Kurs ishi mavzu: Abulxayrxon va Dashti Qipchoqdagi o`zbek ulusi
Download 56.33 Kb.
|
Abulxayrxon Dashti Qipchoq
- Bu sahifa navigatsiya:
- IKKINCHI BOB : XIV ASR OXIRI XV ASRLARDA DASHTI QIPCHOQ VA MOVARAUNNAHRDAGI IJTIMOIY SIYOSIY VAZIYAT
- Kirish Mavzuning dolzarbligi .
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti Tarix va uni o`qitish metodikasi yo`nalishi O`zbekiston tarixi fanidan KURS ISHI Mavzu: Abulxayrxon va Dashti Qipchoqdagi o`zbek ulusi Bajardi: Tarix va uni o`qitish metodikasi yo`nalishi 3-kurs talabasi : Abduvaliyev Q. Ilmiy rahbar: O`qituvchi: Mirzayev B. Jizzax-2022 Mundarija Kirish………………………………………………………………………...3 BIRINCHI BOB: DASHTI QIPCHOQDA O`ZBEKLAR ULUSINING TASHKEL TOPISHI Dashti Qipchoq qabilalari va ularning ijtimoiy iqtisodiy hayoti…..…7 Abulxayrxon davlatining tashkil topishi va harbiy yurishlari…….....11 IKKINCHI BOB : XIV ASR OXIRI XV ASRLARDA DASHTI QIPCHOQ VA MOVARAUNNAHRDAGI IJTIMOIY SIYOSIY VAZIYAT 2.1 Abulxayrxon davlatining parchalanishi va Dashti Qipchoqdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat………………..…………………………………………………...21 2.2 Movaraunnahrda Shayboniylar hukumronligining o`rnatilishi………..………………………………………………………………..25 Xulosa………………………………………………………………………31 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………………………...34 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil O’zbekistoning uzoq va yaqin o’tmishiga bo’lgan ulkan qiziqish davrimizning o’ziga xos xususiyatlaridan biridir. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Mustaqillik yillari o’z o’tmishimizni, o’z madaniyatmizni xolisona bilib olish davridir. Bu jahon hamjamiyati tarix oldidagi vazifamizni anglab olish davridir”1. O’zbekiston Respublikasi mustaqillika erishgach, o’tmishimizni-tariximizni taxlil qilib, xolisona o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldik. Bu esa biz yosh tadqiqotchilarning oldida nihoyatda katta mas’uliyat turganligidan dalolat beradi.Istiqlol yillarida milliy ma’naviyatimizni tiklash, qadimiy tariximizni keng xalq ommasiga yetkazish borasida ulkan ezgu ishlar amalga oshirildi. “Har qaysi xalq taraqqiyotini yuksaltirish uchun-tarixiy xotira masalasi aloxida ahamiyat kasb etadi”2- deya ta’kidlagan edi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov. Ushbu tarixiy yutug`imizning ma`naviy negizini mustahkamlash o`zbek xalqi tanlab olgan o`ziga xos yo`lni muvaffaqiyatli amalga oshirishning ishonchli omillaridan biri ekanligi shak-shubxasiz. Bu muhim tarixiy vazifani mustaqillikning ma`naviy asoslarini qaror toptirish va yanada mustahkamlashda yoshlarni ma`naviy kamolotga yetkazish, milliy istiqlol g`oyasi ruhida tarbiyalash, hozirgi zamon ilmiy bilimlari bilan qurollantirish katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois davlatimiz Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning bu haqda tinmay g`amxo`rlik qilayotganligi bejiz emas, albatta. «...Noyob insoniy fazilatlarni asrab, avaylash va yanada takomillashtirish, farzandlarimizni ozod va demokratik O`zbekistonning munosib o`g`il-qizlari etib tarbiyalash masalasi ma`naviyat sohasidagi ishlarimizning asosiy yo`nalishini tashkil etmog`i kerak. Shunga ko`ra Vatan tarixi va madaniyati, jug`rofiyasi va iqtisodiyotini, qadimiy urf-odatlarimizni har tomonlama o`rganish dolzarb ahamiyatga ega. Bog`chalardan tortib oliy o`quv yurtlarigacha bo`lgan ta`lim-tarbiya tizimlarida mazkur fan va bilimlarni o`qitishga muhim siyosiy vazifa sifatida qaralmog`i lozim».3 XVI asr o’zbek davlatchiligi tarixida yetakchi siyosiy kuch sifatida faoliyat ko’rsatgan sulola bu – shayboniylardir. Mazkur sulola ozmi ko’pmi davlatchilik rivojiga o’z xissasini qo’shgan. Ayniqsa, shayboniylar davrida ilm fan va madaniyatning rivoj topishida mazkur sulola namoyondolalarining tutgan o’rni katta bo’lganini shu o’rinda ta’kidlash joiz.4 Avvalo ularning o’zlari nihoyatda o’qimishli shaxslar edilar. Muhammad Shayboniyxon, Ko’chkunchixon, Rustam Sulton, Abdulazizxon, Javonmardali Sulton kabi shayboniylari turkiy va forsiyda she’rlar bitganlar, diniy va dunyoviy ilmlarda yetarli salohiyatga ega bo’lganlar. Muhammad Shayboniyxon yoshligida ta’limni Buxoro madrasasida olgan. Tug’ilganda Muhammad deb nom olgan Shayboniy o’zining ikkinchi nomi bilan mashhur bo’lgan. “Boburnoma” asarida Shayboniyning ismi Shayboqxon deb berilgan. Bu nom “kuch-qudrat egasi” degan ma’noni anglatadi. Umuman olganda, Muhammad Shayboniyxon faqat xon bo’lmasdan, ayni vaqtda ilm-ma’rifat homiysi va o’zi ham didli ijodkor, shoir bo’lgan. Shu bois Shayboniyxon Shohbaxt, Shoyboq, Shoybek, Sheboni, Shohibek, Shayboniy taxalluslarida she’rlar bitgan. Shayboniylar hokimiyat tepasiga kelgan yillarda va ular faoliyat yuritgan XVI asrda mintaqa atrofidagi siyosiy hayot temuriylar zamoniga nisbatan ancha o’zgarish topgan. Bu, eng avvalo, Eronda safaviylar va Shimoliy Hindistonda boburiylar (temuriylar) hokimiyatining o’rnatilishi bilan bog’liqdir. Bir so’z bilan aytganda, Turkiston, Eron, Shimoliy Hindistondan iborat ulkan hududda bir vaqtda o’ziga yarasha qudratga ega uch siyosiy kuch: shayboniylar, safaviylar va boburiylar faoliyat yurg’izganlar. Tabiiy ravishda ularning manfaatlari o’zaro to’qnashmay iloji yo’q edi. Ana shu manfaatlar kesishgan “nuqta” bo’lib Xuroson hisoblangan. Xuroson esa siyosiy va harbiy va iqtisodiy savdo jihatlaridan muhim ahamiyat kasb etgan. Uni Turkiston, Eron, Hindiston yo’nalishlaridagi darvoza desa bo’lar edi. Download 56.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling