Transport “hub” larni joylashtirish shartlari va tamoyillarini tahlil qilish


Download 16.57 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi16.57 Kb.
#1600790
Bog'liq
Ichki taqriz- nusxa0,22


Qurbonov Shohzodjon Muzaffar o‘g‘lining, 5A310609 – “Intellektual transport tizimlari” mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini olish uchun Transport “hub” larni joylashtirish shartlari va tamoyillarini tahlil qilish (PTV Vissim dasturidan foydalanib texnologik yechimlari) mavzusidagi dissertatsiya ishiga
TAQRIZ
Transport samaradorligini oshirish va xavfsizligini taʼminlashning asosiy yo‘nalishlaridan biri sohada intellektual transport tizimlarini shakllantirish va intellektual texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liqdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida “aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori bilan tasdiqlangan dasturda, barcha transport vositalari va infratuzilma tizimining bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risidagi kompleks texnologik yechimlar bildirilgan. 2020-yil 30-noyabrda o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev hududlarda jamoat transportini rivojlantirish chora tadbirlari muhokamasida “Odamlar uchun shahar, tuman va qishloqlar orasida transportni qulay, xavfsiz va oson qilish kerak. Bu xizmatlardan xalq rozi bo‘lishi kerak. Transport-logistika masalalariga ko‘p yillar ilm bilan yondashilmadi. Zamonaviy kadrlarning yetishmasligi bu sohadagi eng og‘riqli muammo”,- deb ta’kidlab o‘tgan edi.
Dissertatsiya kirish qismi, 3 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Muallif ko‘rib chiqilayotgan masalani har tomonlama tahlil qilib, tadqiqot maqsadini va vazifalarini keltirgan. Dissertatsiyada tadqiqot predmeti, obyekti, sinov natijalari va tadqiqotning amaliy jihatdan ahamiyati keltirilgan.
Ish bo‘yicha quyidagi kamchiliklarni keltirish mumkin:

  1. Ishda statistik va ekonometrik tahlillardan foydalanilsa, yaxshi bo‘ladi.

  2. Dissertatsiyada orfografik xatolar mavjud.

Keltirilgan kamchiliklar tadqiqotning ahamiyatini kamaytirmaydi.
Ko‘rilayotgan magistrlik dissertatsiyasi magistratura to‘g‘risidagi nizomga muvofiq unga qo‘yiladigan talablarga javob beradi. Magistrant Qurbonov Shohzodjon Muzaffar o‘g‘li 5A310609 – “Intellektual transport tizimlari” mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini olishga loyiq.

JizPI Moliya iqtisod
ishlari bo‘yicha
prorektor t.f.b.f.d. PhD Sh.Alikabulov
Download 16.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling