1. Toʻlov aylanmasi va uning tarkibi. Tarmoqlarmi kreditlashning xususiyatlari
Tarmoqlarni kreditlashning xususiyatlari
Download 17.92 Kb.
|
Норқўзиев Мирзоҳид
2. Tarmoqlarni kreditlashning xususiyatlari
Qonunlar asosida qabul qilingan qonun osti hujjatlari davlat boshqaruvi organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan me’yoriy hujjati bo‘lib, bank faoliyatiga oid muayyan tartib–qoidalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Tijorat banklarining kredit operatsiyalari bo‘yicha foizlarni belgilashning ikkilamchi huquqiy manbai bu qonun osti chiqarilgan hujjatlardir. Markaziy bank o‘zining vakolatlaridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha sub’ektlar ijro etishi majburiy bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni chiqarish huquqiga ega. Markaziy bank tijorat banklarining kredit operatsiyalari bo‘yicha qonunchilik doirasida me’yoriy hujjatlarni qabul qiladi. Kreditlash bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlarda, imtiyozli foiz stavkalari va ularni qo‘llash borasidagi tartiblar ham o‘z aksini topgan. Imtiyozli foizlarni o‘rnatishning birlamchi qonuniy asosi «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunining 28-moddasi hisoblanadi. Unda tijorat banklarining davlat dasturlarini kreditlash uchun Markaziy bank, byudjet, byudjetdan tashqari fondlar kredit liniyalari va boshqa manbalardan beriladigan kreditlari bo‘yicha foizlarni o‘rnatishida yuqori chegarasini Markaziy bank belgilashi qayd etilgan. Bunda tijorat banklari orqali berilayotgan markazlashtirilgan resurslar uchun to‘lov va eng asosiysi tijorat banklarining kreditlash amaliyoti bilan bog‘liq xarajatlarning qoplanishi e’tiborga olinadi. Tijorat banklari tomonidan berilgan imtiyozli kreditlar banklarga minimal daromad olishini ta’minlashi lozim. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish va kreditlash maxsus yo‘nalish asosida tashkil qilingan. Ularni tashkil qilish «Qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla etishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risida»gi 1675-sonli nizomga muvofiq belgilanadi. Nizomga asosan tijorat banklari qishloq xo‘jaligi korxonalarini imtiyozli foizlar asosida kreditlashni tashkil qiladi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini imtiyozli shartlar asosida kreditlash bilan ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish va ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi korxonalariga beriladigan kredit foiz stavkasi yillik 3 foizni tashkil etib, shundan tijorat bankining marjasi 2 foizni tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligi korxonasi berilgan kredit sug‘urtalanadigan holatda 0,75 foizi «O‘zagrosug‘urta» ga o‘tkazib, bankning foiz marjasi 1,25 foizni tashkil qiladi. Bu esa ba’zi hollarda tijorat banklarining kreditlash amaliyoti bilan bog‘liq xarajatlarini bank ixtiyorida qoladigan marja hisobiga qoplamaslik hollariga olib keladi. SHunday ekan, bunday kreditlash amaliyoti tijorat banklarining kreditlash faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada kredit portfeli sifatini pasaytirib, bankda muammoli kreditlarning ko‘payishiga olib keladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga va aholiga kreditlar berish tarixan tijorat banklari faoliyatining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Tijorat banklarining paydo bo‘lish tarixiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarga nazar tashlasak, banklar avvalo birinchi novbatda kredit operatsiyalarini bajarish zaruriyati tufayli yuzaga kelganligini guvohi bo‘lamiz. Aksariyat mualliflarning qarashlariga ko‘ra, banklar tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda emas, balki keng ko‘lamdagi kredit operatsiyalarini amalga oshirish zaruriyati tufayli paydo bo‘lgan. “Kredit” tushunchasi to‘g‘risida yana to‘xtaladigan bo‘lsak, kreditning ssuda kapitali harakatining shakli ekanligini ko‘rish mumkin. Ayrim hollarda kredit tushunchasiga “qarzga berilayotgan ssuda (tovar, pul ko‘rinishida) tijorat ishonchi” deya ta’rif berilishini guvohi bo‘lamiz. Kreditga eng maqbul ta’rif bu – vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni ma’lum muddatga, haq to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan iqtisodiy munosabatlar majmuasidir. Iqtisodiy adabiyotlarda kredit faoliyatining ob’ekti va sub’ektiga ta’rif berish orqali iqtisodiy faoliyat turiga kiruvchi va asosiy maqsadi daromad olishga hamda o‘z manfaatlariga erishishga yo‘naltirilgan faoliyatga kredit faoliyati sifatida ta’rif berilgan. Kredit faoliyati deganda kredit munosabatlari qatnashchilarining manfaatlarini ko‘zlab, ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lgan hamda bank xizmatlari va operatsiyalari orqali amalga oshiriladigan faoliyatning yig‘indisini tushunishimiz mumkin. Kredit faoliyati kredit resurslariga ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgan qayta taqsimlashni amalga oshirish hamda kredit faoliyatining sub’ektlari uchun daromad olish imkonini beradi. Kredit faoliyati yaratuvchilik tabiatining mohiyati olinayotgan yoki berilayotgan resurslar orqali o‘z manfaatlariga erishishdan iborat. U iqtisodiy munosabatlarning ana shu jihatini etakchi o‘rinlardan biriga chiqaradi. Kredit faoliyatining qatnashchilari shu faoliyat natijasida bevosita yoki bilvosita daromad ko‘radilar. Kredit faoliyati barcha manfaatdor taraflarga real foyda keltiradi. Qarz oluvchilar ma’lum bir muddatga o‘zlarining tijorat, ishlab chiqarish va boshqa shu kabi manfaatlariga etishish maqsadida yirik pul kapitalidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar. Kreditorlar esa foiz ko‘rinishida daromad oladilar. Bundan tashqari, kredit faoliyati ishlab chiqarishga investitsiyaning kirib kelishini rag‘batlantiradi, progressiv tarkibiy siljishlarga turtki bo‘ladi. Bugungi kunda kredit iqtisodiyotni makrodarajada tartibga solishning muhim vositalaridan biriga aylangan. U milliy valyuta va baholar barqarorligini, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash kabi birlamchi masalalarni hal etishda yordam beradi. SHunday qilib, kredit faoliyatini ikki sub’ekt - qarz oluvchi va qarz beruvchi (kreditor)larning bo‘lishini taqazo etadigan amaliyot deyish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik sub’ektlari iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun doimo qo‘shimcha pul mablag‘lariga ehtiyoj sezadilar. Ana shunday pul mablag‘larining manbalari banklarning o‘z va jalb qilingan mablag‘lari bo‘lishi mumkin. Korxonalar mablag‘ etishmovchiligidan qiynalayotgan hollarda kredit resurslari bozoriga murojaat qilishga majbur bo‘ladilar. 3.Pul-kredit siyosati - hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yoʻli va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini taʼminlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam sak/gab turishga qaratilgan chora-tadbirlari. P.-k.s. davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi boʻlib, odatda, uni Markaziy bank amalga oshiradi. P.-k.s. orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi qisqartiriladi yoki koʻpay-tiriladi, inflyasiyann pasaytirish chora-tadbirlari koʻriladi. Markaziy bank P.-k.s.ni olib borishda pul bo-zoriga toʻgʻridan-toʻgʻri — oʻzining boshqaruv vakolatlari yordamida va pul emissiyasi orqali taʼsir oʻtkazishi mumkin. P.-k.s. bevosita va bilvosita vositalar orqali amalga oshiriladi. Bevosita vositalar — moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular haj-mini toʻgʻridantoʻgʻri boshqarish orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi mavjud depozit kurinishidagi pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar narxlari va hajmi nazorat qili-nadi. Bilvosita vositalar — Markaziy bank tomonidan moliyaviy institutlar resurslarita bozor mexanizmlari (majburiy zaxiratalablari, ochiq bozordagi operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqalar) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga taʼsir etiladi. Markaziy bank foydalanadigan vositalarning har biri foiz stavkalarining oʻsishiga, kreditlash va qarz olish hajmini kamaytirishga, lozim boʻlganda foiz stavkalarini oshirishga yoki, aksincha, tushirishga xizmat qiladi. Ochiq bozordagi operatsiyalar, majburiy eng kam zaxiralarning boʻlishi, hisobga olish siyosati, valyuta siyosati P.-k.s.ning asosiy tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Pul-kredit siyosatining 2022 yil va 2023-2024 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda, birinchi navbatda, iqtisodiyotda narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, inflyasiya darajasini 2023 yil yakuniga qadar 5 foizgacha pasaytirish maqsadlaridan kelib chiqilgan. Markaziy bank Boshqaruvining 2021 yil 21 oktyabrdagi yig‘ilishida “Pul-kredit siyosatining 2022 yil va 2023-2024 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari”ning dastlabki konseptual loyihasi ma’qullandi. Pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarida Markaziy bankning o‘rta muddatli makroiqtisodiy rivojlanish prognozlari va kelgusi yillarda pul-kredit sohasida amalga oshiriladigan ishlar, tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar o‘zgargan holatlarda Markaziy bank tomonidan ko‘riladigan choralar va pul-kredit siyosatini yuritishdagi yondashuvlar aks ettirilgan. Shuningdek, ushbu loyihada pul-kredit siyosati instrumentlari, ichki valyuta va pul bozorini takomillashtirish, tahliliy-prognozlash salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi yillarga rejalashtirilgan choralar ham aks ettirilgan. Pul-kredit siyosatining 2022 yil va 2023-2024 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda, birinchi navbatda, iqtisodiyotda narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, inflyasiya darajasini 2023 yil yakuniga qadar 5 foizgacha pasaytirish maqsadlaridan kelib chiqilgan. Jahon iqtisodiyoti 2020 yilda koronavirus pandemiyasi va uning ta’sirida yuzaga kelgan global iqtisodiy inqiroz sharoitida qat’iy karantin cheklovlarining kiritilishi sababli iqtisodiy faollikning pasayishi va ta’minot zanjiridagi uzilishlar hamda pul-kredit va soliq-byudjet siyosatlarining sezilarli darajada yumshatilishini boshdan o‘tkazdi. 2021 yilda esa pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning nisbatan yaxshilanishi, karantin choralarining yumshatilishi, iqtisodiyot sub’yektlarining pandemiyaga moslashuv darajasining ortishi hisobiga iqtisodiy faollikning sezilarli tiklanishi kuzatilib, yalpi talab hajmining pandemiyagacha bo‘lgan darajasiga yetishiga xizmat qilmoqda. Bunda, global iqlim sharoitlarning o‘zgarishi va ta’minot zanjiridagi uzilishlarning saqlanib qolishi fonida yalpi taklif hajmining talabga nisbatan sekinroq tiklanishi jahon miqyosida inflyasion jarayonlarning tezlashishiga olib keldi. 2020 yilning so‘nggi choragidan boshlab asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va 2021 yil boshidan energiya resurslari narxlarida kuzatilgan sezilarli o‘sish aksariyat davlatlarda inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichidan yuqori shakllanishiga sabab bo‘ldi. Download 17.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling