1. Валюта муомалалари ҳисоби Мeҳнатга ҳақ тўлаш фонди ва унинг таркиби
Download 58.15 Kb.
|
1 2
Bog'liq5- variant
5- variant 1). Валюта муомалалари ҳисоби 2). Мeҳнатга ҳақ тўлаш фонди ва унинг таркиби 3) .Бюджeтдан ташқари жамғармаларни ва уларнинг турлари 4). Тугалланмаган ишлаб чиқаришни баҳолаш ва ҳисобга олиш 5). Бухгалтерия баланси маълумотларини манбаси Javoblar 5.1.Bankdagi valyuta schyoti korxonaning respublika hududidagi va xorijdagi banklarda valyuta schyotlarida xorijiy valyutadagi pul mablaglari mavjudligi va harakati haqidagi axborotni umumlashtirish uchun moljallangan. Valyuta schyotlari boyicha muomalalarni amalga oshirish va rasmiylashtirish tartibi O‘zbekston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq Qomitasi va Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankining meyoriy xujjatlari bilan tartibga solinadi. Valyuta schyotlari boyicha muomalalarni hisobga olish uchun schyotlar rejasida 5200 - "Valyuta schyotibelgilangan va 5210 mamlakat ichidagi 5210 va xorijdagi valyuta schyotlari kabi subschyotlarga bolinadi. "Valyuta schyoti"ning debetida korxonaning hisob-kitob schyotlariga pul mablaglarining kelib tushishi aks ettiriladi. Ushbu schyotning kreditida esa korxonaning valyuta schyotlaridan pul mablaglarining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Korxonaning valyuta schyotlari krediti yoki debetiga xato yozilgan va bankning kochirmalarini tekshirishda aniqlangan summalar 6860 "Davolar boyicha hisob-kitoblarschyotida aks ettiriladi. Valyuta schyotlari boyicha muomalalar buxgalteriya hisobida bankning kochirmalari va ularga ilova qilingan pulli hisob-kitob xujjatlari asosida aks ettiriladi. Amaldagi qonun va meyoriy xujjatlarda xar qanday korxonaga chet el valyutasidagi pul mablaglariga ega bolish va u bilan xojalik muomalalarini amalga oshirishga ruxsat etilgan. Chet el valyutasidagi muomalalarni rasmiylashtirish uchun bankda joriy valyuta schyotini ochish zarur. Korxonaga valyuta muomalalarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi bank Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankidan valyuta muomalalarini amalga oshirish uchun mahsus ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bolishi shart. Shunday ruxsatnomaga ega bolgan banklarni vakillik banklari deyiladi. korxonalar ozlarining valyuta schyotlarini faqat Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki byuletenida korsatilgan chet el valyutalarida ochish mumkin. Valyuta schyotini ochish uchun korxona bankka quyidagi xujjatlarni topshirishi zarur: 1. Valyuta schyotini ochish uchun ariza. 2. Tasis xujjatlarining nusxasi (ustav, tasischilar shartnomasi, ular notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan bolishi shart). 3. Registratsiyadan otganligi haqidagi xujjatlarning notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi. 4. Korxona soliq inspeksiyasida hisobga olganligi va pensiya fondida registratsiyadan otganligi togrisida malumotnoma. 5. Korxona boshligi va bosh buxgalterning imzolari va aylanma muxr bosilgan kartochka. Ushbu kartochka notarius tomonidan tasdiqlangan bolishi zarur. Valyuta schyoti ochilgandan song bank va uning mijozi ortasida hisob-kitob kassa xizmatini korsatish boyicha shartnoma imzolanadi. Unda bank korsatilgan xizmat turlari, korsatiladigan xizmatlar uchun tolanadigan haqlar, mablaglarni joylashtirish shartlari, tomonlarning huquq va burchlari va boshqalar korsatiladi. Barcha korxonalar mulkchilik shaklidan qatiy nazar Ozbekiston Markaziy banki tomonidan ornatilgan kurslar boyicha Respublika valyuta fonliga eskport operatsiyalaridan tushgan valyuta tushumlaridan 50 foizini sotishlari majburiydir.Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugullanuvchi korxonalar eksport operatsiyalaridan tushgan tushumlarning bir qismini valyuta bozorida sotishlari zarur. Korxonaning valyuta schyoti ochilgan tijorat banki kelib tushgan valyutaning sotiladigan qismini Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankining schyotiga otqazib berishi kerak. Valyuta muomalalaridagi ushbu xususiyat tranzit valyuta schyotida kelib tushgan valyutalar hisobini aks ettirishga bevosita tasir qiladi. Valyutani majburiy sotish togrisidagi topshiriqqa sotilgan valyutaning somdagi ekvivalentini qoplash va uni korxonalarning hisob-kitob schyotiga otqazishni taminlovchi tolov topshirigi ilova qilinadi. Shunday qilib, chet el valyutasidagi barcha tushumlar 2 qismdan iborat boladi: chet el valyutasining bir qismini joriy valyuta schyotiga, qolganini esa bankdagi hisob-kitob schyotiga somdagi ekvivalenti boyicha otqazib beriladi. Somdagi ekvivalent bu Ozbekiston Markaziy banki tomonidan ornatilgan kurslar boyicha chet el valyutasini qayta hisoblashdir. Bunday katta hisoblash har xaftada bir marta Ozbekiston Markaziy banki elon qilgan kurslar boyicha amalga oshiriladi. Valyuta muomalalarining buxgalteriya hisobini yuritish uchun 5200 - "Valyuta schyoti"da quyidagi subschyotlarni ochish mumkin: 1. "Tranzit valyuta schyoti". 2."Joriy valyuta schyoti". 3."Chet eldagi valyuta schyoti". Korxona ozining valyuta mablaglarini nafaqat majburiy balki oz xoxishi bilan ham sotishi mumkin. Bu operatsiyadan koriladigan foyda korxonaning valyuta schyoti ochilgan bank orqali amalga oshiriladi va ularning buxgalteriya hisobi 9320 "Boshqa aktivlarni sotish yoki chiqimidan korilgan foydadeb nomlanuvchi tranzit schyoti orqali amalga oshiriladi. Korxona ozining chet el valyutasini majburiy va ixtiyoriy ravishda sotganda ushbu xojalik muomalasi buxgalteriya hisobining schyotlarida quydagicha aks ettiriladi. 1. Chet ellik xaridor korxonaning tranzit valyuta schyotiga tovar (ish, xizmat) qiymatini otqazib berdi. 2. Tranzit valyuta schyotidan majburiy sotishga tegishli qismi valyutani otqazib berdi. Ammo bu bankdan tegishli xujjatlar olgunga qadar 5710 "Yoldagi pul mablaglarischyotida hisobga olinadi. 3. Sotilgan valyutaning tranzit valyuta schyotidagi qiymati 9220 "Boshqa aktivlarni sotishschyotining debetiga otqazildi. 4. Sotilgan valyutaning somdagi ekvivalenti bankdagi 5110 "Hisob-kitobschyotiga kelib tushadi. Korxonalarning valyuta muomalalarini tartibga soluvchi qonun xujjatlariga muvofiq Ozbekiston Respublikasining ichki valyuta bozoridan ruxsat etilgan maqsadlar uchun chet el valyutasini tegishli banklar orqali sotib olishlari mumkin. Korxonaning bankga chet el valyutasini sotib olish togrisidagi iltimosi zayavka orqali rasmiylashtiriladi. Korxona buxgalteriyasida 5200 "Valyuta schyoti"ning hisobi uchun 2 jurnal-order va 2 vedomost yuritiladi. Valyuta schyoti boyicha analitik hisob valyutalarning turlari boyicha alohida kartochkalarda yuritiladi. Download 58.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling