Abdulla Qodiriy asarlaridagi antroponimlar tadqiqi


Download 15.43 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi15.43 Kb.
#1182359
Bog'liq
shahnoza кўрилди


Qarshi davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi magistranti Xoliyarova Shahnoza Berdiyorovnaning “Abdulla Qodiriy asarlaridagi antroponimlar tadqiqi” mavzusidagi 5A120102 – Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishiga
TAQRIZ
Tilning xalq tarixi, madaniyati va ma’naviyatining o‘ziga xos ifodachisi, yuksak estetik qimmat hamda hadsiz ifoda imkoniyatlariga ega xazina ekanligi haqidagi oydin haqiqat barqarordir. Shu tufayli keyingi yillarda badiiy matnda qo‘llanilgan onomastik birliklar, shu jumladan antroponimlar tadqiqiga katta e’tibor qaratila boshlandi. Ayniqsa, bunday birliklarning lingvopoetik vazifa bajarishini aniqlash, ularning xususiyatlarini tadqiq etishga e’tibor kuchaydi.
Xoliyarova Shahnoza Berdiyorovnaning magistrlik dissertatsiyasi Abdulla Qodiriy asarlaridagi antroponimlarni lingvistik, lingvopoetik jihatdan tahlil qilishdan iborat bo‘lib, ushbu ish Abdulla Qodiriy asarlaridagi antroponimlarni aniqlash, tasniflash; antroponimlar haqida yaratilgan lingvistik qarashlarni tahlil qilish, umumlashtirish; Abdulla Qodiriy asarlaridagi antroponimlarning estetik vazifasining namoyon bo‘lish mexanizmlarini aniqlash, shu asosda mazkur birliklarning lingvopoetik vosita ekanligini ko‘rsatish; badiiy matndagi antroponimik birliklarning matnni shakllantirish imkoniyatlarini bayon qilish, antroponimlarning nominativ, motivativ, yasalish xususiyatlarini tahlil qilish; antroponimik indikatorlarning badiiy-stillistik vazifilarni aniqlashga qaratilgan.
Dissertatsiya kirish, 3 bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Mazkur ish antroponimik birliklarning badiiy matnda qo‘llanilishi borasidagi ma’lumotlarni kengaytiradi. Qolaversa, lingvopoetika, stilistika, lingvopragmatika sohalari uchun nazariy manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tadqiqot natijalari, undagi materiallar o‘zbek tili antroponimikasi sohasi bo‘yicha yaratiladigan darslik va qo‘llanmalar, maxsus kurslar uchun qo‘shimcha material va manba bo‘lib xizmat qila oladi.
Dissertatsiya ishida olingan m‘lumotlarning manbasiga iqtibos keltirilgan. Ishni yozishda qonuniy-me’yoriy hujjatlardan o‘rinli foydalanilgan. Tanlangan mavzu, uning tarkibiy tuzilishi, muammoning yoritilishi , xulosalar, hajmi, himoya uchun tayyorlangan taqdimot shakli berilgan topshiriqqa mos.
Shu bilan bir qatorda ishning umumiy saviyasi, ilmiy qimmatiga putur yetkazmaydigan darajada ayrim imloviy va uslubiy xatoliklar ham ko‘zga tashlanadi.
Mazkur dissertatsiya magistrlik ishi uchun qo‘yilgan talablarga javob beradi. Uni ijobiy baholab ochiq himoyaga tavsiya etish mumkin.
Download 15.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling