"boburnoma" da izofali onomastik birliklar
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqFeruz Rajabov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Munisa Turdiyeva QarMII akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari Annotatsiya
Международныйнаучныйжурнал №5 (100), часть2 «Научный импульс» Декабрь, 2022 1038 “BOBURNOMA” DA IZOFALI ONOMASTIK BIRLIKLAR Feruz Rajabov Munisa Turdiyeva QarMII akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari Annotatsiya:Bu maqolada “Boburnoma”da keltirilgan izofali onomastik birliklar va ularning tasnifi manbalarga tayangan holda tahlil qilishga harakat qilingan. Kalit so‘zlar:izofiy birikma, toponim, biblionim, Ko‘tali Zarrin, Zafarnoma, Ko‘hi Jud. “Boburnoma”dagi ko‘plab izofiy birikmalar semantik jihatdan tahlil qilinganda, ular, asosan, 6 ta (o‘rin-joy, payt, sabab, shaxs, belgi kabi) mavzuiy guruhga bo‘lib o‘rganilganligini ko‘rishimiz mumkin*1+. Ammo onomastik birliklarni alohida mavzuiy guruhlarga ajratib o‘rganilmagan. Asarda forsiy va arabiy izofali birikmalar qo‘llanganligi ko‘rishimiz mumkin. Bu birikmalar o‘sha davr tili bilan bog‘liqligi va Boburning forsiy va arabiy tillarni chuqur bilganligidan darak beradi. “Boburnoma” leksikasini o‘rgangan Z.Xolmonova asarni tahlilida bir necha o‘rinda izofiy birliklarga misollar keltiradi. Xususan, Bobur eski o‘zbek tiliga o‘zlashgan tayyor arab yoki forsiy tilidagi izofalardan foydalangan. Biz asardagi izofiy birliklarni o‘rganganimizda quyidagi guruh onomastik birliklarni bilib olishimiz mumkin: Antroponimlarida: Hazrati amir ul-mo‘minin Usmon, Hizabrulloh, Asar nom(biblionim)larida: “G‘aroyib us-sig‘ar”, “Navodir ush-shabob”, “Badoyye’ ul-vasat”, “Favoid ul-kibar”, “Mantiq ut- tayr”, “Lison ut-tayr”, “Ziji Elxoniy”, “Sahihi Buxoriy”. O‘simlik va mevalar nomlarida: obi angur, lolai gulbo‘y Hayvon va qushlar nomlarida: sheri obiy, xuki obiy, qo‘tosi bahriy, mushi mushkin, ro‘bai parron, kurrai toziyon, murg‘aki Qarshi. Oy nomlarida: jumodil-avval, jumodis-soniy (jumodil-oxir), zulqa’da-qamariy, rabius- soniy (rabiul-avval). Narsa nomlarida: kamoni Chochiy, Sangi oyina. Toponimlarda: Ko‘hi Safid, Bog‘i Vafo, Obi Istoda, Bog‘i Binafsha, Bog‘i Bihisht, Darai Gaz, Darai Nur, Darayi Bom, Darayi So‘f, masjidi Javzo, Masjidi Jomeni, masjidi Muqatta’, masjidi Laqlaqa, Jo‘yi Shohiy, G‘aznayi Namangon, Chashmayi Para dovoni, Mozori Shoh, Puli Mirzo, Puli Muhammad Chab, Puli Magokda (G‘or ko‘prigi), Puli Mirzo, Puli Molon, Chashmayi Para, Raboti Dudar, Raboti Ro‘zak, Raboti Sarhang, Raboti Sarhang, Raboti So‘g‘d , G‘ori Oshiqon, Zamini Dovar, Qal’ayi Zafar, Qabri Ohanin, Puroyin darasi, Bandi Sixan (Sixan To‘goni), Havzi Mohiyon, Jo‘yi Shohiy , Dashti Shayx , Dehi Afg‘on, Dehi Ya’qub Darasi, Dehi Ya’qub Daryo, Dehi G‘ulomon, Ko‘hi Jud, Ko‘hi Mehtar, Ko‘hi Safid, Ko‘hi Sof, Ko‘li Gil, Ko‘li Mag‘ok Sayxonligi, Ko‘li Magok O‘langi, Ko‘li Malik, Ko‘tali Zarrin (Zarrin Dovoni), Langari Mirg‘iyos, Kandibodom. Международныйнаучныйжурнал №5 (100), часть2 «Научный импульс» Декабрь, 2022 1039 Asarda izofali toponimlarning ko‘p qo‘llanganligiga guvoh bo‘lamiz. Shuni ham ta’kidlash lozimki, “Boburnoma”da qo‘llangan forsiy izofali toponimlar o‘zining muayyan indikatorlariga ega. Jumladan, ob, pushta, pul, taxt, shahar, robot, tog‘, darvoza, dasht, bog‘, band, dara, shoh singari bir guruh leksemalar toponimik birliklar tarkibida indikator maqomida bo‘ladi. Toponim indikatorlar asarda 20 dan yaqin. Izofiy birliklarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: a) izofa ko‘rsatkichini saqlab qolgan toponimlar: Ko‘hi Safid, Bog‘i Vafo, Obi Istoda, Bog‘i Binafsha. b) izofa ko‘rsatkichini yo‘qotib qo‘shma so‘z shakliga kelib qolgan toponimlar: Kandibodom va b. [3]. Asarda forscha-tojikcha izofalar tarkida toponimlar uchraydi: sebi Samarqand, sohibi Samarqand, oluyi Buxoriy va kabi. “Boburnoma”da izofiy birliklarni shunchaki keltirib yoki sanab o‘tmaydi, balki o‘rni bilan ularga tegishli izohlarni ham qayd etadi. Masalan, “Ul tog‘ning qullasida Shohi Kobul imorat qilg‘oni uchun bu tog‘ni Shohi Kobul (Kobul viloyatining shohi) derlar” *B/N-185]. Ko‘hi Safid tog‘iga shunday izoh berilgan: “ To‘qqiz rud ushbu tog‘din chiqar, bu tog‘din qor hargiz o‘ksumas. Bu jihattin g‘olibo Ko‘hi Safid derlar” *B/N-190+. Ko‘tali Zarrin ko‘tali nomiga berilgan quyidagi izohga e’tibor beraylik: “Yo‘l xud qirlab yuqori chiqar ekandur. Ko‘tali Zarrin der emishlar”. Bu yerda zarin so‘zi aslida sarin (sar+in) shaklida bo‘lib, fors-tojik tilida bosh, yuqori ma’nolariga ega; -in qo‘shimchasi nisbiy sifat yasaydi. Bir o‘rinda Ko‘hi Jud tog‘i nomiga shunday izoh berilgan: “Behradin yetti kuruh shimol sari bir tog‘ tushubtur. Bu tog‘ni “Zafarnoma”da va ba’zi kitoblarda “Ko‘hi Jud” bitibturlar, vajhi tasmiyasi ma’lum emas edi, so‘ngralar ma’lum bo‘ldi: bu tog‘da bir ota naslidan ikki el bor. Birini jud va birini janjuha derlar. ...Ushbu tog‘ning yarmida juddur, yarmida janjuha. Bu tog‘ni judqa mansub qilib, Ko‘hi Jud debturlar” *B/N-289]. Masjidi Laqlaqaga shunday izoh berilgan: Masjidi Laqlaqa derlar. Ul gunbazning o‘rtasidagi yerga tepsalar gunbazdin tamom laq-laq un kelur...[B/N-98]. Laqlaqa masjid binosidan chiqadigan tovushga taqliddan yuzaga kelgan. Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, “Boburnoma” asaridagi izofali onomastik birliklar va ularning yuzaga chiqish sabablari o‘zining tadqiqini kutmoqda. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling