1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida


Mag`oki Attori masjidi (XII


Download 327 Kb.
bet17/56
Sana03.02.2023
Hajmi327 Kb.
#1152527
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56
Bog'liq
Toponomika va tilshunoslik

Mag`oki Attori masjidi (XII XVI asrlar). Bu masjid shahar markazida joylashgan bo`lib, ilgarigi attorlar rastasi o`rniga qurilganligi tufayli Mag`oki Attori deb atalgan. Masjid qariyb 6 metr erga kirib turadi, aslida ko`p asrlar davomida asta-sekin tuproq qatlamlari uyulib, u ko`milib qolgan. Mag`oki Attori masjidi yopiq tipdagi masjidlardan bo`lib, tomini 6 tosh ustun ko`tarib turadi.
Masjidning xiyobon tomondagi janubiy peshtoqi arxitekturaning noyob asari xisoblanadi. Peshtoq va uning ravog`i har xil, chunonchi, o`ymakor ganch, sayqal berilgan g`isht, koshin o`yib naqshlangan sopol g`ishtchalar bilan bezatilgan. Binoning sharqiy tomonidan ko`tariladigan qismida keng tosh zina bor. Zina janubiy peshtoq, qurilgandan keyin qurilgan. Bu zina uchungina emas, balki namoz o`qiladigan joy, ham bo`lgan.
Namozgoh masjidi (XII, XIV, XVI asrlar). Buxoroning janub tomonida, shahar tashqarisidadir. Bunday masjidlar hayit kunlari shahar masjidlari namoz o`quvchilarni sig`dira olmaganligidan shaxar tashqarisiga qurilgan. Namozgoh masjidi ana shunday masjidlardan hisoblanadi.
Namozgohning peshayvon, galereya shaklida gumbazli binosi bo`lgan (XVI asr), unga nafis qoplama bezakli pevdtoq qurilgan. G`arb tomondan binoning monumental qismi mehrobli qadimiy devorga taqalgan. Masjid nozik o`yma gulli sopol g`ishtlar va mayda g`isht parchalar bilan bezatilgan. Hozirgi namozgoh masjidi o`rnida bir vaqtlar ajoyib bog` va hayvonotxona bo`lgan. Bu er SHamsiobod deb atalgan. Bu joyni tarixchi Narshaxiy o`z asarida to`la tasvirlab o`tgan.
Poi kalon ansambli — Minorai kalon (1127) yoki Katta Buxoro minorasi. Qoraxoniylardan Arslonxon hukmronlik qilgan davrda qurilgan. Bu minora shahardagi eng baland inshootdir. Uning balandligi 46,5 metr, uning qurilgan vaqtini (1127 yil) ko`rsatadigan yozuv korpusning o`rta belidagi koshinlardan birida qisman saqlanib qolgan. Minora baland, dumaloq ustunsimon bo`lib, tepasida ravoqli «fonusiy» tomi bor. Uning ichida 104 pillapoyali aylanma zinasi bor. Minoraning yuqori tomoni bir oz ingichkaroq bo`lib, tsilindr shaklli gumbazida 16 ta darcha bor.
Minoradan azon aytilgan. Minorada dushman paydo bo`lishini kuzatadigan maxsus punkt ham bo`lgan. Minoraning qorovulxonasi xali ham bor, uning sirti jimjimador qilib terilgan pishiq g`isht bilan qoplangan. Buxoro shahrining tashqi ko`rinishida bu minora badiiy jixatdan katta ahamiyatga ega. Gumbazning zangori belbog`i XVI asrda ishlangan koshinlardan iborat. Naqsh bilan yozilgan eeki qismi XII asrda yasalgan och moviy tusdagi koshinlardan iborat bo`lib, Buxoro muzeyining Sitorai — Mohi xosa filialida saqlanmoqda. Minora korpusining pastki qismi ta`mirlandi. U o`nburchak shaklida bo`lib, ustiga minora qurilgan.
Masjidi kalon (Katta masjid) — juma namozi o`qiladigan bu masjid 1514 yilda qurilgan bo`lib, kattaligi jihatdan Samarqanddagi Bibixonim masjididan keyin ikkinchi o`rinda turadi. U XII asrdagi eski masjid o`rniga qurilgan. Masjid XV asrda qurila boshlanib, XVI asr boshlarida (1514 yilda) bitgan. Masjid to`g`ri to`rtburchak shaklida hovlisi bo`lgan ochiq masjidlar turkumiga kiradi. Masjidi kalonning ettita eshigi bor. Asosiy sharqiy eshigi oldida va ichida keng ayvonlar bor.
Masjidning umumiy maydoni bir gektar keladi (127X78). Hovli galereyasi 288 qubba bilan qoplangan, ularni 200 ta ustun ko`tarib turadi. Bu ham noyob me`morchilik yodgorliklaridan biridir.

Download 327 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling