Vatan bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to‘kilgan muqaddas dargohdir
Download 11.74 Kb.
|
Vatan
Vatan – bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to‘kilgan muqaddas dargohdir. Vatan – bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o‘sib, kamol topib boradigan zamindir. Uni asrab avaylash har birimizning farzandlik burchimizdir. Bugun dunyoda integratsiyalashuv, globallashuv jarayonlari kechayotgan, insonlar yuksak texnologik taraqqiyotga intilayotgan, uning ijobiy natijalaridan foydalanayotganimiz barobarida kosmopolitizm kabi vatansizlikni targ’ib qiluvchi g’oyalarning tarqalishi kabi bir muncha havotirli jarayonlar ham mavjud. Ayni shu vaqtda biz yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashimiz oldimizda turgan nihoyatda muhim vazifalardandir. Shuni to’g’ri anglagan holda prezidentimiz, hukumatimiz, mahalliy davlat hokimiyati organlari bunga katta e’tibor bermoqda. Xususan, bizning Andijon viloyatimizda ham bu boradagi ishlar to’g’ri yo’lga qo’yilgan. Andijon viloyati hokimining qaroriga asosan fuqarolarimizda vatanparvarlik ruhini shakllantirish maqsadida bir qancha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Jumladan, viloyatimizda yosh avlod vakillari bilan mehnat faxriylari, olimlar, shoirlar, mashxur sportchilar ishtirokida vatanparvarlikka chorlovchi uchrashuvlar tashkil qilish, vatanni madh etuvchi qo’shiqlar, she’rlar, badiiy adabiyot na’munalari tanlovlari e’lon qilingan. Shuningdek, haftaning xar juma kuni viloyatimizda Harbiy vatanparvarlik kuni deb e’lon qilingan. Andijon davlat universitetida ham yuqorida belgilangan chora tadbirlar doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Talabalar o’rtasida “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” nomli qo’shiq, she’r va insholar tanlovi e’lon qilingan. Bundan tashqari “Mardlar qo’riqlaydi vatanni” nomli sport musobaqalari uyushtirilgan. Download 11.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling