1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida


Abdal — Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on rayonidagi qishloq nomi. Abdal — o`zbeklar tarkibiga kirgan etnik guruh. Adas


Download 327 Kb.
bet38/56
Sana03.02.2023
Hajmi327 Kb.
#1152527
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56
Bog'liq
Toponomika va tilshunoslik

Abdal — Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on rayonidagi qishloq nomi. Abdal — o`zbeklar tarkibiga kirgan etnik guruh.
Adas — Samarqand viloyati Urgut rayonidagi qishloq. Kenagas urug`ining bir qismi andas, yana bir qismi kalpis deyilgan. Andas bora-bora adas bo`lib ketgan bo`lsa kerak.
Achamayli — Samarqand viloyati Bulung`ur, Urgut rayonlaridagb qishloqlar nomi. Ba`zan Ochamayli, Achamoyli shakllarida talaffuz qilinadi. Qo`ng`irot qabilasining vaxtamg`ali qismi, kenagas, yuz do`rman, nayman, qurama, marqa qabilalarining bir urug`i achamayli deb atalgan. Achamayli boshqa «j» lovchi turkiy shevalarda, jumladan, qoraqalpoq tilida, ashamayli shaklida uchraydi. YOsh bolalar minishi uchun ho`kiz yoki qo`tosga uriladigan egar achamay deyilgan. Achamayli (ochamayli) «egarli», «tamg`asi egar shaklidagi urug`» demakdir. etnograf N. A. Aristovning fikricha, achamayli etnonimi ach degan qadimgi qabila nomi bilan aloqador bo`lsa kerak.
Ayuchi — Samarqand viloyati Poyariq rayonidagi qishloq nomi. Dashti qipchoq urug`laridan biri parchalanib o`zbek va qirg`izlarning tarkibiga kirgan. Zarafshon qipchoqlarning bir urug`i ayuvchi (ayuchi) deb atalgan. SHundan qishloq nomi olingan, hozir xam shu nom bilan ataladi.
Badal — Samarqand viloyati Samarqand rayonida joylashgan qishloq. Badal «chakalakzor», «butazor» degan so`z. Laqay qabilasining kichik bir tarmog`i ham badal deb atalgan. Qishloq hozir ham shu nom bilan ataladi.
Barlos — Samarqand viloyat Bulung`ur, Ishtixon rayonlaridagi qishloqlar nomi, Surxondaryo viloyati Sariosiyo rayonida ham barlos qishlog`i bor. Barlos O`rta Osiyoda qadimdan yashab kelgan va o`zbeklarning tarkibiga kirgan qabila. Hozirgi vaqtda barloslarning avlodlari Ozbekistonning CHiroqchi, Koson, SHahrisabz, Boysun, Denov, Sariosiyo, Forish, Jizzah Zomin, Marhamat, Xo`jaobod, Ishtixon, Navoiy, Nurota, Urgut, G`allaorol rayonlarida istiqomat qiladilar. «Badoi al-lug`at» asarida barlos so`zi «mard, botir, qo`mondon» deb izohlangan.
Batal — Samarqand viloyati Pastdarg`om rayonidagi qishloq. Zarafshon vodiysidagi qoraqipchoqlarning kichikrok urug`i batal deb atalgan Qishloq shu nomdan kelib chiqqan.

Download 327 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling