1. To’liq qo’shuvchi mantiqiy element(summator)lar va ularning asosiy turlari


Download 39.12 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2024
Hajmi39.12 Kb.
#1819470
  1   2
Bog'liq
3-Лаборатория- 1 (2)


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

"Kompyuter injiniring" fakulteti


"Kompyuter tizimlari" kafedrasi
"Raqamli qurilmalarni loyihalash” fanidan



Mavzu: Kombinatsion jamlovchi qurilmani loyihalashtirish va ish


tartibini o’rganish

Bajardi: KI21-03-guruh talabasi


Yunusov. Z
Qabul qildi: Norqulov A.S


SAMARQAND – 2023
3-laboratoriya
Mavzu: Kombinatsion jamlovchi qurilmani loyihalashtirish va ish

tartibini o’rganish


Ishdan maqsad: To’liq va yarim qo’shuvchi (jamlovchi) mantiqiy elementlarni tashkil etilishi va ularning ishlash prinsipini o‘rganish.
Nazariy qism:

1.To’liq qo’shuvchi mantiqiy element(summator)lar va ularning asosiy turlari


Ikki son xonalarini jamlash amalini bajaruvchi EHM uzeli to’liq qo’shuvchi mantiqiy element(summator) deb ataladi.
To’liq qo’shuvchi mantiqiy element(summator)larni quyidagi belgilari bo’yicha klassifikatsiyalash mumkin:

  1. Bir xonali sonlarni jamlash usuli bo’yicha kombinatsion va to’plovchi To’liq qo’shuvchi mantiqiy element(summator)lar.

  2. Bir xonali sonlarni jamlash sxemasidagi kirish yo’llari soni bo’yicha: ikki kirish yo’lli bir xonali (yarim to’liq qo’shuvchi mantiqiy element(summator)lar) va uch kirish yo’lli bir xonali to’liq qo’shuvchi mantiqiy element(summator)lar.

  3. Ko’p xonali sonlarni jamlash usuli bo’yicha: ketma-ket va parallel to’liq qo’shuvchi mantiqiy element(summator)lar.

  4. Sanoq sistemasining asosi va qabul qilingan kodlash usuli bo’yicha: ikkilik, uchlik, o’nlik va ikkilik-o’nlik to’liq qo’shuvchi mantiqiy element(summator)lar. 5) Ko’chirish zanjirini tashkil qilish usuli bo’yicha: ketma-ket, boshdan-oyoq, bir vaqtda, guruhli, shartli ko’chirishli va ko’chirish qiymati signalini xotirada saqlovchi to’liq qo’shuvchi mantiqiy element(summator)lar.

Biz yuqorida sanab o’tgan to’liq qo’shuvchi mantiqiy element
(summator)larning har biri o’zining yutuq va kamchiliklariga ega.
To’liq qo’shuvchi mantiqiy element(summator)larni to’la tahlil etish uchun ularning har birini alohida ko’rib chiqamiz. Bugungi mashg’ulotda biz ko’p xonali sonlarni jamlash usuli bo’yicha qo’llaniladigan ketma-ket va parallel to’liq qo’shuvchi mantiqiy element(summator)larning ishlash prinsiplari hamda ularning sxemalari bilan tanishib chiqamiz.
Umuman olganda, har qanday to’liq qo’shuvchi mantiqiy element(summator)ning ishlash prinsipini tushunish uchun pozitsion sanoq sistemalarda qo’shish amalini bajarish qonuniyatlari bilan tanishib chiqish maqsadga muvoffiqdir.
Ketma-ket ikkilik kodlarni qayta ishlash uchun mo’ljallangan ketma-ket to’liq qo’shuvchi mantiqiy element(summator)ning ishlash prinsipini ko’rib chiqamiz.
Ketma-ket to’liq qo’shuvchi mantiqiy element(summator)lar ikkita ikkilik kodni xonama-xona qo’yish uchun xizmat qiladi. SHuning uchun ular bir xonali (razryadli) to’liq qo’shuvchi mantiqiy element(summator)lar deyiladi. Bir razryadli ketma-ket to’liq qo’shuvchi mantiqiy element(summator)ning o’tish jadvalini tuzamiz:

Kirish

Chiqish

Qo’shiluvchilar

Oldingi kichik razryaddan perenos Pi-1

Yig’indi

Keyingi katta razryadga pernos Pi+1

X1

X2

X3

S

Pi+1

0

0

0

0

0

0

0

1

1

0

0

1

0

1

0

0

1

1

0

1

1

0

0

1

0

1

0

1

0

1

1

1

0

0

1

1

1

1

1

1

Jadvaldagi Si va Pi+1 ifodalar uchun DNF quyidagicha ifodalanadi:
Si =X1X2X3VX1X2X3VX1X2X3VX1X2X3
Pi+1= X1X2X3VX1X2X3VX1X2X3VX1X2X3
Bu kanonik formalar bo’yicha ketma-ket to’liq qo’shuvchi mantiqiy element(summator)ning sxemasini «VA» hamda «YOKI» mantiqiy elementlaridan foydalanib ko’rish mumkin

Download 39.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling