"Ustina"radifli g'azali Mushkin qoshining hay'ati ul chashmi jallod ustina


Download 9.53 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi9.53 Kb.
#1491158
Bog'liq
Ustuna

"Ustina"radifli g'azali


Mushkin qoshining hay'ati ul chashmi jallod ustina,
Qatlim uchun "nas" kelturur "nun" eltibon "sod" ustina.

Qilg'il tamosho qomati zebosi birla orazin,


Gar ko'rmasang gul bo'lg'onin payvand shamshod ustina.

Noz-u ado-u g'amzasi qasdim qilurlar dam-badam,


Vah,muncha ofatmu bo'lur bir odamizod ustina.

Man xastag'a jon asramoq emdi erur dushvorkim,


Qotil ko'zi bedod etar har lahza bedod ustina.

Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko'ngul shom-u sahar,


Bulbuldek aylar yuz navo ming nav'i faryod ustina.

Boshimg'a yoqqan g'am toshin mingdin biricha bo'lmag'ay,


Gardun agar ming Besutun yog'dursa Farhod ustina.

Ey shah,karam aylar chog'i teng tut yamon-u yaxshini


Kim ,mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina.
Xoki taning barbod o'lur oxir jahonda necha yil ,
Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod ustina.

Ne jur'at ila Ogahiy ochg'ay og'iz so'z dergakim,


Yuz xayli g'am qilmish hujum ul zor-u noshod ustina.

"Ustina"radifli g'azal tahlili


Ushbu g'azal o'zbek mumtoz adabiyotidagi eng mashhur asarlardan biri sanaladi.G'azalning birinchi baytidayoq Ogahiyning an'ana zaminida o'ziga xos yangilik,badiiy kashfiyotga erishish iste'dodi namoyon bo'ladi.
Mushkin qoshining hay'ati ul chashmi jallod ustina,
Qatlim uchun "nas" kelturur "nun" eltibon "sod" ustina.
Maqtada ma'shuqaning qoshi va ko'zi ta'rif etilmoqda.Mushkin "mushk" so'zidan yasalgan.U ham qoralik,ham xushbo'ylikni ifodalaydi.Arab alifbosida "nun" qoshga,"sod" ko'zga o'xshashligidan foydalalanib,shoir yor go'zalligining o'ziga xos tasvirini yaratadi.Ogahiygacha ko'z-u qoshni mazkur harflarga tashbih qilish,chashm(ko'z)ni jallod deyish an'anaviy ta'sir bo'lgan.Shuningdek, "jallod", "qatl", "nas" uyadosh so'zlar bo'lib,tanosibiy munosabatni hosil qilgan.Baytdan ma'no chiqarishda o'z joyiga qo'yib o'qisak,go'yo shoir bizdan so'rayotganday:"Biror joyda(ya'ni tabiatda)doimo yam-yashil va tik o'sadigan shamshod daraxti ustiga gul payvand qilinganini ko'rganmisan?"Xayolan bizdan "yo'q" javobini olgach,u aytadi:"Unday bo'lsa,sen yorimning zebo qomati bilan orazi(yuzi)ni tomosha qil.Yaratganning O'zi uning shamshoddek ko'rkam,tik qomati ustiga gul yuzini payvand qilib qo'yibdi".Ushbu baytga ham tanosub san'atidan bezak berilgan:"qomat", "zebo","oraz","gul","shamshod" so'zlarida ma'noviy bog'liqlik bor.
Man xastag'a jon asramoq emdi erur dushvorkim,
Qotil ko'zi bedod etar har lahza bedod ustina.
Oshiq yuqoridagi baytlarda aytilgan zug'umlardan xasta bo'lgan.Jallod deb tasvirlangan yorning qotil ko'zi har lahza zulm ustiga zulm qilaveradi.
Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko'ngul shom-u sahar
Bulbuldek aylar yuz navo ming nav'i faryod ustina.
Jon qo'ldan boy berilmoqda,uni asrab qolishdan umid uzgan oshiq yupanch istab o'zining doimiy sirdoshi va suyanchig'i ko'ngilga yuzlanadi.Lekin gul yuzli yor shavqi bilan shaydo ko'ngil shomdan to sahargacha bulbul kabi ming turli faryod ustiga yuz xil navo qilish bilan ovora-oshiqqa taskin berolmaydi.
Boshimg'a yoqqan g'am toshin mingdin biricha bo'lmag'ay
Gardun agar ming Besutun yog'dursa Farhod ustina.
Bu baytda mubolag'a o'zining haddi a'losiga -eng yuqori chegarasiga ko'tarilgan.Farhod-ishq yo'lida cheksiz zahmatlar chekkan,g'am-alamlar tortgan,musibatlarga yo'liqqan obraz.Mana shu jafokashligi bilan u mashhur.O'z ko'rguliklarini chamalar ekan,oshiq meaning boshimga tushgan aziyatlar oldida Farhod tortgan azoblar hech narsa emas deydi.Afsonaviy Besutun tog'idan mingtasini gardun(dunyo)Farhodning ustiga yog'dursa ham,oshiqning boshimga yog'gan g'am toshining mingdan biricha bo'lolmaydi.
Download 9.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling