Maksimal diametri 50 mm dan kichik detallar uchun bir nechta detallarga bitta zagotovka foydalanishi mumkin. Markazlarda ishlov beriladigan detallar uchun zagotovkalar ikki tomondan markazlangan bo‘lishi va yonlardan bir tomoni qirqilagan bo‘lishi kerak. Uzunlik bo‘yicha ruxsat etilgan chetga chiqish 0,6 mm dan oshmasligi kerak [9]. Zagotovka sifatida pokovkalar foydalanilganda mahkamlash uchun mo‘ljallangan yuzalar oldindan yo‘nilgan bo‘lishi kerak. Agar termoishlov talab qilinsa, termoishlov zagotovkaga RDB stanokda ishlov berishdan oldin amalga oshirilishi kerak. Zagotovka konturi ko‘pchilik hollarda to‘g‘ri burchakdan iborat bo‘ladi. Quyma yoki shtampovka foydalanilganda zagotovka konturi shakldor bo‘lib, detal konturiga o‘xshab to‘g‘ri chiziq kesmalari va aylana yoylaridan iborat bo‘lishi mumkin.
Tokarlik ishlov berish uchun asboblarni tanlash.Asboblar nomenklaturasi.

RDB stanoklarda qo‘llanadigan asboblarni ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga o‘z o‘qi atrofida aylanadigan asboblar kiradi. Ular uchun umumiy bo‘lgan holat shundan iboratki, ularning qirqish tezligi stanok bosh yuritmasining aylanish chastotasi va asbob diametri bilan aniqlanadi. Bu guruhga teshiklarga ishlov berish uchun sterjensimon asboblar (parmalar, zenkerlar, razvyortkalar, metchiklar va h.k) frezalar kiradi. Ikkinchi guruhga tashqi va ichki aylanma yuzalarni yo‘nish hamda yon yuzalarni qirqish uchun keskichlar kiradi. Surish yo‘nalishiga qarab o‘tish keskichlari ishlov berish sxemalarini amalga oshirishda foydalaniladigan o‘ng va chap turlarga bo‘linadi. Tashqi silindrik, konussimon va yon yuzalarga ishlov berish uchun ko‘pchilik hollarda uch xil turdagi o‘tish keskichlaridan foydalaniladi. Plandagi bosh burchagi φ= 950 va yordamchi burchagi φ1= 50 bo‘lgan xomaki, plandagi bosh burchagi φ= 950 va φ1= 50 toza va burchaklari φ= 950 va φ1= 50 kombinatsiyalangan qirqib quyish keskichlari (3.5 rasm).


2-rasm. RDB tokarlik stanoklar uchun ishchi zonasi yo‘nalishi ko‘rsatilgan qirqish asboblari nomenklaturasi: 1 – spiral va markazlovchi parma; 2 – chap o‘tish keskichi; 3 – o‘ng o‘tish (qirqib kirish) keskichi; 4 – chap o‘tish (qirqib kirish) keskichi; 5 – chap va o‘ng konturli keskichi; 6 – o‘tish teshik yo‘nish keskichi; 7 – konturli teshik yo‘nish keskichi; burchak ariqchalari uchun keskich; 9 - qirqib kirish keskichi; 10 – yon ariqchalarni kesish uchun keskich; 11 – rezba keskich; 12 - qirqib tushirish keskichi; 13 – burchak ariqchalarni kesish uchun keskich; 14 – teshik yo‘nib qirqib kirish keskichi; 15 – rezbali teshik yo‘nish keskichi.
Zenkerlarni odatda RDB tokarlik stanoklarda foydalaniladigan asboblar nomenklaturasiga kiritishmaydi. Chunki bunday stanoklarda teshiklarga ishlov berishni teshik yo‘nish keskichlari bilan bajarish yuqori mahsuldorlikni ta’minlaydi va ishlov berilgan yuzalar ham sifatliroq bo‘ladi. Razvyortkalar bo‘yicha ham xuddi shunday. RDB tokarlik stanoklar teshik yo‘nish keskichlari yordamida aniqligi va yuzasining sifati bo‘yicha razvertkalashda olish mumkin bo‘lgan teshiklardan past bo‘lmagan teshiklar olish imkoniyatini beradi.



Download 2.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling