1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida


Download 327 Kb.
bet19/56
Sana03.02.2023
Hajmi327 Kb.
#1152527
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56
Bog'liq
Toponomika va tilshunoslik

Bolohovuz masjidi ,(1712 yil). U Ark qarshisida qurilgan. Masjidning hujralari va 20 ta baland yog`och ustunli ayvoni bor. U bir vaqtlar shaharning juma namozi o`qiladigan masjidi bo`lgan va amir Buxoroga kelgan paytlarida shu masjidda namoz o`qigan. Amir kelganda Arkdan masjidgacha gilamlar to`shalgan. Bolohovuz masjidiga Registon maydoni tomonidan qaralsa, uning peshayvoni, maydon yon boshidagi minorasi va o`rtasidagi chuqur hovuz kishida ajoyib taassurot qoldiradi.
CHor Minor. Uni xalifa Niyozqul madrasasi deb ham atashadi. Bu yodgorlik so`nggi vaqtlarda qurilgan obidalar qatoriga kiradi. U XIX asr boshlari (1807) da qurilgan va shaxarning shimoli-g`arbiy qismida joylashgan. YOdgorlik murakkab me`morchilik namunasi bo`lib, peshayvon turidagi masjid, bir qavatli madrasa, hovuz va ajoyib peshtoqdan iborat. To`rtta baland mezanasi bor. Ular minoraga o`xshaydi, shuning uchun ham CHor Minor madrasasi deb ataladi. Aslida esa bular shunchaki mezanalar bo`lmay, faqat binoning badiiy bezagidir. Ular Hindiston masjidlari me`morchiligining ta`siri borligini ko`rsatib turibdi.
Labihovuz (XVII asr). Qadimgi Buxoroda savdo maydonlari ko`p bo`lgan. Ulardan biri Labihovuz hozirgacha saqlanib qolgan. Bu maydon shu erdagi katta (uzunligi 42 metr, eni 36 metr, chuqurligi 5 metr chamasi) hovuz tufayli Labihovuz deb atalgan. Bu hovuz katta maydonning o`rtasidadir. U 1620 yili qazilgan. Hozirgi vaqtda hovuz ta`mirlangan. Maydonning to`rt tomoni hashamatli me`morchilik inshootlari bilan o`rab olingan, uni g`arbiy tomondan Devonbegi xonaqasi, Labihovuz masjidi, sharqiy tomondan Devonbegi madrasasi o`rab turibdi. SHimoliy tomonda esa 1578 yilda qurilgan Ko`kaldosh madrasasi bor. XVII asrning yigirmanchi yillarida qurilgan dastlabki ikki yodgorlik ayniqsa sernaqsh va serhashamdir. Bu erda shahardagi toqilarning hammasini bir-biri bilan bog`lovchi savdo ko`chasi boshlanadi.
Tim va toqlar (XVI asr). Buxoroda eng yirik savdo inshootlaridan to`rttasi: Toqi zargaron, Toqi telpakfurushon, Toqi sarrofon va Abdullaxon timi saqlanib qolgan. Toqlar shahristonning Labihovuz maydonidan Registon maydonigacha boradigan asosiy savdo ko`chasidagi chorrahalarda qurilgan. Muntazam sakkiz burchakli ichki xonaga mahobatli gumbaz yopilgan. 16 darchali bu gumbazning meridianal qovurg`alari bor. Toqi zargaronda o`ttizdan ortiq zargarlik do`koni va ustaxonalar bo`lgan. Bu erda har xil zeb-ziynat buyumlari yasab sotilgan. Toqi telpakfurushon ko`chalar chorrahasiga qurilgan. U oltiburchak shaklida bo`lib, markaziy gumbazda darchalari bor. Toqi telpakfurushon ilgari Toqi kitobfurushon deb atalgan, chunki bu erda kitoblar sotilgan. Toqi sarrofon ikki ko`cha chorrahasida bo`lib, ulardan biri Registon tomonga qarab ketgan. U shuning uchun Toqi sarrofon deb atalganki, unda ko`pincha sarroflar o`tirib, chet el pullarini almashtirganlar va pul maydalaganlar. Buxoronning Abdullaxon timi va toqlari qadimiy shaxar qurilishining obod, yirik ko`chalarida saqlanib qolgan elementlarigina, xolos. O`rta Osiyo va SHarq mamlakatlaridagi birorta shaharda bunchalik mahobatli (ulug`vor) me`morchilik inshootlari yo`q, desa bo`ladi.
Devonbegi xonaqosining old tomoni Labihoiul suvida oynadek aks etib turadi. SHuning uchui bu yodgorlikni Labihovuz deb ham ataydilar.
SHarq tomonda, masjid ro`parasida Nodir devonbegi madrasasi (1622 yil) qad ko`targan. U karvonsaroy sifatida qurila boshlagan bo`lsada, keyin qurilish davomida madrasaga aylantirilgan. SHuning uchun uning rejasi oddiy va madrasalar rejasiga o`xshamaydi.
Ko`kaldosh madrasasi (1578 yil) — Labihovuz maydonida joylashgan binolar jumlasiga kiradi. Bu yodgorlik Abdullaxon hukmronlik qilgan davrda (1557 1558) qurilgan bo`lib, O`rta Osiyodagi eng katta madrasalardan biri hisoblanadi. Madrasaning 160 xujrasi bor. Madrasaning eshigi alohida e`tiborga sazovordir. eshik tabaqalari yog`och pilakchalardan yig`ilib, elim va mixsiz cho`p pona bilan biriktirilgan, taxta pilakchalarga nozik va mayda o`ymakor gul solingan. Madrasalarning devori odatda yaxlit bo`ladi. Bu madrasaning esa ochiq ayvonchali boloxonalari bo`lgan va ular durustgina bezatilgan. Hozir bu erda viloyat davlat arxivi joylashgan.
SHaharning g`arbiy qismida, shahar madaniyat va istirohat bog`i darvozasining chap tomonida bir-biriga ro`para turgan ikkita katta madrasa bor. Ular Qo`sh madrasa nomi bilan mashhur Qo`sh madrasa Buxorodagi xdshamatli me`morchilik komplekslaridan biridir. SHarqiy tomondagi Madori xon madrasasi (1566) g`arbiy tomondagi Abdullaxon madrasasidan 22 yil ilgari qurilgan. Madori xon madrasasining hajmi kichikroq, bezaklari soddaroqdir. Abdullaxon madrasasi kattaroq, ayniqsa uning sal qiyshaygan baland old peshtoqi serhashamdir. Hovli to`rt peshtoqdan iborat. Uning eshik tabaqalari Ko`kaldosh madrasasining eshigiga o`xshatib taxta pilakchalaridan yasalgan. SHaharning sharqiy qismida, vokzalga yaqin joyda ikki maqbara: Sayfuddin Boharziy va Buyonqulixon maqbalari bor.
Sayfuddin Boharziy maqbarasi din aqidalari to`g`risida asarlar yozgan va 1262 yilda vafot etgan shayxning nomi bilan bog`liqdir. Bu yodgorlik ikki binodan, ya`ni ziyoratxona va go`rxonadan iborat. Ilgari ikkinchi xonada badiiy o`ymakorlik va sirli bezaklarning noyob namunasi bo`lgan yog`och sag`ana bo`lgan (XIV asr). Maqbaraning ichiga baland minoralar gumbazidagi darchalardan yorug`lik tushib turadi.

Download 327 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling