1. Валюта муомалалари ҳисоби Мeҳнатга ҳақ тўлаш фонди ва унинг таркиби


"Valyuta schyoti"ning analitik hisob kartochkasi


Download 58.15 Kb.
bet2/2
Sana06.04.2023
Hajmi58.15 Kb.
#1335051
1   2
Bog'liq
5- variant

5200 "Valyuta schyoti"ning analitik hisob kartochkasi
Valyutaning nomi valyuta kursi________
oy boshiga qoldiq bo‘yicha

Bank ko‘chirmasi
(sana, tartib raqami)

Muomala sodir bo‘lgan kunga valyuta kursi

Oborotlar



Reyting bo‘yicha

kredit bo‘yicha







Valyuta summasi

kursi bo‘yicha

Valyuta summasi

kursi bo‘yicha



















Oy bo‘yicha jami Oy oxiriga qoldiq

5.2.Mehnat va unga haq to‘lash hisobining ahamiyati va vazifalari


Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida davlatning mehnat haqini to‘lash, xodimlarning ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish va boshqa sohalardagi funksiyalarni ayniqsa korxonalarning zimmasiga o‘ta boshlaydi va ular erkin ravishda mehnatga haq to‘lashning shakllari tizimi va to‘lov hajmlarini ularning moddiy natijalariga qarab belgilaydilar, chunki bozor iqtisodiyoti Shuni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini mehnati natijalariga qarab moddiy rag'batlantirish asosiy o‘rinni egallaydi. Aholining asosiy daromadi mehnat haqi, xodimlar mehnatiga pul bilan haq to‘lash ijtimoiy iste’mol funksiyalaridan beriladigan pul (nafaqa, stependiya, turli yordam pullari va boshqalar), moliya tizimi orqali tuShumlar, zayomlar va loteriyalarning yutuqlari va hakozolaridan iborat. Ish va xizmatlarga, masalan xo‘jalik a’zolarining mehnatiga qarab ishbay mehnat haqi va vaqtbay mehnat haqi to‘lash joriy qilingan. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda yangi daromad manbalarini keltirib chiqardi, endi korxonalar aksiya yoki obligatsiyalarni chiqarib divedent va foiz shaklida o‘z xissadorlariga daromad ulashishlari mumkin. Albatta bu ko‘rinishda daromad olishning o‘ziga xos sharoitlari bo‘lib, uning miqdori har bir ish ishchiga xizmatining umumiy ulushiga qo‘shgan xissasiga qarab va oxiri oqibatda oxirgi moliyaviy natijaga asosan to‘ldiriladi. Bozor iqtisodiyotida mehnat haqi, pensiya, stipendiya va turli nafaqalarni indeksatsiya qilish o‘ta muhimdir. Bu borada mamlakatimizda ijobiy tadbirlar olib bormoqda.


Mehnat haqining oshishi korxonalarda xodimlar ko‘lamini ko‘paytirish, haridorlar talabiga javob bera oladigan, jahon bozorida raqobatlasha oladigan mahsulotlar ishlab chiqarish, ularda mulk butligini puxtaroq saqlash, hisob ko‘rsatkichlarini to‘gri olib borishni har tomonlama ta’minlash imkoniyatini beradi. Bizga ma’lumki, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida kichik xususiylashtirish amalga oshiriladi, unda savdo va maishiy korxonalar xususiylashdi, davlat monopoliyasi butunlay tugatildi.
Korxonalar raqobat muhitida o‘z faoliyatini olib bormoqda. Bu esa o‘z - o‘zidan korxonalardagi asosiy ko‘rsatkichlarini ijobiy tomonga burishga turtkidir. Endi ular xodimlarni jalb qilishda ham o‘zaro raqobatlashadilar. Bunday raqobatda g‘alaba qilish uchun esa ular o'z xodimlariga ularning ishiga munosib mehnat haqi belgilashlari kerak bo‘ladi. Mehnat haqini oshirish uchun esa ular moliyaviy natijalarning ijobiyligiga erishishlari zarur. Bugungi kundagi xo‘jalik hisobi tamoyili asosida faoliyat yuritilmoqdaki, bu esa ishlab chiqarish harajatlarini ko‘paytirmaslik va Shu jumladan mehnat haqi miqdorini oshirmaslikni talab etadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda ishlab chiqarish harajatlarini muhim qismini mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qilinadigan harajatlar tashkil qiladi. Bu esa buxgalteriya hisobida mehnat haqi hisoblashni to‘gri nazorat qilish mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlarini belgilanishini talab qiladi.
Ijtimoiy barqarorlikka erishishga eng muhim omillaridan biri mehnat unumdorligini oshirishdir. Hozirgi vaqtda xalqimiz oldida turgan mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy siyosiy turmushini barqarorlashtirish tadbirlari, yaqin vaqt ichida iste’mol bozoridagi taqchilikni bartaraf qilish borasidagi vazifalarni bajarish uchun birinchi navbatda mehnat unumdorligini o‘stirish talab etiladi. Keyingi paytlarda ta’rif tizimi va mehnatini muvofiqlashtirish, korxona jamoasiga beriladigan mukofotlarni ularning mehnat xissalariga qarab belgilash borasida muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xodimlarning mehnatiga haq to‘lash shakllari, tartibi va miqdori hamda daromadlarining boshqa turlari korxona tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bunda korxonalar mehnatga haq to‘lashni xodimlarining kasbi malakasi va ular tomonidan bajarilayotgan ishlarini murakkabligi va sharoitiga qarab tabaqalash uchun davlat ta’rif stavkalari bo‘yicha mehnat haqi, maoshlaridan (oklad) foydalanishlari mumkin. 1991 yildan boshlab korxonalar va tashkilotlarga mehnat haqi fondi va moddiy rag‘batlantirish fondi (mehnatga haq to‘lash) fondlarining miqdorini belgilaydigan normativlar Yuqoridan tasdiqlanmaydigan bo‘ldi. Mehnatga haq to‘lash, harajatlarining me’yorlashtirilgan miqdori korxonaning o'zi tomonidan foydadan soliq solinmaydigan foydani hisoblab chiqish uchun topshiriladi.
Korxona xodimlarining shaxsiy daromadini, ya’ni mehnatga haq to‘lash mablag‘lari mehnat tannarxiga kiritiladigan to‘lovlar, hamda korxona ixtiyorida qoldiriladigan foyda hisobidan beriladigan to‘lovlardan iborat. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan to‘lovlar tarkibiga ishbay mehnat haqi, ta’rif stavkasi, lavozimlik maoshlari (okladlar), rag'batlantirish va tovon (kompensatsiya) to‘lovlari, ishchi va xizmatchilarni savdo faoliyatidagi soliq ko‘rsatkichlari uchun belgilangan mukammalash tartiblariga qarab hisoblangan mehnat haqi hamda amaldagi qonunlarda ko'zda tutilgan haqlarni tartibga solish maqsadida soliq belgilangan. Bunda iste’mol uchun yo'naltiriladigan mablag‘lar deb korxonadagi barcha xodimlarning mehnat haqi harajatlari, pul to‘lovlari Shu jumladan, 1 yildagi ish yakunlari bo‘yicha mukofotlar, moddiy yordam, meditsina va ijtimoiy imtiyozlarni belgilashga tayyor summalar va belgilashdagi yakka tartibdagi xususiyatlarga ega bo'lgan boshqa to‘lovlar (mualliflik huquqiga doir to‘lovlar) hamda ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflar uchun to‘lovlardan tashqari mehnat jamoasining aksiyalari va korxona mulkiga mehnat jamosining a’zosi ko‘shilgan mablag‘lari bo‘yicha to‘lanadigan daromadlar devidentlar, foizlarga aylanadi. Soliqqa tortish obyekti sifatida va iste’mol uchun yo'naltiriladigan mablag‘larning soliq solinmaydigan miqdoridan ortiqcha summasi qabul qilingan. Iste’mol uchun yo'naltirilgan mablag‘larning solinmaydigan miqdori hisobot yilining joriy davridagi xo‘jalik hisobi daromadini Shu mablag‘larning o'tgan yilga tegishli davridagi xo‘jalik hisobi daromadidagi salmog'iga ko'paytirish yo'li bilan topiladi. Shunday yo'l bilan topilgan inson koeffitsent bilan to‘zilib (korrektirovkalar) xo‘jalik hisobidagi daromadning o'sishining iste’mol uchun yo'naltirilgan mablag‘larning o'sishiga qaraganda tezlashtirilishini ta’minlaydi. Iste’mol uchun yo'naltirilgan mablag‘larni tartibga solish uchun qabul qilinadigan korxona xo‘jaligidagi daromadi sotilgan mahsulot tannarxi tarkibidagi mehnatga haq to‘lash harajatlari bilan korxona ixtiriyodagi qoladigan foiz summalari sifatida hisoblab chiqiladi. Hozirgi vaqtda mehnat haqini tashkil qilish qayta qurishning muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Xodimlarning juda keng doirasiga tegishliligi.
2. Birinchi marta mehnat haqinig tashkil qilinishining barcha qismlarini, ya’ni ta'rif tartibi, haq to‘lash shakllari va mukofotlar tartibi, mehnati, muvofiqlashtirish qo'shimcha haq to‘lash mexanizmi mehnatga haq to‘lash foydalari (mehnat haqi fondi, moddiy rag'batlantirish fondi, maxsus haq to‘lash fondlari) ni hosil qilish va foydalanish kabi elementlar kompleksini o' ichiga oladi.
3. Mehnat jamoasining ro'li ayniqsa, oshiriladi mehnatning umumiy natijasiga har bir xizmatchi xissasini baholash, hamda unga haq to‘lash va mukofotlash miqdorini aniqlash bilan bog'liq, bo'lgan masalalarni ochishdagi ko‘pchilik to‘siqlar bartaraf qilinadi.
4. Stavkalar va okladlarning o'sishi asosan mehnat jamoasi tomonidan ishlab topilgan mablag‘lar yaratishni yaxshilash hisobiga amalga oshiriladi. Mehnat va mehnat haqiga tegishli reja topshiriqlarini hisobga olish va nazorat qilishda buxgalteriya hisobi muhim ro'l o'ynaydi, chunki uni yordamida korxonaning barcha bo'g'inlarida mehnat ko‘rsatkichlari bajarilishi va uning o'zgarishi haqida iqtisodiyotga asoslangan axborotlar yaratiladi. Mehnat resurslaridan to'g'ri va unumli foydalanish va mehnat unumdorligini tobora o'stirish maqsadida har bir korxona va uning ayrim uchastkalarida xodimlarning soni ish vaqtidan foydalanish mahsulot ishlab chiqarish va sotish sarflangan mehnatga haq to‘lashning joriy hisobi tashkil etiladi.
Korxonaning ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyati jonli mehnatni iste’mol qilish bilan birga yo‘z beradi, uning miqdori ishlagan kishi-soatlar bilan o'lchanadi. Mehnat jarayonida har bir xodimning bajargan ishi, tayyorlagan mahsuloti, iste’molchiga ko'rsatgan xizmatlari uchun sarflagan mehnatiga haq to‘lash miqdorini asoslash hamda aniqlashni talab qiladigan o'zaro munosabatlar vujudga keladi. Shu munosabat bilan korxonaning buxgalteriya hisobi oldida mehnat me’yori va unga haq to‘lashni hisobga olish, nazorat qilish vazifalari ham belgilanadiki, bu esa,
ishbay ishlovchilar va boshqa xodimlarning ish sifatini to'g'ri va o'z vaqtida hujjatlar bilan rasmiylashtirishni, Shuningdek ish haqini hisoblash va uni belgilangan muddatlarda to'lanishni;
hisoblangan mehnat haqi summalarini va ijtimoiy sug'urtaga ajratmalarini ishlab chiqarish harajatlariga kiritish uchun harajatlarning yo'nalishlar bo‘yicha aniq taksimlashni;
mehnat haqidan byudjet foydasiga majburiy to‘lovlarnig, Shuningdek korxonaga yetkazilgan moddiy zararni ayrim tashkilotlar va jismoniy shaxslar foydasiga to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida ushlab qolish va ularni o‘tkazishni;
xodimlar sonini va ish vaqtidan foydalanishni nazorat qilishni ta’minlash kerak.
Korxonada xodimlar avvvalo ikki guruhga ajratiladi:
1. Asosiy faoliyatda band bo‘lgan xodimlar (sanoat ishlab chiqarish xodimlari).
2. Asosiy bo‘lmagan faoliyatda band bo‘lgan xodimlar .
Asosiy xodimlar jumlasiga asosiy va yordamssexlarning, yordam ishlab chiqarishlarning, zavod laboratoriyalari va bo‘limlarining, tozalash inshoatlarining, aloqa o‘zellarining, axborot-hisoblash margazlarining, barcha turdagi quriqlashning, zavod boshqarmalarining xodimlari kiradi.
Asosiy bo‘lmagan faoliyat bilan band bo‘lgan xodimlarning uy-joy va qommunal xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish, savdodagi, YOrdam qishloq xo‘jaligi korxonalari, tibbiy muassalari hamda maqtabgacha tarbiya muassalari, madaniy muassalarida band bo‘lgan xodimlar tashkil etadi.
Mehnatqashlarning mehnat unumdorligini oshirish va korxona ishini yaxshilashga bo‘lgan moddiy qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida ularga to‘lanadigan mehnat haqida korxonalar ishining umumiy yaqonuniyaxshilash uchun to‘lanadigan qismni (xissasini) oshirishga kengyul ochib berilmoqda. Shuning uchun korxonadagi buxgalteriya hisobini eng muhimvazifalaridan biri mehnat o‘lchovi va unga haq to‘lash ustidan nazorat qilib turishdir. Korxonalarda mehnat haqi va mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar hisobini yuritishni vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Korxonaning o‘zi tomonidan tasdiqlangan rejada belgilangan ish va xizmatchilarning soniga rioya qilinishi, mehnat unimdorligini oshirish bo‘yicha rejalarining bajarilishi bo‘yicha mehnat intizomi ish vaqtidato‘liq foydalanishi ustidan nazorat qilib turish;
2. Har bir ishchi – xizmatchiga to‘lanadigan mehnat haqini o‘z vaqtida hisoblash, uni mahsulot tannarxiga to‘g‘ri taksimlash;
3. Korxonaga ajratishgan ish haqi fondidan to‘g‘ri foydalanish va bunda ortiqcha harajatlarga yul quymasliq;
4. Ishchilarga mahsus maqsadlarga mo‘ljallangan vazifalar hisobidan beriladigan mukofotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida to‘lash;
5. Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari va ishchilardan ushlab qolinadigan summalarni to‘g‘ri aniqlash;
6. Mehnat unumdorligini oshirish uchun ichki va tashqi omillarni va imkoniyatlarni aniqlash;
7. Mehnat haqi va uning yuzasidan hisoblashishlar bilan bog‘liq jarayonlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish;
8. Mehnat va uning yuzasidan hisoblashishlar bilan bog‘liq dastlabki hujjatlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri qayta ishlash, hamda hisob registrlarida to‘g‘ri buxgalteriya provodkalari orqali o‘z vaqtida aks ettirib borish;
9. Mehnat haqi va mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri amalga oshirish;
10. Xodimlar bilan boshqa jarayonlar yuzasidan hisoblashishlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri amalga oshirish va uni nazorat etish.
11. Mehnat haqi fondi yuzasidan ijtimoiy sug‘urtaga to‘lovlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblanishi va o‘tkazilishini nazorat etish.
Yuqorida keltirib o‘tilgan mehnat haqi va unga haq to‘lash yuzasidan hisoblashishlar hisobining oldinga qo‘yilgan vazifalarga rioya etish natijasida ishlab chiqilgan mahsulot tannarxini o‘z vaqtida va to‘g‘ri aniqlash va Shu bilan birga korxona moliyaviy natijasi ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri hisoblashni ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Mana Shular korxonalarda mehnatga haq to‘lash hisobi va mohiyatining asosiy vazifasi hisoblanadi.
5.3. --------

5.4.Kalkulyatsiya schyotlar


Ushbu schyotlar korxona faoliyatida ishlab chiqarish mahsulotlar, sotilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxini aniqlash uchun xarajatlarni hisobini yuritishga mo‘ljallangan. Kalkulyatsiya schyotlari debeti mahsulot(ish, xizmat) ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar aks ettiriladi. Kreditida esa, ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot (yarim tayyor mahsulot, ish, xizmat)lar chiqarilganda mehnat haqiqiy tannarxi aks ettiriladi. Kalkulyatsiya schyotlari bo‘yicha qoldiqlar, debet tomonda bo‘lib, tugallanmagan ishlab chiqarish miqdori hisoblanadi. Kalkulyatsiya schyotlariga 2010, 2310, 1510 schyotlar misol bo‘ladi.


5.5.Buxgalteriya balansi — buxgalteriya hisoboti aniq hisobot sanasida yakunlovchi, mablagʻlarning sarflanishi, manbai va maqsadini taʼriflovchi, jamlovchi, umumlashtirilgan jadvalda pul hisobida aks ettiruvchi hujjat. Buxgalteriya balansi korxona, tashkilot, firma va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning mulkiy holatini qiymat koʻrinishida taʼriflab beradi. Buxgalteriya balansi umumlashtirilgan jadval shaklida korxonaning mulklari tarkibini, ularning joylashtirilishini, manbalarini, mablagʻlarning sarflanishi va safarbar etilishini hisobot sanasida qiymat jihatidan aks ettiradi. Buxgalteriya balansi 2 qismdan iborat boʻlib, chap tomoni aktiv, oʻng tomoni passiv deb ataladi. Aktiv va passiv bir-biriga teng boʻladi.[1]
Download 58.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling