Umuman joriy operatsiyalar hisobida mahsulotlar va xizmatlar eksporti


Download 5.42 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi5.42 Kb.
#1534402
Bog'liq
Screenshot (34)


Umuman joriy operatsiyalar hisobida mahsulotlar va xizmatlar eksporti «plus», import esa «minus» ishoralari bilan belgilanadi. Bu ishoralarning belgilanishini quyidagicha izohlash mumkin: ichki mahsulotlar eksporti kreditni, aksincha mamlakatga mahsulotlar olib kelish - import esa debetni ko'rsatadi. CHunki, mahsulotlar eksporti xorijiy valyuta ishlab topib, mamlakat valyuta zaxirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valyuta chiqib ketishiga olib keladi. Bu esa navbatida mamlakat valyuta zaxirasining kamaytiradi.
Joriy operatsiyalaming asosiy moddasi tovarlar eksporti va importi hisoblanadi, ulaming farqi tashqi savdo balansining qoldig`i deb yuritiladi. Bizning misolda bu balans salbiydir, ya'ni mamlakat tovarlarni chetga olib chiqishdan ko`ra ko`proq olib keladi. (-8()).
Joriy operatsiyalarning keyiogi moddasi-bu, xizmatlar eksporti va importidir. Ularga transport, sug`urta, sayyohlik xizmatlari va boshqalar kiradi. Bu operatsiya ham balansning salbiy qoldig`iga ega. (-2)
Investitsiyalardan daromadlar foizlar va dividendlar bo`yicha telovlami o`z ichiga oladi. Agar xorijga qeyilgan milliy kapitalga chet elliklarning amalga oshiradigan bunday telovlaridan tushumlar mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy kapitaldan bunday to`lovlar miqdoridan ko`p belsa, unda sof daromad ijobiy bo' ladi.(+7)
Pul o'tkazishlar shu mamlakatlaming xorijda yashayotgan fuqarolariga to`lanidagan nafaqalarni, muhojirlarning xorijdagi qarindoshlariga pul o'tkazishlari, turli ko'rinishdagi hukumat yordamlarini o`z ichiga oladi. Jadvaldan ko`rinib turibdiki, xorijga jo`natilayotgan pul o`tkazishlar miqdori olinayotganga nisbatan yuqori, ya'ni operatsiyalar mamlakatdagi xorijiy valyuta zaxiralarini kamaytiradi. (-7).
Joriy hisoblar bo`yicha barcha opyeratsiyalar joriy
operatsiyalar to`lov balansini tashkil etadi. Bizning misolda u salbiy (-82), Bu esa shuni anglatadiki, mamlakatda import operatsiyalari natijasida xorijiy valyutaga bolgan talab uning eksport operatsiyalari ta'minlaydigan taklifdan ortiq bo' Idi. Yoki boshqacha aytganda ushbu xolda mamalakat joriy opyeratsiyalar bo`yicha taqchillikga ega. Uni qoplash uchun mamlakat yoki qarz oladi (uzoq va qisqa muddatli, ) yoki o`z ko'chmas mulkini (ycr, bino) va moliyaviy aktivlarini ( aksiya va obligatsiyalar) sotadi.
Download 5.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling