Kurs ishi mavzu: Abulxayrxon va Dashti Qipchoqdagi o`zbek ulusi
Xorazm va Xurosonning egallanishi
Download 56.33 Kb.
|
Abulxayrxon Dashti Qipchoq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eron shohi Ismoil Savafiy bilan kurash.
Xorazm va Xurosonning egallanishi.
Muhammad Shayboniyxon Movaro- unnahrda mustahkamlanib olgach, endi Xorazmni zabt etishga kirishdi va1505-yilda uni bosib oldi. 1505-yil kuzida esa Xurosonga yurish boshladi. So‘nggi yillarda o‘zaro ichki nizolar oqibatida inqirozga yuz tutgan temuriylarning Xuroson davlatini egallashi qiyin bo‘lmadi. 1506-yilda Balx, 1507- yilda esa Hirot egallandi. Shundan so‘ng Hirot o‘zining iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz sifatidagi nufuzini yo‘qotdi. Xurosonning ham bo‘ysundirilishi bilan amalda Muhammad Shayboniyxon butun mintaqani yagona bir markaz — Samar- qand qo‘l ostida birlashtira oldi. Binobarin, u temuriyzodalar amalga oshirolmagan ishni bajara oldi. Bu uning davlatchiligimiz oldidagi xizmatidir. Shu tariqa Movarounnahr, Xorazm va Xuro- sonni o‘z ichiga olgan hududda Muhammad Shayboniyxon hukmronligi o‘matildi va davlatchiligimiz tarixida shayboniylar sulolasi hukmronligi davri boshlandi. Eron shohi Ismoil Savafiy bilan kurash. Bu vaqtda Eronda shoh Ismoil Safaviy hukmdorkk qilayotgan edi. U o`z davri uchun katta va qudratli qo‘shin tuza olgan edi. Ismoil Safaviy tuzgan saltanat tarixda Safaviylardavlati nomi bilan mashhur. Shoh Ismoil davlati kattagina hududlarni o‘z ichiga olardi. Bu davlatning bir sarhadi Xuroson bilan, ikkinchi sarhadi esa Usmonli turklar davlati bilan tutashgan edi. Shoh Ismoil boshliq Eron safaviylarining Xurosonga tazyiqi tobora kuchayib, talonchilik harakatlari avj oldi. Endi bu ikki hukmdor o‘rtasida urush boMishi muqarrar bo‘bb qoldi. Nihoyat, 1510-yilda ikki hukmdor qo‘shini to‘qnashdi. Marv yaqinida bo‘lgan jangda Eron qo‘shini g‘alaba qozondi. Shayboniyxon va uning safdoshlari jangda halok bo‘lishdi. Bu g‘alaba tufayli shoh Ismoil butun Xurosonni egalladi.. Amir Temur vorislari o'rtasida olib borilgan to'xtovsiz feodal urushlar temuriylar davlatining kuchsizlanishiga olib keldi va birin-ketin ular qaramidagi davlatlar va mulklar ajralib chiqib ketdi. Xorazmdan Astrobodgacha bo'lgan keng raasofada joylashgan turkmanlar bir necha qabilalardan tashkil topgan bo'lib, ko'pincha o'zaro kelisha olmas edilar. Lekin ular qulay vaziyatdan foydalanib Temuriylar davlatidan ajralib chiqdilar. Farg'ona vodiysi ham ajralib mustaqil davlat tashkil etdi. Bundan tashqari forsiy dehqon aholi joylashgan Hisor va Badaxshon ham mustaqil davlatga aylandi. Movarounnahrda temuriy hukmdorlarning o'rnini Abulxayrxonning nevarasi Shayboniy asos solgan o'zbeklar davlati egalladi.24 Temuriylar davlatining zaiflashganligi, tarqoqlikning kuchayishi va hokimlikka da'vogarlarning o'zaro to'xtovsiz urushlari shayboniylarning Turkistonga hujumi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Shayboniyxon XV asr oxirlarida Turkistonga bir necha bor yurishlar qilib O'tror, Sabron, Yassi (Turkiston) shaharlarini bosib oldi.25 U 1499-1507-yillarda Buxoro, Samarqand, Toshkent, Shohruhiya, Farg'ona, Qunduz, Xorazm, Balx va Hirotni ishg'ol qilib, Movarounnahr va Xurosonda o'z hokimiyatini o'rnatdi. Muhammad Shayboniyxon boshchiligidagi ko'chmanchi o'zbeklar XVI asr boshlarida Movarounnahr va Xurosonni egallab, temuriy shahzodalar hukmronligiga chek qo'ydilar va bu ulkan hududda o'zlarining markazlashgan davlatiga asos soldilar. Bu davlat poytaxti avval Samarqandda bo'lgan bo'lsa, XVI asr o'rtalaridan boshlab Buxoroga ko'chiriladi. Shundan keyin bu davlat Buxoro xonligi deb ham atala boshladi. Butun XVI asr mobaynida hokimiyatni o'z qo'llarida saqlab kelgan shayboniylar sulolasi hukmronligi o'zbek davlatchiligi tarixida katta ahamiyatga ega bo'lib, xuddi shu davrda o'zbek xalqining etnik Shakllanishidagi uchinchi davr boshlandi. Dashti qipchoqlik o'zbeklar Movarounnahr va Xurosondagi mahalliy turkiy xalq o'zining azaliy qon-qarindoshlari bilan qo'shilib ketdi va ularga ham o'zining nomini berdi.26 Tarixiy manbalar va tadqiqotlarda XV asrning 20-yillarida Qipchoq dashtining Sharqiy yerlarida tashkil topgan, qirq yildart ziyodroq hukm surgan Abulxayrxon (1428-1468) hamda Movarounnahrda tashkil topgan Muhammad Shayboniyxon (1450-151.0) davlatlarini ko'chmanchi o'zbeklar davlati deb atashgan. Ammo bu unchalik to'g'ri emas, chunki ushbu davlatlarning asosiy aholisi mol chorvachiligi bilan shug'ullangani holda, ular tarkibiga, shuningdek, Sirdaryoning quyi qismida, qisman Xorazm vohasining chekkalarida hunarmandchilik, dehqonchilik bilan shug'ul-lanuvchi urug' va qabilalar ham kirgan. Download 56.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling