14-Mavzu: Zinalar va liftlar. Reja


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana24.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1051021
  1   2   3   4


14-Mavzu: Zinalar va liftlar. 
Reja: 
1) Zinalarning turlari.
2) Zinaxonalarning turlari.
3) Zinalarning konstruktiv yechimlari. 
Tayanch iboralar: 
Zina, oddiy zinaxona, tutun kirmaydigan zinaxona, zina marshi, zina maydonchasi, 
zina to‘sig‘i, pog‘ona, xoshiya pog‘ona, kosour, tetiva.
3inalar nafaqat qavatlararo aloqa yo‘li,favqulodda holatlarda, masalan, 
avariya holatlarida va yong‘inpaytida odamlarni binolardan xavfsiz joyga 
evakuatsiya qilish vositasidir. Zinalarni vazifaliriga ko‘ra asosiy, avariya holatlarda va 
yong‘in paytida foydalaniladigan turlarga ajratish mumkin. 
Zinalar unda harakatlanishga qulay, etarlicha o‘tkazish qobliyatiga ega, 
yong‘in paytida xavfsiz va iqtisodiy jihatdan tejamli bo‘lishlari kerak. 
YOng‘inpaytida xavfsiz bo‘lishi uchun asosiy zinalarni o‘tga chidamli 
konstruksiyalar 
bilan 
o‘ralgan, 
tabiiy 
yoritiladigan 
maxsus 
xonalarda"zinaxona"larda joylashtiriladi.Zinaxona devorlarining olovbardoshlik 
chegarasi olovbardoshlik darajasi I, II va III darajali binolarda 2 soatdan 
kambo‘lmasligi kerak. 
Odamlarni evakuatsiya qilish maqsadida foydalaniladigan zinalar 3 tipga 
bo‘linadi (1-rasm): 
1-tip - ichki, zinaxonalarda joylashgan zinalar; 
2-tip - ichki, ochiq (to‘siq konstruksiyasiz) zinalar; 
3-tip - tashqi ochiq zinalar. 


1-rasm. Zinalarning tiplari: 
a - 1-tip zina; b - 2-tip zina; v - 3-tip zina. 
Binolardagi zinaxonalarni tabiiy yoritish usullariga hamdayong‘in paytida 
hosil bo‘ladigan tutundan himoyalanganlik darajasiga qarab oddiy yoki tutun 
kirmaydigan zinaxonalarga bo‘lish mumkin.Bulardan oddiy zinaxonalar 2 tipga 
bo‘linadilar: 
1-tip - tashqi devordagi deraza yordamida yoritiladigan yoki tashqi 
muhitga ochiq zinaxonalar; 
2-tip - deraza orqali yoritilmaydigan, yuqoridan yoritiladigan zinaxonalar. 
1-tipoddiy zinaxonalar qavatlar sonidan qat’iy nazar barcha binolarda 
qo‘llanilishi mumkin. 2-tip oddiy zinaxonalar balandligi 3 qavatdan ko‘p bo‘lgan 
binolarda qo‘llanilmaydi. Bunday zinalar 2-3 qavatli binolarda qo‘llanilganda 
yuqoridan yorug‘lik tushishi uchun zina pillapoyalari (marsh)lari orasida 
kamida 0,7 m ochiq joy qoldirilishi kerak. 
Tutun kirmaydigan zinaxonalar balandligi 10 va undan ortiq bo‘lganbinolarda 
qo‘llaniladi. Ular 3 tipga bo‘linadilar (2-rasm): 
1-tip -tashqi ochiq balkon, lodjiya yoki galereyaga chiqish eshigibo‘lgan 
zinaxonalar; 
2-tip -ichida yong‘in paytida qo‘shimcha havo bosimi hosilqilinadigan 
zinaxonalar; 
3-tip-ichida yong‘in paytida qo‘shimcha havo bosimi hosil qilinadigantambur-
shlyuz orqali kiriladigan zinaxonalar. 
Zinalar va zinaxonalarni tiplarga bo‘lishdan maqsad ularning qo‘llanish 
sohalarini to‘g‘ri belgilashdan iborat. 
Har bir zina qancha ko‘p kvartiralarga yoki ko‘p maydonga xizmat qilsa, 
u shuncha tejamli hisoblanadi. 
Etarlicha o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lishi uchun binoda zinalar sonini 
ulardagi marshlar va maydonchalar o‘lchamlarini to‘g‘ri tanlash va ularni oqilona 
joylashtirish kerak. Zina marshining umumiy eni odamlar soni eng ko‘p bo‘lgan 
qavatdagi har 100 kishiga 0,6 metr hisobidan qabul qilinadi. 
Zinalar yurishga qulay bo‘lishi uchun marshlarning qiyaligi, nog‘onalapning 
shakli, marshlardagi pog‘onalar sonini to‘g‘ri tanlash zarur.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling