1. Assalom Ey davramiz donolari sho’x yigit lobar qiz u zebolari


Download 18.62 Kb.
Sana23.03.2023
Hajmi18.62 Kb.
#1287959
Bog'liq
Navro\'z Senariysi 2


1.Bahor valisi kuylaydi.
2. 2 ta jarchi maydon bo’ylab ovoz qiladi.
1.Assalom Ey davramiz donolari
sho’x yigit lobar qiz u zebolari.
2.Assalom Ey ilmu-fanning soxib u davronlari
Davramizga xush kelibsiz elning sharaf shonlari.
1.Assalomu alaykum hurmatli aziz mehmonlar
Bizning 2-umum ta’lim maktabimizga xush kelibsiz.
2.Assalomu alaykum Narpay tumanimizning xalq ta’lim faollari va
Sektor faollari.
1.Fasillar kelinchagi,bahor elchisi bo’lmish Navro’zi olam sayliga xush kelibsizlar.
2.Sizlarni hurmat va ehtirom bilan bugungi Navro’z saylimizga chorlab qolamiz.
1. Hozir biz davramizga katta mamnuniyat bilan Bugungi tantanamiz tashkilotchisi Ikkinchi sektor Raxbari Narpay tumanining bosh Prokirori Jahongir Bazorov
2. Hamda bugungi bayramimiz mezboni Maktabimiz direktori Olimov Hakimxonni davramizni ochib berishga lutfan taklif qilamiz.
1.Yurtim ilhomimga sarchashma o’zing
Birdek aziz menga yozing ham kuzing.
Bu kun bahoringa sh’er aytmoqchiman
Vatanim muborak bo’lsin Navro’zing.
2.Boshingda hurriyat quyoshing bordir
O’z tug’ro bayrog’ing yurt boshing bordir.
Maqsading g’ayrating bardoshing bordir
Vatanim muborak bo’lsin Navro’zing.
1.Hozir davramizga Narpay tumani XTB bo’limiga qarashli MTM bolajonlariga beramiz.

1.Anhorlar oqmoqda suvlarga to’lib
Shukronalik aytdim tinchlikni ko’rib.
Mustaqil diyorga bezaklar bo’lib
Xushkelding bahor xush ko’rdik Navruz.
2.Navruzda ulashing ezgu tilaklar
Axir tilak bilan kamaymaydi so’z.
Baxor gullaridek yashnab yuraklar
Xush kelding bahor,xush ko’rdik navro’z.
1.Qadimdan Navro’z bayrami nishonlanib kelishiga sabab 21-mart
kecha va kunduz tenglashgan yangi kun yani bahor kirib kelishida tabiat darak bergan va ushbu kun milliy bayramimiz deb tan olingan.
2.Bungungi bayramimiz mehmonlari bo’lmish 1-3-4-5 maktablarining badiy chiqishlariga navbatni beramiz.
1.Hademay qaldirg’och keladi qaytib
O’rik shoxlarida bo’rtar dovchacha.
Turnalar azaliy qo’shig’in aytib
Sumalak pishadi tong otkuncha.
2.Ha demay lolalar bo’sadek titrar
Tog’lar vuqoriga munis boqarlar.
Yana necha necha oshiqlar yig’lab
Bir birin bag’rida gulhan yoqarlar.
1.Marxamat davramizga navbatdagi qo’shni mehmon maktablarimizdan
Tashref buyurgan 6-8-14-63-maktablarimizga beramiz.
2.Tarixing ta’rifing dillarda doston,
Quyosh charaqlaydi moviydir osmon.
Biryon katta kurash bir yon ko’pkari
Askiya aytishuv o’lanlar bari.
1.Endigi navbatni 2-maktabimizning Boshlang’ich sinf o’quvchilariga beramiz.
2.Bayram shukuximiz davom etmoqda Biz katta mamnuniyat bilan navbatdagi mehmonlarimiz 67-70-22-48 maktablarni taklif qilamiz.
1.O’ylaymizki maktablarimizning badiiy chiqishlari barcha tomoshabinlarimizga manzur bo’lmoqda.
2.Endigi navbatni 2-maktabning faol o’qituvchilari ijrosida Milliy falklyor yo’nalishi bo’yicha o’zbek xalq laparlariga beramiz.
1.Sevinchdan Ko’zimda yosh
O’zgacha porlar quyosh.
Qutlar seni qari yosh
Xush kelibsan Navro’zoy.
2.Hozir davramizga katta mamnunyatbilan 2-maktabimizning 5-sinf o’quvchilari ijrosida milliy, Andijon polkasi hamda 6-sinf o’quvchilari ijrosida Kavkazcha lezgenka raqsiga beramiz.
1.Bayram tadbirlarimizni davom ettirgan holda endi navbatni 5-sinf o’quvchisi ijrosida Tanovar raqsiga beramiz.
2.Sog’inchlardan sizga yasay guldasta
Guldastaga qilib qalbim payvasta.
Olislardan turib deyman men asta
Navro’zi ayyom muborak bo’lsin.
Endigi navbatni O’zbek millatining faxri bo’lmish Kino durdonalaridan biri ”Maftuningman” filmidan olingan sahna ko’rinishiga beramiz.
1.Endigi navbatni Qadimgi milliy sozlardan biri bo’lmish chanqavuz xonishiga beramiz.(ijrosida Gulsanamxon)
Ollohning nazari sizlarda bo’lsin
Qalbingiz yanada iymonga to’lsin.
Shukurkim yetkazding ulug’ kunlarga
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin
Har bir kuningiz bayramdek o’tsin.
Marhamat davramizga 9-sinf o’quvchimiz Sayfullayeva Farangiz tomonidan jonli ijroda qo’shiq eshitamiz.
Download 18.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling