1. Toʻlov aylanmasi va uning tarkibi. Tarmoqlarmi kreditlashning xususiyatlari
Download 17.92 Kb.
|
1 2
Bog'liqНорқўзиев Мирзоҳид
13- VARIANT 1. Toʻlov aylanmasi va uning tarkibi. 2. Tarmoqlarmi kreditlashning xususiyatlari. 3. Pul-kredit siyosatining 2020 yil va 2021-2022 yillar davridagi maqsadi va inflyatsiyaning target koʻrsatkichlari. 1. Toʻlov pul aylanmasi bu pullarning naqd ko‘rinishidagi harakatlarining yig‘indisidir. Naqd pul aylanmasi – bu naqd pullarning doiraviy aylanishining doimiy ravishda takrorlanishidir. Naqd pul aylanmasi bu pul mablag‘larining naqd ko‘rinishidagi aylanmasidir. Taraqqiy etgan mamlakatlarda naqdsiz pul aylanmalarini yuksak darajada rivojlanganligi, naqd pullarga bo‘lgan talabni keskin pasayishiga olib keldi. AQSH va YAponiyada plastik kartochkalarga asoslangan to‘lovlar rivojlangan. Evropada plastik kartochkalar va pullik cheklarga asoslangan to‘lovlar rivojlangan. Naqd pullar aylanishining amal qilishiga doir quyidagicha asosiy tamoyillar ajratib ko‘rsatiladi: 1 moliya muassasalari-emitentlarning mavjudligi; 2 bozor qatnashchilarining mablag‘larni sarflash yuzasidan iqtisodiy erkinligi; 3 ta’sis etilgan milliy pul birligining amal qilishi; 4 nazorat qiluvchi organlar oldida tushumlar va xarajatlar hajmlari uchun hisobotchilikni amalga oshirish mumkinligi; 5 pul mablag‘lariga egalik qilishning legitimligi. To‘lovlar ma’lum ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Xalqaro amaliyotda pullik to‘lovlarni amalga oshirishning 2 xil ketma-ketligi mavjud: 1 Kalendar ketmaketlik. 2 Maqsadli ketmaketlik. Kalendar ketma – ketlikda qaysi qarzdorlik oldin paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha to‘lanadi. Bu ketma-ketlik taraqqiy etgan mamlakatlarda qo‘llaniladi. Maqsadli ketma-ketlikda to‘lovlar oldindan belgilangan maqsadlarga qarab to‘lanadi. Bu ketma-ketlik rivojlanayotgan davlatlarda, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladi. Har qanday pullik to‘lovlar pul aylanmasida ishtirok etuvchi subektlarining joriy hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari hisobiga to‘lanadi. Joriy hisob raqamlar AQSH bank amaliyotida transaksion depozit hisob raqanlari, Germaniyada jiro hisob raqamlari, Rossiyada “depoziti do vostrebovanie” deyiladi. Fransiyada joriy hisob raqami deyiladi, O‘zbekistonda talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlari deyiladi. To’lov balansi — ma’lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi dunyo o’rtasida bo’ladigan bitimlar statistik qayd qilingan xujjatdir. U mamlakatning iqtisodiy aloqalarini aniq-lo’nda ifodalab pul-kredit, valyuta, byudjet-soliq, xalqaro savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish yo’nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi. Mamlakatning ma’lum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu jumladan, tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi ham to’lov balansida o’z aksini topadi. Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valyuta ayirboshlash va valyuta operatsiyalari orqali amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jahon bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valyuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. Shuning uchun ham to’lov balansini bir tomondan, chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga chiqariladigan barcha to’lovlar ko’rsatilgan hujjatdir deb qarash mumkin. To’lov balansida barcha iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bo’linadi: joriy operatsiyalar va kapital harakati bilan bog’liq operatsiyalar. Shunga ko’ra to’lov balansi strukturasi ham ikki qismdan iborat: 1. Joriy operatsiyalar hisobi; 2. Kapital harakati hisobi. Joriy operatsiyalar hisobida mahsulotlar va xizmatlar eksporti «qo’shish», import esa «ayirish» ishoralari bilan belgilanadi. Ya’ni, joriy operatsiyalar hisobida ichki mahsulotlar eksporti kredit, aksincha mamlakatga mahsulotlar olib kelish - import esa debet sifatida ko’rsatiladi. Chunki, mahsulotlar eksporti xorijiy valyuta ishlab topib, mamlakat valyuta zaxirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valyuta chiqib ketishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida mamlakat valyuta zaxirasini kamaytiradi. Download 17.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling