1. Tolali optik aloqa tizimlarida axborot xavfsizligini ta'minlash asoslari Xavfsizlik tizimining tuzilishiga talablar
Ruxsat etilmagan ta'sirlarning turlari
Download 31.98 Kb.
|
optik aloqa tizimlari 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tolali optik liniyaviy traktlarning xavfsizligini taminlash uslublari
Ruxsat etilmagan ta'sirlarning turlari Jinoyatchining barcha ruxsat etilmagan ta'sirlarini oltita soxa bilan ifodalash mumkin bo'lib, ularning xar birini quydagi maqsadlar farq qiladi: a) trafik taxlili; b) yashirincha eshitib turish; c) axborotni atayin tutib turish; d) xizmat ko'rsatishdan voz kechish; e) QoS xizmat ko'rsatish sifati tavsiflarining o'zgarishi; f) Spufing, ya'in jinoyatchining axborotning boshqa shaxs nomidan tarmoqqa uzatish. Shunday qilib, TOAL da sirqish kanallari shakllanishning asosiy fizik prinsplarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1. To'liq ichki qaytishning buzilishi. 2. Asosiy axborot oqimi va kambinatsion chastotalarning to'lqin uzunliklarida sochilgan nurlanishni qayd etish. 3. O'tuvchi nurlanishni qayd etishning parametrik uslublari.
Tolali optik liniyaviy traktlarning xavfsizligini ta'minlash uslublari TOAL bo'yicha uzatilayotgan axborotning maxfiyligi REK dan chiziqli traktni ximoyalanishning maxsus uslublarini va vositalarini qo'llash natijasida ta'minlanishi mumkin. Himoyalangan TOAL ning qo'llanilishi asosiy afzalliklariga quyidagilar kiradi: a) uzatilayotgan raqamli signallarning tuzilishiga bog'liq emaslik; b) raqamli signallarni uzatish tezligiga bog'liq emaslik; c) qiymati nisbatan arzon; d) maxalliy, abonent yoki mintaqaviy aloqa tarmoqlarida qo'llanishning universalligi. Ishlarnig birinchi guruhi optik kabellar (OK)ga, muftalarga va ОТr ga REK dan himoyalashning konstruksion, mexanik va elektrik vositalarini ishlab chiqish bilan bog'liq. Bu guruhni himoya qilishning vositalari turlaridan biri shunday tuzilganki, u kabelni mexanik ajratishni qiyinlashtiradi va ОТr ga kirishga qarshilik ko'rsatadi. Xatolar koeffisientini tahlil qilish bo'yicha tashxislash tizimi bo'lgan TOAL O'tgan signalni taxlil qilish bilan XDQT ning asosiy kamchiligi paydo bo'lgan nobirjinslilikning koordinatasi to'g'risidagi axborotning mavjud emasligi hisoblanadi, bu hol TOAL nig ishlash rejimlaridagi o'zgarishlarni yanada nozikroq tahlil qlishga imkon bermaydi(ARO qayd etish tizimining yolg'on ishlashlarini olib tashlash uchun). Qaytgan signalni taxlil qilish bilan XDQT (reflektometrik XDQT) TOAL ning ishonchliligini eng ko'p darajada oshirishga imkon beradi. TOAL holatini tashxislashning reflektometrik tizimli TOAL lar Qaytgan signalni tahlil qilish bilan XDQT ning impulьsli reflektometriya uslubi asosidagi asosiy kamchiliklari quyidagilar hisoblanadi: A) TOAL uzunligi bo'yicha ajratish yuqori bo'lganda reflektometrlarning dinamik diapazoni ancha pasayadi va TOAL ning nazorat qilinadigan qismi kamayadi; V) kuchli zondlovchi impulslar axborotni uzatish vaqtida TOAL nazoratini o'tkazishni qiyinlashtiradi; S) kuchli zondlovchi impulslarning manbalari TOAL ni uzoq uzluksiz nazorat qilish uchun etarli bo'lmagan resursga ega; D) zondlovchi optik nurlanishning maxsus manbalari, reflektometrlarning qabul qiluvchi bloki keng polosali va tez ishlaydigan apparaturasi XDQT ni ancha qimmatlashtiradi. Uzatilayotgan signallarning kodli shovqinlani ishga asoslangan uslublari qiziqish uyg'otadi. Bu uslubni amalga oshirishga muvofiq maxsus tanlangan xatolarni ko'paytiruvchi kodlar qo'llaniladi. Optik tolaga axborotni olish qurilmasini ulash bilan vujudga kelgan optik quvvatning xatto biroz pasaytirishida ham TOAL ning chiqishidagi raqamli signalda xatolar koeffisienti keskin o'zgaradi, buni TOAL ni nazorat qilish vositalari bilan qayd etish ancha oson. Qabul qiluvchi uchda signalni ajratish uchun ikkita optik tolaga ulangan o'xshash OLZ dan foydalanish mumkin. Bunda TOAL ning chiqishida axborot kilish signaliga mos keluvchi NRZ turidagi koddagi signalni olamiz. Fan va texnikaning rivojlanishi bilan kriptografik fan yutuqlarini kvant mexanikasi va kvant statistikasi bilan birlashtirish imkoniyati paydo bo'ldi. Bu erda diskret matematikaning (kriptografiyasi) va fizik jarayonlarning diskret (kvant) mexanikasi bilan tabiiy aloqasi vujudga kelishi mumkin. Download 31.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling