1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida


Download 323.5 Kb.
bet20/56
Sana17.06.2023
Hajmi323.5 Kb.
#1547914
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56
Bog'liq
Olka tarixini o’rganishda toponomik tadqiqotlarning o’rni

Buyonqulixon maqbarasi (XIV asr). Bu maqbara 1358 yilda Samarqandda o`ldirilgan Mo`g`ul xoni chingiziy Buyonqulixon qabri ustiga qurilgan. Maqbara katta va kichik xonaga bo`lingan. Maqbaraning to`rt tomonida naqshinkor ustunlar bor. Devor ichidan qorong`i va tor yo`lak o`tadi. Maqbaraning ichki va tashqi tomoni rang-barang bo`yoq bilan bezatilgan. Bu erda zangori, ko`k, binafsha rang va oq bo`yoqlargina ishlatilgan. Bo`yoqlar g`oyat toza va tiniq. O`sha zamonda peshtoq xam qurilgan. Faqat u binodan alohida qurilgan. Maqbara peshtoqi ham koshin bilan bezatilgan.
1926 yilda maqbara ta`mir etildi. Uning baland supa ustiga qurilganligi yaqinda aniqlandi.
Zindon — XVII asr oxirlarida SHaxristonning shimoli-g`arbiy burchagidagi tepalikda (hozirgi kolxoz o`rnida) qurilgan. Bino ko`rimsiz bo`lib, baland g`isht devor bilan gir aylantirib o`rab olingan. Zindonga janubiy devordagi pastak peshtoqdan kirilgan. Kichkina hovli ikki qanotli tosh binoga olib boradi. O`ng qanotning boshidagi xonaga qarzini uzolmagan kishilar qamalgan. Binoning chap qanotidagi to`rtinchi xona kishida og`ir taassurot qoldiradi. U qorovulxona orqasidagi 5 metrli chuqur erto`ladir. Er ustidagi qismi darchali qubba, erto`laga katta teshikdan tushiladi.
Zindon hovlisidan mahbuslar «pirining» qabri hamda zindonning sharqiy va shimoliy tomonlaridan o`tadigan baland tor yo`lak bor. Hozirgi vaqtda zindonga Buxoro o`lkashunoslik muzeyining eksponatlari qo`yilgan.
Sitorai mohi xosa saroylari — shahardan 4 kilometr narida, shaharning shimol tomonida ikki saroy bor. Ulardan biri Buxoroning eng oxirgi amiri Said Olimxonning saroyidir. Bu saroy bir qavatli bo`lib «G» harfi shaklida qurilgan. Bunda garchi xalq ustalari o`yma ganchkorlikda va devorlarga surat solishda ajoyib mahorat namunalarini ko`rsatgan bo`lsalarda, amirlarning meshchanlik did-farosatlari, ularning bir-biriga zid dabdabali, hashamatli suratlarga o`chligi o`z aksini topgan. Amir saroyni bezattirishda Evropa me`morchiligiga taqlid qilgan. Butun shu dabdaba-yu hashamatlarga taqlid qilib ishlangan surat va naqshlar orasida Sitorai mohi xosadagi «Oq saroy» («Oq zal») ga berilgan pardozlar xalq san`atkorlari hunarini ko`z-ko`z qilib turadi. Bu zalni iste`dodli san`atkor usta SHirin Murodov bir guruh Buxoro ustalari bilan qurgan. Hozirgi vaqtda Sitorai mohi xosaga Buxoro viloyati o`lkashunoslik muzeyi bo`limining ekspozitsiyalari joylashtirilgan. Saroy hududida sanatoriy ochilgan.
Sitorai mohi xosada amirning otasi Ahmad qurdirgan ikkinchi saroy ham bor. Bu bino saroy hayotining yodgorligi bo`lib, tamoman boshqacha rejalashtirilgan va bezatilgan. Hozir bu ikkinchi saroyga bolalar sanatoriysi joylashgan.
Qo`sh madrasadan janubda, zamonaviy binolar qurilishi olib borilayotgan joyda unchalik katta bo`lmagan Baland masjid (XVI asr) qad ko`tarib turibdi. Masjidning qishki binosi bilan yog`och ustunli ayvoni joylashgan poydevori baland bo`lganligi uchun Baland masjid deb nom olgan.
Imoratning barcha me`morchilik boyligi hozirgi paytda uning ichki tomoni hisoblanadi. Oltin suv yugurtirilgan nafis gulli yaltiroq katakcha tosh taxtachalardan iborat baland och-yashil panel’ kishini zavqlantiradi. Peshtoqchalardagi serhasham o`simlik suratidagi bezak IV asrning «guldor» gilamlariga juda o`xshaydi.

Download 323.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling