So`g`d, So`g`diyona — Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini o`z ichiga olgan tarixiy o`lka. Dastlab eron shahanshohi Doriyning mixxatida (miloddan oldingi VI asr) tilga olingan.
Arab geograflari asarlarida, shu jumladan, Istaxriy asarining AGK, 1, 286, 288, 289, 295 va boshqa betlarida hamda O. I. Smirnova va nemis sharqshunosi I. Markvartlarning yozishicha, «so`g`d» so`zi umumeron tillariga xos «sux» so`zidan olingan bo`lib, «yaltiramoq», «yonmoq», «nur sochmoq» degan ma`noni bildiradi. «Giyos al-lug`at» va boshqa qadimiy lug`atlarda suv to`planib qoladigan pasttekislik «so`g`d» deyiladi. SHarqshunos V. L. Vyatkin keltirgan ma`lumotlarga qaraganda maxalliy xalq sug`oriladigan, unumdor pastlik erlarni «sug`ud» deb atagan. Tarixchi olima O. I. Smirnova «Katalog monet s gorodisha Pendjikent» degan asarida sug`ud so`zi tojikcha «so`g`ud», ya`ni «sersuv obod joy» ma`nosini bildiradi, deydi.
Po`latchi — Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on rayonidagi qishloq nomi. Po`latchi degan urug` bo`lgan, qishloq o`sha nomdan kelib chiqqan.
Sanguzar — Samarqand viloyati Nurota rayonida joylashgan qishloq «Toshloq kechik» ma`nosidagi Sangguzar yoki «toshloq ma`nosidagi Sangzor (qishloq) bo`lsa kerak.
Sanjarfag`on — Urta asrlarda Samarqand yaqinida qurilgan qishloq. O. I. Smirnovning fikriga qaraganda, bu nom ikki qismdan iborat: sangarama — «monastir’» va fag`an «ibodatxona» (O. I. Smirnova, «Mesta domusul’manskix kul’tov», 94-bet).
Saronan — Samarqand viloyati Narpay rayonidagi qishloq nomi. Tojikcha sarona jon boshidan olinadigan soliq. Saronon (saronagan) soliqlar, saron so`zining «harbiylar», «sarkardalar» degan ma`nosi ham bor. Qishloq hozir ham shu nom bilan ataladi.
Sebiston — Samarqand viloyati Xatirchi rayonidagi qishloq nomi. Tojikcha seb — olma, Sebiston — olmazor. Toshkent shahrida Sebzor toponimi ham bor.
Sinchi — Samarqand viloyati Pastdarg`om rayonidagi qishloq nomi. Otni yaxshi biladigan kishi sinchi deb atalgan. Hozir ham shu nom saqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |