Qurilish materiallari va konstruksiyalari


Download 72.5 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi72.5 Kb.
#1132544
Bog'liq
Abdullayev Mardon ichki taqriz 222


Jizzax politexnika instituti “Qurilish materiallari va konstruksiyalari” kafedrasi 5A340501 - Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha magistranti Abdullaev Mardonning “Yengil betonlar ishlab chiqarishda mikrokremnezemdan foydalanish va uning fizik-mexanik xossalarini tadqiq qilish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishiga

T A Q R I Z


Magistrlik disserttatsiya ishi kirish, to‘rt bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.
Magistrant Abdullaev Mardonning “Yengil betonlar ishlab chiqarishda mikrokremnezemdan foydalanish va uning fizik-mexanik xossalarini tadqiq qilish” mavzusidagi 5A340501 - Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik dissertatsiya ishi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 30 dekabrdagi 681-T sonli “Magistratura to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi Qarori bilan tasdiqlangan va tasdiqlangan talablar asosida bajarilgan.
Magistrlik dissertatsiya ishi Respublikada bugungi kunda asosiy muammolardan biri bo‘lib turgan, yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash ishlab chiqariladigan buyum va konstruksiyalarda kvars qumi va kompanentlar sarfini kamaytirish muammolariga bag‘ishlangan.
Magistrlik dissertatsiya ishining kirish qismi muammoning dolzarbligi, bajarilgan ishning maqsadi, magistrlik dissertatsiya ishining yangiligini tashkil etuvchi asosiy holatlarni hamda ish bo‘yicha olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati keltirilgan ma’lumotlarni qamrab olgan muammolar yechimiga qaratilgan.

Magistrlik dissertatsiya ishining “Yengil betonlar ishlab chiqarishning bugungi kundagi zamonaviy holati va ulardan foydalanish” deb nomlangan birinchi bobida jahon mamlakatlari va Respublikamizda yengil betonlar ishlab chiqarish texnologiyasining bugungi kundagi zamonaviy holati, yengil betonlar ishlab chiqarish texnologiyasining ilmiy va nazariy asoslari, yengil betonlar ishlab chiqarish sohasidagi olib borilgan ishlar tahlili, bob bo‘yicha xulosalar qilingan.


Dissertatsiya ishining ikkinchi bobi ilmiy tadqiqot ishini olib borish uchun mo‘ljallangan eksprementni o‘tkazishda qo‘llaniladigan uslublar, eksprementni o‘tkazishda qo‘llaniladigan jihoz va uskunalar haqida ma’lumotlar, eksprement o‘tkazishda qo‘llaniladigan materiallar tavsifi, eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazish topshirig‘i, namunalarni sinash natijalari bo‘yicha to‘lig‘icha tahliliy ma’lumotlar shakllantirib bajarilgan ishga xulosalar berilgan.
Dissertatsiya ishi ananaviy yengil bloklar ishlab chikarishdagi tarkiblarga uzgarish kiritib kvars qumining bir qismini urniga Bekoboddagi “AO UZMETKOMBINAT” da texnogen maxsulot sifatida xosil buladigan, tarkibi asosan kremniy oksididan iborat bo’lgan mikrokremnezemdan foydalanib govak strukturali yengil betonning yukori fizik mexanik xossalarga ega bulgan tarkibini ishlab chikish va ularni olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha xulosalariga asoslangan bo‘lib magistrant tomonidan ilmiy asoslangan natijalarga erishilgan.
“Yengil betonlar ishlab chiqarishda mikrokremnezemdan foydalanish va uning fizik-mexanik xossalarini tadqiq qilish” mavzusidagi 5A340501 - Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha magistrlik dissertatsiya ishi mavzusidagi magistrlik ishini himoyaga tavsiya etaman.
Magistr M.Abdullaevni 5A340501 - Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik akademik darajasiga loyik deb xisoblayman.


Jizzax politexnika instituti
Yo‘l muhandisligi” kafedrasi G‘aniyev Inomjon
dosenti t.f.n prof . G‘ulomovich
Download 72.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling