Mavzu: Sulton Jabbor – bolalarning sevemli shoiri Reja: Sulton Jabbor hayoti va ijodi
Download 19.07 Kb.
|
Mavzu: Sulton Jabbor – bolalarning sevemli shoiri Reja: Sulton Jabbor hayoti va ijodi. Shoirning o’quv darsligidagi asarlari va ularning tahlili. Sulton Jabborning 2 – sinf “O’qish kitobida”, “Yosh bog’bonning qo’llari” nomli she’ri keltirilgan. Yosh bog’bonning qo’llari Bog’da chuqurcha qazdim, Meva ko’chat o’tqazdim. Ko’rib yaxshi ishimni Bobom xursand edilar. Asta silab boshimni Alpomishim dedilar. Ortdi g’ayrat, quvvatim, Yalqovlikni quvladim, Yopishaman ketmonga, Charchog’imni unutib. Navbat yetar oqshomga Mazmun to’la kun o’tib. Bog’bonlikka yaradim, Kaftlarimga qaradim Mehnat qilib quvladim. Yosh bog’bonning qo’llari! Shunday chiniqar ekan. Pahlavonning qo’llari. Sulton Jabborning ko’pgina asarlari mehnat mavzusiga bag’ishlangan. Ana shulardan biri “Yosh bog’bonning qo’llari” nomli she’ridir. Bu she’rda bolalar va yoshlarni dov – darsxtlarni ekish parvarish qilishga chaqirilib, mehnat zavqi va ahamiyati kuylanadi. Kichik qahramon bog’da chuqur qazib, mevali ko’chat ekadi. Bobosi uni qilgan ishidan juda xursand bo’lib “Alpomishim” deb maqtaydi. Bundan zavqlangan kichik qahramon mevali daraxtlarni parvarish qilishga, “qo’lda ketmon” bilan bog’larni yashnatishga mehr qo’yib, mehntada o’zini ko’rsatadi. Muallif o’zining kichkina qahramoinidagi intilishini sezib, uni ulug’ ishlarga boshlaydi. Bu qahramon qilgan ishidan benihoya xursand bo’ladi: Ortdi g’ayrat, quvvatim, Yalqovlikni quvladim, Yopishaman ketmonga, Charchog’imni unutib. Deb tavsirlaydi. Qahramon mazmunli o’tgan kunidan juda quvonadi. U mehnat qilib qavargan qo’llariga qarab bog’bonlik kasbiga qiziqadi va mehri oshadi. Mehnat qilish, chiniqish orqali pahlavon bo’la olishi aytiladi. Sulton Jabbor halol mehnatni go’zal hayot manbai, u bilan kishi hurmat topadi, e’tibor ortiradi deb ifodalaydi. Shuning uchun u o’zing kichik kitobxonlarida yoshligidanoq mehntan ko’nikmalarini tarbiyalashini asosiy vazifa deb biladi. “Yosh bog’bonning qullari” she’rida o’z mehnat samarasidan xursand bo’lgan qahramon obrazi yaratilgan. 3 – sinf O’qish kitobida Sulton Jabborning “Qaldirg’och” she’ri berilgan. Qaldirg’och Qaldirg’ochim, uzingni Boshlab kelgan bahorni Shu sabab hamma senga Mehr bilan boqarmi? Guyo suylab xo’shxabar To’lub toshib sayraysan. Shu uchunmi ayvonda. Bola ochib yayraysan. Yo risq izlab olisdan Biz tomonga yildingmi? Yoki yaxshi odamlar, Mehri tortib, keldingmi? Ne bo’lsa ham qaldirg’och. Yo’qlabsanki ataylab Seni siylab asraymiz Uyimizda avaylab. Rang – barang gullar, turli – tuman qushlarni sevgan shoir bolalar ro’hiyatini chuqur tahlil etib, ularni ham ona tabiatni sevishga va parvarish qilishga ruhlantiradi. Shoir bolalarda qo’shlarga muhabbat hissini uygota oladigan quvnoq vazn, uynoqi misralar yaratadi. Qaldirg’och bahorni elchisi hisoblanadi. Bu qushga hamma mehr – muhabbat bilan qaraydi. Shoir buni deb tasvirlaydi: Qaldirg’ochim, uzingni Boshlab kelgan bahorni Shu sabab hamma senga Mehr bilan boqarmi? Qaldirg’och qadimdan ota – bobolarimiz tomonidan ham ezozlanib kelingan. U ayvonlarga insonlarning uylariga in quradilar. Qaldirg’ochdan rizq yoki yaxshi insonlarning mehri biz tomonlarga kelishingga sabab bo’ldimi? Deb so’raladi. Oxirgi bandida qaldirg’ochni asrab – avaylab parvarish qilishimiz aytilgan. Shoir bu she’rida bolalarni qushlar olamiga olib kiradi. Qaldirg’ochning bahor elchisi ekanligi, qushlar bilan olam yanada go’zallashib yashnashi, ularning sayrashi bolalarga zavq – shavq bag’ishlashini jozibali misralarda tarannum etgan. Sulton Jabbor “Qaldirg’och” singari she’rlari orqali ongiga vatan va uning tabiatiga muhabbat tuyg’usini singdiradi. Shoir bolalarning qushlarga bo’lgan mehribonligini, ularning eng aziz mehmon sifatida “Seni suyib asraymiz uyimizda avaylab” deb ulug’laydi. Xulosa Bolalarni chinakam sevib ardoqlaydigan shoirlargina ularga munosib she’rlar dostonlar tuqiy oladi. Shoir Sulton Jabbor o’zbek bolalar nadabiyotini yuksaltirishga barkali hissa qo’shmoqda. U yoshlar uchun yozgan asarlarida bolalarning quvnoq hayotini yurakdan berilib kuylaydi. Uning asarlari bolalarni mehnat qilishga, yaxshi o’qishga, fan asoslarini chuqur egallashga, tabaitga mehrli bo’lishga chaqiradi. Faydalanilgan adabiyotlar Mamasoli Jumaboyev “O’zbek bolalar adabiyoti” Toshkent “O’zbeksiton” 2012 yil 2 – sinf “O’qish” darsligi Q.Abdullayeva, M.Yusupov, S.Rahmonbekova “O’qituvchi nashriyot - matabaa” ijodiy uyi Toshkent 2010 yil 3 – sinf “O’qish” darsligi. M.Umarova, SH.Hakimova “Cho’lpon” nomidagi nashriyot uyi Toshkent 2010 yil Ma’ruzalar matni “Bashlang’ich ta’lim” jurnali 2012 – 13 yillardagi sonlar. Download 19.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling